Aktamov Akbar Aslan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda byudjet tushumlarini oshirishda bojxona amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5714
Ilmiy rahbar: Norov Akmal Ruzimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Irgashev Anvar Farhodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda byudjet tushumlarini oshirishda bojxona amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Bojxona amaliyoti” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bojxona organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy, texnologik va fiskal mexanizmlarini kompleks transformatsiya qilish, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamli texnologiyalar, risklarni boshqarishning intellektual tizimlari, post-audit va selektiv nazoratlari asosida optimallashtirish hamda ularning davlat byudjeti daromadlarini barqaror shakllantirishga yo‘naltirilgan yaxlit hamda yagona tavsifga ega bo‘lgan yig‘indisi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan; 
yirik soliq to‘lovchilar tomonidan import qilinadigan tovarlar rasmiylashtiruvini “yaxshi”, “qoniqarli” va “xavfli” toifalarga asoslangan nazoratni kuchaytirish va tovarlar chiqarib yuborilgandan keyingi bojxona auditini takomillashtirish modeli taklif etilgan; 
bojxona boji stavkalarini manipulyativ boshqarish kodlarini chuqur detallashtirish va bir-biriga yaqin tovarlar uchun bir xil yoki yaqin boj stavkalarini qo‘llash mexanizmi taklif qilingan; 
bojxona amaliyotini takomillashtirishda tashqi savdo siyosatini liberallashtirish, bojxona ma’murchiligini raqamlashtirish hamda fiskal tushumlarni kengaytirishga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar dinamikasi o‘zgarish dinamikasi bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda byudjet tushumlarini oshirishda bojxona amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Bojxona amaliyoti” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bojxona organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy, texnologik va fiskal mexanizmlarini kompleks transformatsiya qilish, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamli texnologiyalar, risklarni boshqarishning intellektual tizimlari, post-audit va selektiv nazoratlari asosida optimallashtirish hamda ularning davlat byudjeti daromadlarini barqaror shakllantirishga yo‘naltirilgan yaxlit hamda yagona tavsifga ega bo‘lgan yig‘indisi nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Pul va banklar” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda Bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona amaliyotini takomillashtirishda o‘zaro ta’sir etuvchi va bir-birini to‘ldiruvchi ikki yoki undan ortiq elementlarning obektiv, yaxlit hamda yagona tavsifga ega bo‘lgan yig‘indisi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan «Bojxona amaliyoti» tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan yangi nazariy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish imkoni yaratilgan;
yirik soliq to‘lovchilar tomonidan import qilinadigan tovarlar rasmiylashtiruvini “yaxshi”, “qoniqarli” va “xavfli” toifalarga asoslangan nazoratni kuchaytirish va tovarlar chiqarib yuborilgandan keyingi bojxona auditini takomillashtirish modeli taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 3-fevraldagi №28/9-25-00002 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bojxona auditining natijadorligini kamida 30 foizga oshirib, yirik soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshiriladigan import operatsiyalarini alohida tahlil qilish, shuningdek, tovarlar chiqarib yuborilgandan keyingi bojxona auditini (post-clearance audit) zamonaviy tahliliy va raqamli mexanizmlar asosida rivojlantirish imkonini berib, bojxona nazoratini rasmiylashtirish bosqichidan keyingi auditga ko‘chirish, resurslardan samarali foydalanish va yuqori riskli operatsiyalarni aniqlash imkonini berdi;
bojxona boji stavkalarini manipulyativ boshqarish kodlarini chuqur detallashtirish va bir-biriga yaqin tovarlar uchun bir xil yoki yaqin boj stavkalarini qo‘llash mexanizmi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 3-fevraldagi №28/9-25-00002 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga joriy qilish natijasida bojxona boji tushumlarining umumiy hajmini sezilarli oshirishga va qo‘shimcha byudjet daromadlarini shakllantirishga erishish imkonini berib,  TIF TN kodlarini noto‘g‘ri tasniflash holatlarining 30–40 foizga qisqartirib, chiqarib yuborilgandan keying bojxona auditi jarayonlarida aniqlanadigan qo‘shimcha ortiqcha to‘lovlarining kamaytirish imkoniyati yaratildi;
bojxona amaliyotini takomillashtirishda tashqi savdo siyosatini liberallashtirish, bojxona ma’murchiligini raqamlashtirish hamda fiskal tushumlarni kengaytirishga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar dinamikasi o‘zgarish dinamikasi bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2026-yil 3-fevraldagi  №28/9-25-00002 son ma’lumotnomasi). Natijada, bojxona boji tushumlari optimal ssenariyga ko‘ra, 95 foiz ehtimollikda 2030-yilda bu ko‘rsatkich 20,0 trln.so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan hamda ushbu natijalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasiga kiritilgan.. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish