Akmuratova Biybisanem Arislanbay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Zamonaviy she’riyatda folklorizmlar (o‘zbek va qoraqalpoq she’riyati misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil5794.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kabulova Zamira Adilbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qdirbaeva Gulzira Qurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kuramboeva Gulandon Karimboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi folklorizmlarning tipologik xususiyatlari va badiiy-estetik vazifalarini aniqlash asosida ijodkorlarning folklordan ijodiy foydalanishdagi o‘ziga xos badiiy mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotshunosligida folklorizm hodisasining kelib chiqish manbalari va vorisiylik tamoyillarini aks ettirish kabi genetik-tipologik, mazmun va poetik shakl munosabatini belgilash kabi struktur-semantik, etnomadaniy tafakkur va milliy badiiy an’analar kabi milliy-spesifik xususiyatlari aniqlangan;
zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatida oddiy folklorizmlarning (maqollar, frazeologik birliklar, olqish va qarg‘ishlarning) g‘oyaviy mazmunni chuqurlashtirish, milliy ruhni ifodalash, individual muallif uslubini shakllantirish, poetik ta’sirchanlikni kuchaytirishdagi badiiy-estetik vazifalari ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatida marsiya janrining folklor-genetik asoslari, yig‘i va yo‘qlov an’analarining zamonaviy poetik transformatsiyasi, janrning milliy badiiy tafakkur va tarixiy xotirani ifodalashdagi emotsional-ekspressiv, adabiy-estetik imkoniyatlari, motam semantikasini badiiy qayta yaratish, kollektiv xotirani poetiklashtirish va milliy qadriyatlar davomiyligini ta’minlash kabi vazifalari aniqlangan;
zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi folklorga xos obrazlar semantik-funksional va badiiy-tipologik mezonlar asosida “inson”, “qush”, “hayvon”, “teomifologik” obrazlar tizimiga ajratilib, ularning poetik talqini, ramziy-estetik mazmuni, milliy poetik tafakkurni ifodalashdagi vazifalari ikki xalq she’riyatidagi genetik yaqinlik va umumturkiy poetik an’analarga asoslangan mushtarak, milliy dunyoqarash, etnomadaniy muhit va individual poetik tafakkur kabi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatida folklorizmlarning qiyosiy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar yuzasidan:
o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotshunosligida folklorizm hodisasining kelib chiqish manbalari va vorisiylik tamoyillarini aks ettirish kabi genetik-tipologik, mazmun va poetik shakl munosabatini belgilash kabi struktur-semantik, etnomadaniy tafakkur va milliy badiiy an’analar kabi milliy-spesifik xususiyatlariga hamda zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatida oddiy folklorizmlarning (maqollar, frazeologik birliklar, olqish va qarg‘ishlarning) g‘oyaviy mazmunni chuqurlashtirish, milliy ruhni ifodalash, individual muallif uslubini shakllantirish, poetik ta’sirchanlikni kuchaytirishdagi badiiy-estetik vazifalariga doir xulosalardan Qoraqalpoq davlat universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan AL-662204393 raqamli “Qoraqalpog‘iston folklorshunosligi antologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2026-yil 22-yanvardagi 01-22-04/111-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning folklor unsurlarining zamonaviy she’riyatga singdirilishi, xususan maqollar, iboralar olqish va qarg‘ishlarning poetik talqinini, obrazlar tizimini yangi tahlillar bilan boyitilgan;
zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatida marsiya janrining folklor-genetik asoslari, yig‘i va yo‘qlov an’analarining zamonaviy poetik transformatsiyasi, janrning milliy badiiy tafakkur va tarixiy xotirani ifodalashdagi emotsional-ekspressiv, adabiy-estetik imkoniyatlari, motam semantikasini badiiy qayta yaratish, kollektiv xotirani poetiklashtirish va milliy qadriyatlar davomiyligini ta’minlash kabi vazifalariga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-FI-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutning 2026-yil 23-yanvardagi 25/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatida folklorizmlarning badiiy-estetik mohiyati yangicha nazariy tahlillarga erishilgan;
zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi folklorga xos obrazlar semantik-funksional va badiiy-tipologik mezonlar asosida “inson”, “qush”, “hayvon”, “teomifologik” obrazlar tizimiga ajratilib, ularning poetik talqini, ramziy-estetik mazmuni, milliy poetik tafakkurni ifodalashdagi vazifalari ikki xalq she’riyatidagi genetik yaqinlik va umumturkiy poetik an’analarga asoslangan mushtarak, milliy dunyoqarash, etnomadaniy muhit va individual poetik tafakkur kabi o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining qoraqalpoq tilida olib borilgan “Assalawma Aleykum, Qaraqalpaqstan” va “Xalıq penen sáwbet” radio eshittirilishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2026-yil 2-fevraldagi 119/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, yangi ma’lumot hamda ilmiy tahlillar ommalashtirilgan.