Eshimbetov Maxmud Urazboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’muriy-huquqiy nizo: nazariya va amaliyot”, 12.00.02 -“Konstitutsiyaviy huquq. Ma'muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligida (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Yu279.
Ilmiy maslahatchi: Samarxodjaev Batir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc14/2025.27.12.Yu.01.01.
Rasmiy opponentlar: Kutibaeva Elizaveta Duysenbaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Turg‘unov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Maxmudov Alisher Abdusalimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’muriy-huquqiy nizolarning konseptual-nazariy asoslarini, ularning huquqiy mexanizmlarini va zamonaviy amaliy echimlarni tahlil qilish, xalqaro tajriba va milliy qonunchilikka asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arizachi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 27-moddasida ko‘rsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham taqdim etishga haqliligi asoslab berilgan;
intellektual mulkka oid nizolar turli xil huquqiy tabiatga ega bo‘lib, ushbu huquqiy tabiat nizolarning sudlarga taalluqlilik masalasini hal qilishda muhim ahamiyatga egaligi asoslangan;
Apellatsiya kengashi o‘z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolardan mustaqil ravishda qonuniylik, xolislik, kollegiallik hamda oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etilishi asoslab berilgan;
Apellatsiya kengashi a’zolarining faoliyati jamoatchilikka asoslanishi asoslab berilgan;
ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining harakatlari deganda, qaror shaklida ifodalanmagan bo‘lsa ham, biroq manfaatdor shaxslar huquqlari va erkinliklarini buzilishiga olib kelgan yoki ularning huquqlari va erkinliklari amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilgan yuridik ahamiyatga ega farmoyishlar tushunilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ma’muriy-huquqiy nizo: nazariya va amaliyot” mavzusidagi dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asοsida:
arizachi ushbu moddada ko‘rsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham taqdim etishga haqliligi to‘g‘risidagi taklif MSIYutKning 27-moddasini yangi uchinchi qism bilan to‘ldirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 13 avgustdagi 08/348-25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ma’muriy-huquqiy nizolar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zarar masalasidagi da’volarni bir ish yurituvida uyg‘un hal etish orqali protsessual yaxlitlik, fuqarolarning huquqlarini ma’muriy sud orqali to‘liq himoya qilish va shu orqali odil sudlovning real amalga oshishini ta’minlashga xizmat qilgan;
intellektual mulkka oid nizolar turli xil huquqiy tabiatga ega bo‘lib, ushbu huquqiy tabiat nizolarning sudlarga taalluqlilik masalasini hal qilishda muhim ahamiyatga egaligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 19-sonli Qarori 4-bandining birinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 17 iyundagi 08/30-94-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ma’muriy sud sudloviga taalluqli bo‘lgan ma’muriy-huquqiy nizolarni boshqa turdagi nizolardan farqlashga va sudlovga taalluqlilik masalasini to‘g‘ri hal etilishida xizmat qilgan;
Apellatsiya kengashi o‘z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolardan mustaqil ravishda qonuniylik, xolislik, kollegiallik hamda oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyati subektlarining bojxona sohasidagi muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha tavsiyalar beruvchi apellatsiya kengashi to‘g‘risida”gi nizom 3-bandining ikkinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 26 sentyabrdagi 20-03/25-00199-sonli dalolatnomasi). Ushbu norma Apellatsiya kengashi qarorlarining ishonchliligi va adolatliligini ta’minlab, tadbirkorlik faoliyati subektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
Apellatsiya kengashi a’zolarining faoliyati jamoatchilikka asoslanishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 470-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyati subektlarining bojxona sohasidagi muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha tavsiyalar beruvchi apellatsiya kengashi to‘g‘risida”gi nizom 3-bandining uchinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 26-sentyabrdagi 20-03/25-00199-sonli dalolatnomasi). Ushbu norma Apellatsiya kengashi faoliyatida oshkoralik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash bilan birga, qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kuchaytirishga, shu orqali esa tadbirkorlik faoliyati subektlarida qabul qilinayotgan qarorlarning adolatliligi va asosliligiga nisbatan ishonchni oshirishga xizmat qilgan;
ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining harakatlari deganda, qaror shaklida ifodalanmagan bo‘lsa ham, biroq manfaatdor shaxslar huquq va erkinliklari buzilishiga olib kelgan yoki ularning huquq va erkinliklari amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilgan yuridik ahamiyatga ega farmoyishlar tushunilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 24-sonli Qarori 6-bandining birinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 17-iyundagi 08/30-95-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining biror-bir voqelikka nisbatan irodasining namoyon bo‘lishi qanday hollarda harakat hisoblanishiga aniqlik kiritilishiga, harakatni harakatsizlikdan farqlashga, ariza predmetini aniqlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish