Ergashev Sharibboy Tulanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Urug‘lik paxta navlari uchun arrali tola ajratish uskunasining resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/T638
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Ergashev Jamoldin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori(DSc), professor Matismailov Sayfullo Lolashboevich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Urug‘lik paxta navlari uchun ishchi kamera elementlarini takomillashtirish orqali arrali tola ajratish uskunasining resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chigitning ishchi kameradagi harakati dinamikasini tahlil qilish orqali kolosnik va chigit o‘rtasidagi turli ishqalanish koeffisientlarida xomashyo valigini aylantirish uchun zarur bo‘lgan quvvatning paxta xomashyosi elastik xususiyatlariga, xomashyo valigining massasi va arra aylanish tezligiga bog‘liqlik qonuniyati aniqlangan; 
turli konstruksion materiallar bilan chigit sirtlari o‘rtasidagi ishqalanish koeffisientlarini qiyosiy tahlil qilish natijasida ishchi kamera va kolosnik panjaralarining ishchi yuzalari uchun ishqalanish koeffisienti minimal bo‘lgan maqbul konstruksion material tanlab olingan;
kolosnik hamda ishchi kamera materiallarining xizmat qilish muddati ularning tolali material bosim kuchi ta’sirida eyilish darajasiga bog‘liqligini hisobga olib, konstruksion materiallar eyilishga chidamliligi va uning tushayotgan bosim kuchiga bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan hamda kolosnik va ishchi kamera  tayyorlash uchun eyilishga chidamliligi eng yuqori bo‘lgan konstruksion material tanlangan;
tola ajratish mashinasi arra tishlarining tolani ilib olish qobiliyati ularning tolali muhit bilan ta’sirlashuv maydoniga bog‘liq ekanligidan kelib chiqib, tishlarini arra diski qalinligida ketma-ket chap hamda o‘ng tomonga og‘dirib o‘tkirlash orqali tolali muhit bilan ta’sirlashuv maydoni va tolalarni ilib olish qobiliyati oshirilgan arra tishlari konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
 xomashyo valigining aylanish harakatiga ishchi kameraning oldi va orqa fartuklari hamda yon devorlaridagi ishqalanish kuchlarining salbiy ta’sirini inobatga olgan holda ishchi yuzalarni ishqalanish koeffisienti past bo‘lgan materialdan tayyorlash yo‘li bilan ishchi kamera konstruksiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arrali tola ajratgich uchun ishchi kamera, tarkibli kolosnik va yangi profildagi tishlarga ega bo‘lgan arra konstruksiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
ishqalanish koeffisienti past bo‘lgan materialdan tayyorlangan ishchi kamera, tarkibli kolosnik va yangi profildagi tishlarga ega bo‘lgan arrali silindr o‘rnatilgan arrali tola ajratish mashinasi O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga qarashli «NT ChUST G‘ALLA CLUSTER» MChJ Mingbuloq paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2026 yil 6 martdagi 01/06-385-son ma’lumotnomasi). Natijada, jin mashinasi ish unumi 1.9 kg/arra·soat gacha ortgan, paxta chigitining mexanik shikastlanganligi 2.3% (abs.), toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini 0,8 % (abs.), qoldiq tukdorligini 1,1% (abs.) ga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish