Raxmonova Nargiza Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tashqi savdoni rivojlantirishda chegara bojxona postlari boshqaruvini takomillashtirish”, 08.00.13 - Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4592
Ilmiy rahbar: Shadmankulov Anvar Ablakulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, PhD.03/2025.27.12.I.21.02
Rasmiy opponentlar: Baxtiyorov Bobur Baxodir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tashqi savdoni rivojlantirishda chegara bojxona postlari boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovarlarni eksportga rasmiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida “bir marotaba ma’lumot kiritish” tamoyiliga asoslangan, tashqi savdo shartnomasi ma’lumotlari asosida eksport deklaratsiyasini avtomatik shakllantirib, bojxona nazoratini avtomobil chegara bojxona postlarida amalga oshirishni nazarda tutuvchi integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy boshqaruv mexanizmi ishlab chiqish taklif etilgan;
avtomobil chegara bojxona postlarining o‘tkazuvchanlik salohiyatiga ta’sir etuvchi transport oqimi, yo‘lovchilar qatnovi, inson resurslari hamda texnik vositalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida postlar resurslarini maqbullashtirish, xodimlar tarkibini yuklama darajasiga mos ravishda shakllantirish va postlar toifalarini differensial boshqarish taklif etilgan;
avtomobil chegara bojxona postlari faoliyatini strategik boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2030-yilgacha transport oqimlarining o‘sish tendensiyalari prognoz ko‘rsatkichlari aniqlanib, ular asosida bojxona infratuzilmasini rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish quvvatlarini rejalashtirish taklif etilgan;
tashqi savdo yuklari to‘g‘risida tranzit deklaratsiyasi orqali oldindan taqdim etilgan ma’lumotlarni tovar bojxona hududiga etib kelgunga qadar tahlil qilish hamda bojxona nazorat choralarini oldindan belgilash imkonini beruvchi AChBPlarida tranzit jarayonlarini boshqarish tizimi takomillashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashqi savdoni rivojlantirishda chegara bojxona postlari boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tovarlarni eksportga rasmiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida “bir marotaba ma’lumot kiritish” tamoyiliga asoslangan, tashqi savdo shartnomasi ma’lumotlari asosida eksport deklaratsiyasini avtomatik shakllantirib, bojxona nazoratini avtomobil chegara bojxona postlarida amalga oshirishni nazarda tutuvchi integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy boshqaruv mexanizmiga oid taklifi “Eksport uch qadamda” loyihasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 26-yanvardagi 8/25-25-005-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif eksport jarayonlarida takrorlanuvchi ma’lumotlarni qayta kiritish holatlarini bartaraf etish, biznes-jarayonlarni boshqarish samaradorligini oshirish, rasmiylashtirish bosqichlarini 9 tadan 3 tagacha qisqartirish hamda eksportyorlarning yillik xarajatlarini o‘rtacha 75 mlrd so‘mga kamaytirishga xizmat qilgan;
avtomobil chegara bojxona postlarining o‘tkazuvchanlik salohiyatiga ta’sir etuvchi transport oqimi, yo‘lovchilar qatnovi, inson resurslari hamda texnik vositalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida postlar resurslarini maqbullashtirish, xodimlar tarkibini yuklama darajasiga mos ravishda shakllantirish va postlar toifalarini differensial boshqarishga oid ishlab chiqilgan taklifi AChBPlari tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 26-yanvardagi 8/25-25-005-son ma’lumotnomasi). Natijada “Rishton”, “Andarxon” va “Qarshi-Kerki” AChBPlarining toifalari yuklama darajasidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilgan, inson resurslari va bojxona nazoratining texnik vositalardan foydalanish samaradorligi oshirilgan, shtat birliklari maqbullashtirilgan hamda resurslardan oqilona foydalanish hisobiga boshqaruv xarajatlari 1,2 foizga qisqartirilgan;
avtomobil chegara bojxona postlari faoliyatini strategik boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2030-yilgacha transport oqimlarining o‘sish tendensiyalari prognoz ko‘rsatkichlari aniqlanib, ular asosida bojxona infratuzilmasini rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish quvvatlarini rejalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Dout-ota” AChBPni rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 26-yanvardagi 8/25-25-005-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida postning infratuzilma quvvatlarini aniqlash va rivojlantirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini asoslash imkoniyati yaratilgan hamda “Dovut-ota” AChBPining o‘tkazuvchanlik salohiyati 4 foizga oshirilgan.
tashqi savdo yuklari to‘g‘risida tranzit deklaratsiyasi orqali oldindan taqdim etilgan ma’lumotlarni tovar bojxona hududiga etib kelgunga qadar tahlil qilish hamda bojxona nazorat choralarini oldindan belgilash imkonini beruvchi AChBPlarida tranzit jarayonlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 31-avgustda 3382-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 26-yanvardagi 8/25-25-005-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tashqi savdo yuklari bo‘yicha ma’lumotlarni oldindan tahlil qilish imkoniyati kengaygan, bojxona nazorat shakllarini transport vositasi chegaraga etib kelguniga qadar belgilash hamda nazorat jarayonlarini tezkor tashkil etish imkoniyati yaratilgan, natijada transport vositalarining AChBPlarida turib qolish vaqti 1,3 foizga qisqartirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish