Jollibekov Vladimir Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3482
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karaliev Sherbek Turabaevich, Iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida agrotexnologik loyihalarni moliyalashtirishda bank kreditlari, lizing va davlat qo‘llab-quvvatlash choralarini uyg‘unlashtirgan ko‘p manbali moliyalashtirish modeli taklif etilgan;
agrotexnologiyalarni moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy xatarlarni kamaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi va kredit kafolatlari mexanizmlariga asoslangan risklarni boshqarish mexanizmi taklif etilgan;
agrotexnologiyalarni moliyalashtirish samaradorligiga inflyasiya, foiz stavkalari dinamikasi, valyuta kurslari kabi makroiqtisodiy omillar ta’siri tizimli tahlil qilingan holda, makromoliyaviy moslashuvchan moliyalashtirish medodikasi taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini rivojlanishini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish asosida tijorat banklari kreditlash amaliyoti samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini rivojlanishini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligida agrotexnologik loyihalarni moliyalashtirishda bank kreditlari, lizing va davlat qo‘llab-quvvatlash choralarini uyg‘unlashtirgan ko‘p manbali moliyalashtirish modeli taklifi ATB Agrobank amaliyotiga joriy etilgan (ATB Agrobankning 2026-yil 26-yanvardagi №12-14/68 son ma’lumotnomasi). Natijada, ATB Agrobankda agrotexnologik loyihalarga moliyaviy resurslar jalb etish imkoniyatlarini kengaytirib, fermer va qishloq xo‘jaligi subektlarining moliyaviy yuklamasini kamaytirishga xizmat qilgan holda 2026 yil 1 yanvar holatiga bankning umumiy aktivlari miqdorini oldingi yilning mos davriga nisbatan 7,64 trln.so‘mga oshib 87,13 trln.so‘mni tashkil etish imkonini bergan;
agrotexnologiyalarni moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy xatarlarni kamaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi va kredit kafolatlari mexanizmlariga asoslangan risklarni boshqarish mexanizmi ATB Agrobank amaliyotiga joriy etilgan (ATB Agrobankning 2026-yil 26-yanvardagi №12-14/68 son ma’lumotnomasi). Natijada, bankda moliyaviy risklarni minimallashtirish orqali kredit tashkilotlari va investorlar uchun agrotexnologik loyihalarning jozibadorligini oshirish hamda kreditlash hajmini kengaytirish imkonini berdi va 2026 yil 1 yanvar holatiga bankning umumiy kredit qo‘yilmalari miqdori oldingi yilga nisbatan nisbatan 13,31 foizga oshib 70,24 trln.so‘mni tashkil etgan;
agrotexnologiyalarni moliyalashtirish samaradorligiga inflyasiya, foiz stavkalari dinamikasi, valyuta kurslari kabi makroiqtisodiy omillar ta’siri tizimli tahlil qilingan holda, makromoliyaviy moslashuvchan moliyalashtirish medodikasiga doir taklifi A ATB Agrobank amaliyotiga joriy etilgan (ATB Agrobankning 2026-yil 26-yanvardagi №12-14/68 son ma’lumotnomasi). Natijada, makroiqtisodiy beqarorlik sharoitida agrotexnologik loyihalarni moliyalashtirish barqarorligini ta’minlash hamda moliyaviy siyosat va agrar siyosat uyg‘unligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini rivojlanishini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish asosida tijorat banklari kreditlash amaliyoti samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylariga doir taklifi ATB Agrobank amaliyotiga joriy etilgan (ATB Agrobankning 2026-yil 26-yanvardagi №12-14/68 son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu prognoz ssenariylaridan bankining rivojlanish strategiyasini ishlab-chiqishda foydalanilgan.