Abdulazizov Dovudbek Baxtiyorjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Jek London va Abdulla Qodiriy asarlarida qo‘llanilgan tasviriy vositalarning lingvokulturologik tadqiqi (sinekdoxa, o‘xshatish va kinoya misollarida), 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4112.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Jasurbek Jahongirovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Farxod Faxriddinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Miralimova Shaxzoda Xasanboevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jek London va Abdulla Qodiriy asarlarida qo‘llangan sinekdoxa, o‘xshatish va kinoyaning lingvokulturologik, semantik-pragmatik hamda milliy-madaniy xususiyatlarini chog‘ishtirma asosda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvokulturema til tizimida oddiy nominativ birlik emas, balki millatning tarixiy xotirasi, ijtimoiy tajribasi va madaniy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan murakkab semiotik tuzilma sifatida shakllanishi aniqlanib, uning til orqali milliy ong, madaniy xotira va avlodlararo ma’naviy merosni uzatishdagi madaniy-genetik kod vazifasi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan hamda empirik materiallar asosida dalillangan;
Jek London va Abdulla Qodiriy asarlarida qo‘llanilgan sinekdoxa, o‘xshatish va kinoya kabi badiiy-tasviriy vositalarning to‘y, aza, mehmondo‘stlik, mustaqillik, erkinlik va dengiz lingvokulturemalari doirasidagi milliy-madaniy konnotatsiyalari hamda ularning har ikki adib ijodida namoyon bo‘lishiga xos izomorfik va allomorfik xususiyatlar chog‘ishtirma-lingvokulturologik asosda aniqlangan;
Jek London va Abdulla Qodiriy realizmiga xos badiiy-tasviriy vositalarning semantik yuklanishi hamda madaniy belgilanganlik darajasidagi farqlar, xususan, Jek London ijodidagi tasviriy vositalarning tabiat, yashash uchun kurash va individual erkinlikka oid umuminsoniy semalar va Abdulla Qodiriy asarlaridagi tarixiy turmush, ijtimoiy munosabat va axloqiy qadriyatlarga oid milliy-madaniy semalar bilan bog‘lanishidagi farqlari lingvokulturologik nuqtayi nazardan asoslangan;
sinekdoxa, o‘xshatish va kinoyani badiiy tarjimada muallif uslubi va obrazlilikni saqlagan holda qayta ifodalash hamda mazmuniy aniqlikni ustuvor qo‘yib neytrallashtirish strategiyalarining funksional-pragmatik natijalari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jek London va Abdulla Qodiriy asarlarida qo‘llanilgan tasviriy vositalarning lingvokulturologik tadqiqi (sinekdoxa, o‘xshatish va kinoya misolida) mavzusida olingan ilmiy natijalar asosida:
lingvokulturema til tizimida oddiy nominativ birlik emas, balki millatning tarixiy xotirasi, ijtimoiy tajribasi va madaniy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan murakkab semiotik tuzilma sifatida shakllanishi aniqlanib, uning til orqali milliy ong, madaniy xotira va avlodlararo ma’naviy merosni uzatishdagi madaniy-genetik kod vazifasiga doir xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi amalga oshirayotgan loyihalarda, badiiy tarjima bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darslarida va tarjimonlar forumida yangi yondashuvlar sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 18-noyabrdagi 01-03/420-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalar va tarjima bo‘yicha mahorat darslari lingvokulturemalarni tarjima qilish muammolariga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Jek London va Abdulla Qodiriy realizmiga xos badiiy-tasviriy vositalarning semantik yuklanishi hamda madaniy belgilanganlik darajasidagi farqlar, xususan, Jek London ijodidagi tasviriy vositalarning tabiat, yashash uchun kurash va individual erkinlikka oid umuminsoniy semalar va Abdulla Qodiriy asarlaridagi tarixiy turmush, ijtimoiy munosabat va axloqiy qadriyatlarga oid milliy-madaniy semalar bilan bog‘lanishidagi farqlari lingvokulturologik nuqtayi nazariga doir natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 25-dekabrdagi 04/1-6288-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ingliz va o‘zbek tillarida sinekdoxa, o‘xshatish va kinoya kabi stilistik vositalarning o‘xshash hamda farqli xususiyatlariga oid ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
Jek London asarlaridagi tasviriy vositalarning tabiat, yashash uchun kurash va individual erkinlikka oid umuminsoniy semalar, Abdulla Qodiriy asarlaridagi tasviriy vositalarning esa tarixiy turmush, ijtimoiy munosabat va axloqiy qadriyatlarga oid milliy-madaniy semalar bilan bog‘lanishidagi farqlarga doir natijalar va materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 7-noyabrdagi 05-09-1772-son ma’lumotnomasi). Natijada har ikki adibning individual uslubiy xususiyatlari, tasviriy vositalarni qo‘llashdagi o‘xshashliklari va milliy tafakkur bilan bog‘liq farqlari yoritilgan;
sinekdoxa, o‘xshatish va kinoyani badiiy tarjimada muallif uslubi va obrazlilikni saqlagan holda qayta ifodalash hamda mazmuniy aniqlikni ustuvor qo‘yib neytrallashtirish strategiyalarining funksional-pragmatik natijalariga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 25-dekabrdagi 04/1-6287-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturiy vosita badiiy asarlar tarjimalari, xususan, stilistik vositalarni tarjima qilish usullariga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan.