Nematova Mohibegim Fazliddinovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): O‘zbek rus ingliz tili ma’nodosh so‘zlar lug‘atida leksik graduonimiya, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2020.4.PhD/Fil454.
Ilmiy rahbar: Nigmatova Lola Xamidovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Ataboev Nozimjon Bobojonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xalilova Dilbar Jalilovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat univeristeti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, rus va ingliz tili ma’nodosh so‘zlar lug‘atida leksik graduonimiya muammosini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek, rus va ingliz tillari ma’nodosh so‘zlarida leksik graduonimiya hodisasi har uchala xalq tilining milliy xususiyatlari, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi asoslangan;
 har uchala til ma’nodosh so‘zlarining semantik qarama-qarshiligi va yaqinlashuvi, kuchlilik-kuchsizlik, ijobiylik-salbiylik, uslubiy xoslanganlik,  shakl va ma’no munosabatlari, leksik fondining boyligi, dialektlarning xilma-xilligi va sotsiolingvistik omillar ta’sirida leksik-gradatsion tuzilmalarni hosil qilishi dalillangan;
o‘zbek, rus va ingliz tillarida leksik gradatsiyani o‘rganishda miqdoriy, kollapsion, konkordans, semantik va chastotali tahlillarning samaradorligi hamda ularning gradatsion ketma-ketliklarni, ma’no ottenkalarini va qo‘llanish kontekstidagi nozik farqlarni ochib berish uchun metodologik imkoniyat yaratishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan turli tizimli tillarning mavjud korpuslari: COCA, rus tilining milliy korpusi, o‘zbek tilining milliy korpusi bazasida statistik tahlil natijalari aniq misollar, matnda so‘z qo‘llashga doir matniy birliklar va konkordans qidiruvning empirik kuzatuvi asosida sinonimik qatorlarning graduonimik xususiyatlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek, rus va ingliz tili ma’nodosh so‘zlar lug‘atida leksik graduonimiyani aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek, rus va ingliz tili ma’nodosh so‘zlarida leksik graduonimiya hodisasi har uchala xalq tilining milliy xususiyatlari, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017–2020-yillarga bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 28-maydagi 04/1-1371-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiyaning leksik-semantik guruh hamda sinonimiya va antonimiyaga yondosh graduonimiya hodisasiga oid boblari ilmiy boyitilgan;
har uchala til ma’nodosh so‘zlarning semantik qarama-qarshiligi va yaqinlashuvi, kuchlilik-kuchsizlik, ijobiylik-salbiylik, uslubiy xoslanganlik,  shakl va ma’no munosabatlari leksik fondning boyligi, dialektlarning xilma-xilligi, sotsiolingvistik omillar ta’sirida leksik-gradatsion tuzilmalarni hosil qilishiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan “561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 26-apreldagi 863-02-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili lug‘atini yaratishda tarjima leksikografiyasining jahon tajribasini qo‘llash bo‘yicha tadqiqot natijalaridan foydalanilgan;
o‘zbek, rus va ingliz tillarida leksik gradatsiyani o‘rganishda miqdoriy, kollokatsion, konkordans, semantik va chastotali tahlillarning samaradorligi hamda ularning gradatsion ketma-ketliklarni, ma’no soyalari va qo‘llanish kontekstidagi nozik farqlarni ochib berish imkoniyati haqidagi xulosa va natijalar Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Dolzarb mavzu”, “Intervyu plyus”, “Assalom, Buxoro” kabi turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-maydagi 01-09-82-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuvi haqidagi ma’lumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish