Uralova Shaxlo Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek tillarida oshxona anjomlari nomlarining chog‘ishtirma tadqiqi, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2026.1. PhD/Fil7238.
Ilmiy rahbar: Turaeva Umida Shuxratovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, PhD.03/27.12.2025.Fil.13.02.
Rasmiy opponentlar: Eshmuminov Asqar Allamurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qulmamatov Do‘smamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi oshxona anjomlari nomlarining kompleks chog‘ishtirma tahlilini amalga oshirish, ularning leksik-semantik, etimologik va derivatsion xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi oshxona anjomlari nomlari korpusidagi monosemik va polisemik so‘zlarning nisbati to‘g‘risidagi miqdoriy ma’lumotlar (ingliz tilida bir ma’noli 205 ta, ko‘p ma’noli 108 ta; o‘zbek tilida bir ma’noli 215 ta, ko‘p ma’noli 87 ta), bu tillarning qaysi birida semantik ko‘p ma’nolilik ushbu tematik guruhda muhimroq rol o‘ynashi, ushbu nomlarning bajaradigan vazifa va funksiyalariga ko‘ra taklif etilib, uning“ochiq olov va pechkalarda pishirish uchun idish va qurilmalar”, “pishirish, suyuqlik va narsalarni qizdirish, qaynatish uchun anjom va moslamalar”, “ovqatni uzatish va tanovvul qilish, ichimliklarni ichish uchun idishlar” kabi har bir tematik guruhdagi nomlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon yaratishi isbotlangan;
har ikki tildagi oshxona anjomlari nomlari uchun leksik-semantik munosabatlarning barcha turlari tahliliga ko‘ra o‘zbek tilida ingliz tiliga nisbatan stilistik sinonimlar ko‘pchilikni tashkil etishi, har ikki tilda antonimlarning barchasi umumlisoniy va har xil o‘zakligi, o‘zbek tilida bir holatda bir o‘zakligi (nimkosa – shokosa), o‘zbek tilida omonimlarning chastotalik darajasi yuqori ekanligi, gipero-giponimik munosabatlar konsepsiyasining universalligiga qaramay, ingliz tili oshxona anjomlari nomlari yuqori darajadagi detallashtirishni ifoda etishi (spoon (qoshiq)ning 18 turi mavjud), o‘zbek tilida ular an’anaviy turmush tarzi va milliy tushunchalarga egaligi bilan farqlanishi (piyola, yog‘chova, jo‘va, chakich, lagan) qiyosan ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan har ikkala tilda suffikslar yordamida hosil bo‘lgan oshxona anjomlari nomlari keng tarqalganligi, ingliz tilida -er, -ing, -el, -le, -ware va o‘zbek tilida -gich, -cha, -don suffikslarining sermahsulligi, ingliz tilida -kin, -en, -ar, -ard, -ite, -ister va o‘zbek tilida -gak, -sak, -choq -ak, -gi affikslarining kammahsulligi, suffikslar yordamida hosil bo‘lgan oshxona anjomlari nomlari asosan “fe’l + suffiks = ot”, “ot + suffiks = ot” modellari asosida yasalishi, ingliz tilida so‘z yasalishining konversiya usuli (to peel (fe’l, “tozalamoq”) → a peel (ot, “tozalash uchun kurakcha”), o‘zbek tilida bu usulning uchramasligi, ingliz tilida oltita mustaqil so‘zdan iborat “ice bucket with interior vacuum bottle” (muz uchun ichki termosli chelak) kabi “ot + ot + predlog + sifat + sifat + ot” modelidagi, o‘zbek tilida to‘rtta so‘zdan iborat “piyoz to‘g‘rash uchun pichoq” kabi “ot + ot + ko‘makchi + ot” modelidagi murakkab so‘zlar yasalishi aniqlangan;
ingliz tilida 313 ta oshxona anjomlari nomlarining 219 tasi o‘z, 94 tasi o‘zlashma, o‘zbek tilida 302 tadan 163 tasi o‘z, 139 tasi o‘zlashma so‘zlar bilan ifodalanishi, ingliz tilidagi o‘zlashmalarning aksariyati fransuz (57), lotin (14) va golland (5) tillaridan, o‘zbek tilida asosan fors-tojik (71), rus (24) va arab (17) tillaridan olinganligi, ko‘rib chiqilgan nomlar ko‘pincha ikki xalqning milliy o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi (cooking utensils, baking machine, ramekin, muffineer, griddle, barbecue – ingliz pishirish anjomlari, damtovoq, dosh, qozon, doshqozon, qozoncha, dekcha – o‘zbekcha qozon bilan bog‘liq nomlar) dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari oshxona anjomlari nomlari lingvistik xususiyatlarining tasnifi, mazkur nomlarni leksik-semantik, derivatsion va etimologik kesimda o‘rganishga doir xulosalardan:
ingliz va o‘zbek tillaridagi oshxona anjomlari nomlari korpusidagi monosemik va polisemik so‘zlarning nisbati to‘g‘risidagi miqdoriy ma’lumotlar (ingliz tilida bir ma’noli 208 ta, ko‘p ma’noli 107 ta; o‘zbek tilida bir ma’noli 215 ta, ko‘p ma’noli 89 ta), bu tillarning qaysi birida semantik ko‘p ma’nolilik ushbu tematik guruhda muhimroq rol o‘ynashi, ushbu nomlarning bajaradigan vazifa va funksiyalariga ko‘ra taklif etilgan "ochiq olov va pechkalarda pishirish uchun idish va qurilmalar”, “pishirish, suyuqlik va narsalarni qizdirish, qaynatish uchun anjom va moslamalar", "ovqatni uzatish va tanovvul qilish, ichimliklarni ichish uchun idishlar" kabi har bir tematik guruhdagi nomlarning o‘ziga xos xususiyatlariniga doir ma’lumotlardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-oktyabrdagi 04/1-5080-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida oshxona anjomlari nomlarining monosemik, polisemik, tematik guruhlarga bo‘linish xususiyatlarini yorituvchi ma’lumotlar, shuningdek, tadqiqot maqsadlaridan kelib chiqib, holatga doir metodik tavsiyalarning mukammallashuviga erishilgan;
chog‘ishtirilayotgan har ikkala tilda suffikslar yordamida hosil bo‘lgan oshxona anjomlari nomlari keng tarqalganligi, suffikslar yordamida hosil bo‘lgan oshxona anjomlari nomlari yasalish modellari, ingliz tilida so‘z yasalishining konversiya usuli, ko‘rib chiqilayotgan tillarda biri necha mustaqil so‘zlardan iborat modelidaga murakkab so‘zlarni tahlil qilishga doir ma’lumotlari Termiz davlat universitetida 2021-2024-yillarda amalga oshirilgan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” nomli loyiha doirasida amaliyotga tadbiq etilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 4-noyabrdagi 06/12-4694-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida suffiksli oshxona anjomlari nomlari keng tarqalganligi, suffikslarning sermahsulligi va kammahsulligi, yasama nomlar yasalish modellarini tasniflash, murakkab so‘zlar yasalishiga bag‘ishlangan nazariy va amaliy ma’lumotlarning mukammallashuviga erishilgan;
har ikki tildagi oshxona anjomlari nomlari uchun leksik-semantik munosabatlarning barcha turlari tahliliga ko‘ra o‘zbek tilida ingliz tiliga nisbatan stilistik sinonimlar ko‘pchilikni tashkil etishi, har ikki tilda antonimlarning barchasi umumlisoniy va har xil o‘zakligi, o‘zbek tilida bir holatda bir o‘zakligi (nimkosa – shokosa), o‘zbek tilida omonimlarning chastotalik darajasi yuqori ekanligi, gipero-giponimik munosabatlar konsepsiyasining universalligiga qaramay, ingliz tili oshxona anjomlari nomlari yuqori darajadagi detallashtirishni ifoda etishi (spoon (qoshiq)ning 18 turi mavjud), o‘zbek tilida ular an’anaviy turmush tarzi va milliy tushunchalarga egaligi bilan farqlanishi bo‘yicha berilgan tavsiya va xulosalaridan tavsiya va xulosalaridan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirishlar senariysini tayyorlashda (2024-2025-yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 7-noyabrdagi 05-09-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy izlanuvchilarga, talabalarga ingliz va o‘zbek xalqlarining anʻanalari, urf-odatlari, turmush tarzini qiyoslash imkoni paydo bo‘lgan, xalqlarning kundalik turmushida alohida o‘rin egallagan oshxona anjomlari haqidagi matnlar bo‘yicha lingvokulturologiya, etnolingvistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hajmi ko‘paygani haqida xorijiy til professor-o‘qituvchilari va talabalarga ma’lumot berilgan.