Yusupova Marjona Ikromjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.   Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vatanparvarlik” konseptining lingvokulturologik tadqiqi” (o‘zbek, ingliz va rus tillari misolida) 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3690
Ilmiy rahbar: Mamajonov Muxammadjon Yusubjonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Sarimsaqov Xurshid Abdumalikovich, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari doktori, professor Sultonova Shoxista Muxammadjanovna.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, ingliz va rus tillarida “vatanparvarlik” konseptining lisoniy voqelanish qonuniyatlarini chog‘ishtirma asosda ochib berish, uning turli madaniyatlarga xos semantik-kognitiv va lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tipologik va genetik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan o‘zbek, ingliz va rus tillarida “vatanparvarlik” konseptining lingvomadaniy xususiyatlari assotsiativ tajriba metodi asosida qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda yoritilib, ularning har biriga xos milliy-madaniy konnotatsiya aniqlangan: o‘zbek tilida ma’naviy-diniy va antropomorfik-maishiy, ingliz tilida huquqiy-fuqarolik, rus tilida esa harbiy-qurbonlik semantikasi ustuvor ekanligi ko‘rsatilib, konseptning binar oppozision juftligi sifatida “kosmopolitizm” tushunchasi kognitiv-pragmatik jihatdan asoslab berilgan; 
    “vatanparvarlik” konsepti doirasida amalga oshirilgan “vatan”/“patriot”/“patriot” o‘zagi ostida birlashgan leksemalar va konseptual mazmun paradigmatik munosabatning tizimli tahlili natijasida aniqlangan 24 ta kognitiv belgi o‘zbek, ingliz va rus tillarining lingvistik manzarasida muhim milliy-madaniy xususiyat va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini isbotlangan; 
    “vatanparvarlik” konseptining verballashuvi Qirol Artur, Jaloliddin Manguberdi kabi presedent birliklar, bogatir`, mard o‘g‘lon kabi o‘zbek, ingliz va rus tillarida mavjud allyuziv nom hamda boshqa antropomorfik, somatik, biomorfik madaniy kodlar orqali asoslangan, lisoniy birliklarning universal hamda milliy-madaniy xususiyatlar bilan bog‘liq izomorfik (umumiy) va allamorfik (farqli) jihatlari dalillangan;  
    “vatanparvarlik” konseptining lingvomadaniy semantikasi milliy mentalitetga bog‘liqligi o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi paremiologik birliklar orqali asoslanib, uchala tilda konseptning Vatanga muhabbat, unga sadoqat, Vatanni himoya qilish va xalq manfaatlariga daxldorlik kabi umumiy mazmuniy belgilari, o‘zbek tilida milliy qadriyatlar, ona Vatan va xalq bilan uzviylik, ingliz tilida shaxsiy mas’uliyat, fuqarolik burchi va davlatga sadoqat, rus tilida esa Vatan, xalq va tarixiy xotira bilan bog‘liqlik kabi milliy-madaniy xususiyatlar hamda ularning ifodalanishidagi farqli jihatlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek, ingliz va rus tillarida “vatanparvarlik” konseptining lingvokulturologik tadqiqiga bag‘ishlangan ushbu dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
“vatanparvarlik” konseptining lingvomadaniy semantikasi milliy mentalitetga bog‘liqligi o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi paremiologik birliklar orqali yoritilib, uchala tilda konseptning Vatanga muhabbat, unga sadoqat, Vatanni himoya qilish va xalq manfaatlariga daxldorlik kabi umumiy mazmuniy belgilari, o‘zbek tilida milliy qadriyatlar, ona Vatan va xalq bilan uzviylik, ingliz tilida shaxsiy mas’uliyat, fuqarolik burchi va davlatga sadoqat, rus tilida esa Vatan, xalq va tarixiy xotira bilan bog‘liqlik kabi milliy-madaniy xususiyatlar hamda ularning ifodalanishidagi farqli jihatlariga oid xulosalardan 2023-2024 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek fol`klor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024 yil 27 dekabrdagi 1/04-157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha vatanparvarlik haqidagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ifodalovchi konseptual bilimlar bilan boyitilgan;
tipologik va genetik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan o‘zbek, ingliz va rus tillarida “vatanparvarlik” konseptining lingvomadaniy xususiyatlari assotsiativ tajriba metodi asosida qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda yoritilib, ularning har biriga xos milliy-madaniy konnotatsiya aniqlangan: o‘zbek tilida ma’naviy-diniy va antropomorfik-maishiy, ingliz tilida huquqiy-fuqarolik, rus tilida esa harbiy-qurbonlik semantikasi ustuvor ekanligi ko‘rsatilgan natijalardan 2022-2025 yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining     2024 yil 27 dekabrdagi 26-36-931-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
“vatanparvarlik” konseptining verballashuvi Qirol Artur, Jaloliddin Manguberdi kabi presedent birliklar, bogatir`, mard o‘g‘lon kabi o‘zbek, ingliz va rus tillarida mavjud allyuziv nom hamda boshqa antropomorfik, somatik, biomorfik madaniy kodlar orqali asoslangan, lisoniy birliklarning universal hamda milliy-madaniy xususiyatlar bilan bog‘liq izomorfik (umumiy) va allamorfik (farqli) jihatlari bilan bog‘liq xulosa va tavsiyalardan 2023-2024 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun Bolalar raqslari fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati” ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024 yil 27 dekabrdagi 1/04-156-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va monografiyalarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish