Nortoeva Nodiraxon Muxammadalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Fransuz va o‘zbek tillaridagi frazeologik derivatlarning kommunikativ-pragmatik tahlili, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3879.
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muhtor Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Yaqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Alpanova Shirinxon Hakimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillaridagi frazeologik derivatlarning kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini chog‘ishtirish orqali umumiy va o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek tillarida frazeologik derivatlarning leksik-semantik mohiyati hamda pragmatik xususiyatlari tilning milliy-lisoniy tabiati, til va nutq madaniyati, til egalarining milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy qarashlari va o‘ziga xos urf-odatlari kabi omillar integratsiyasi asosida shakllanishi dalillangan;
fransuz va o‘zbek tillarida frazeologik derivatlar komponentlarning ajralib chiqishi, buyruq maylida qo‘llanadigan fe’llardan fe’lli derivatlar hosil bo‘lishi, qayta tuzilish, kengaytirish, muqobillik hamda kontrast asosida shakllanishi aniqlanib, ularning funksional jihatdan ramziy ma’noda qo‘llanib, matnning estetik ta’sirchanligini kuchaytirishi, muayyan voqelikka nisbatan obektiv va subektiv baholash munosabatini ifodalashi hamda adresatga pragmatik ta’sir ko‘rsatish funksiyasini bajarishi isbotlangan;
fransuz va o‘zbek tillarida frazeologik derivatlarda denotativ semalarning periferiyaga o‘tishi, konnotativ va pragmatik semalarning ustuvorlik kasb etishi frazeologik modellar hamda struktur-semantik transformatsiyalar asosida aniqlanib, ma’nodagi siljish va o‘zgarishlar ularning kontekstdagi pragmatik maqomini belgilashi frazemo-kombinator usuli yordamida ochib berilgan;
frazeologik derivatlarning integral lingvopragmatik modeli hamda ularning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari aniqlanib, fransuz tilida maqoldan ajratish usuli yetakchi derivatsion model ekanligi (paradigmatik 47,3 %, sintagmatik 57,7 %), o‘zbek tilida esa kontrast asosidagi hosil bo‘lishning faolligi (paradigmatik 20 %, sintagmatik 17,8 %) aniqlanib, analogiya asosidagi derivatlar ulushi mos ravishda 11 % va 10,5 % ni tashkil etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek tillaridagi frazeologik derivatlarninf kommunikativ-pragmatik tadqiqi natijasida ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
fransuz va o‘zbek tillarida frazeologik derivatlarning pragmatik xususiyatlari va leksik-semantik mohiyati tilning milliy-lisoniy, til va nutq madaniyati, til egalarining milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odatlari, kabi omillar integratsiyasi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023 yillarga bag‘ishlangan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-dekabrdagi 04/1-6373-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya nomlash jarayoniga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
fransuz va o‘zbek tillarida frazeomo–kombinator tahlil usuli yordamida frazeologik derivatlar tarkibidagi konnotativ semalarning roli frazeologik modellar, struktur-semantik transformatsiyalar, ma’nodagi siljishlar va o‘zgarishlar orqali tavsiflanishi, frazeologik derivatlarning kontekstdagi pragmatik maqomi belgilanishi isbotlangan ilmiy natijalardan Samarqand Fransuz Alyansi tomonidan 2026-yil 2-3-mart kunlari Alyans tunglovchilari uchun tashkil etilgan “Ateliers linguistiques” til kursi doirasidagi mashg‘ulotlarda foydalanilgan (Samarqand Fransuz Alyansining 2026-yil 3-martdagi 12-3.03.2026-son ma’lumotnomasi). Natijada kurs tinglovchilarida frazeologik derivatlarning pragmatik tabiati hamda fransuz tili nutq jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yanada oydinlashgan;
frazeologik derivatlarning shakllanishi, funksional jihatdan ramziy ma’noda ishlatilib, matnning estetik ta’sirchanligini oshirish, muayyan voqelikka nisbatan obektiv va subektiv baholash munosabatini ko‘rsatish, ular orqali adresatga ta’sir ko‘rsatish funksiyasini bajarishi isbotlangan ilmiy natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradio kanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli eshittirishlarning 2026 – yil yanvar va mart oylari sonlari senariysida foydalanilgan (“O‘zbekiston 24 Ijodiy birlashmasi” Davlat muassasasining 2026-yil 17-martdagi 05-09-467-son ma’lumotnomasi). Natijada frazeologik derivatlar tilning hissiy-estetik ta’sirchanligini oshirishi, baholash munosabati orqali tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishi tadbiq etilgan;
frazeologik derivatlarning integral lingvopragmatik modeli, nutq vaziyatiga moslashuvchanlik, ekspressivlik, baholovchilik va implisit ma’no hosil qilish mexanizmlari kabi kommunikativ-pragmatik jihatlari tizimli ravishda chog‘ishtirma tahlil asosida aniqlanganligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan va ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2023-yil 18-maydagi 156-son buyrug‘i asosida 2023–2024-yillarda bajarilishi nazarda tutilgan AI-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2026-yil 7-apreldagi 07-11-02-332-son ma’lumotnomasi). Natijada, frazeologik derivatlarning lingvopragmatik modeli, nutqdagi turli ma’no mexanizmlari kommunikativ-pragmatik tomondan chog‘ishtirilgan.