Eshquvvatova Gulasal Abdullo qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek tillarida food/taom komponentli frazeologik birliklarning chog‘ishtirma tadqiqi, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2023.4.PhD/Fil4251.
Ilmiy rahbar: Narmuratov Zayniddin Radjabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, PhD.03/27.12.2025.Fil.13.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi food/taom komponentli frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidagi food komponentli frazeologizmlar asosan individualizm, pragmatizm, iqtisodiy munosabatlar va kundalik hayot tajribasini aks ettirsa, o‘zbek tilidagi taom komponentli frazeologizmlar esa milliy qadriyatlar, mehmondo‘stlik, oila, jamoaviylik, hurmat va an'anaviy turmush tarziga oid konseptlarni ifodalashi isbotlangan;
“food/taom” komponentli FBlar frazeo-semantik guruhlarga tasniflanib, ingliz tilidagi frazeologizmlarning o‘zbek tilidagi ekvivalentlik darajasi to‘liq va qisman mos kelishligi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “food/taom” komponentli frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlari, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi obektiv omillar (milliy realiyalar, urf-odatlar, an’anaviy taomlar, tarixiy-madaniy voqeliklar) va subektiv omillar (obrazlilik, konseptual tafakkur va ekvivalentlikka ega timsollar) omillar aniqlangan; 
ingliz va o‘zbek tillaridagi “food/taom” komponentli frazeologik birliklar o‘rtasida umumiy semantik yo‘nalishlar mavjud bo‘lsa-da, ularning obrazlilik asoslari, ramziy talqini va madaniy motivatsiyasi har bir xalqning turmush tarzi, tarixiy tajribasi hamda mentalitetiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyat kasb etishi isbotlangan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida food/taom komponentli FBlarning chog‘ishtirma tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi “food/taom” komponentli frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlari, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi obektiv omillar (milliy realiyalar, urf-odatlar, an’anaviy taomlar, tarixiy-madaniy voqeliklar) va subektiv omillar (obrazlilik, konseptual tafakkur va ekvivalentlikka ega timsollar) omillar aniqlanganligi haqidagi xulosalaridan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining taʻlimiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-maydagi 01/3-30896-son maʻlumotnomasi). Natijada frazeologizmlarning tipologik tasnifi, ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarning semantik-struktur xusuiyatlari, lingvomadaniy tafovutlari va o‘xshashliklarini oydinlashtirishga yordam bergan hamda chog‘ishtirma frazeologiyaga doir nazariy maʻlumotlarning mukammallashuviga erishilgan; 
ingliz va o‘zbek tillaridagi “food/taom” komponentli frazeologik birliklar o‘rtasida umumiy semantik yo‘nalishlar mavjud bo‘lsa-da, ularning obrazlilik asoslari, ramziy talqini va madaniy motivatsiyasi har bir xalqning turmush tarzi, tarixiy tajribasi hamda mentalitetiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyat kasb etishi isbotlanganligi haqidagi xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-2023-yilda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-iyuldagi 01/4-3089-son maʻlumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari asosida chiqarilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar amaliy loyiha doirasida elektron platforma, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz tilidagi food komponentli frazeologizmlar asosan individualizm, pragmatizm, iqtisodiy munosabatlar va kundalik hayot tajribasini aks ettirsa, o‘zbek tilidagi taom komponentli frazeologizmlar esa milliy qadriyatlar, mehmondo‘stlik, oila, jamoaviylik, hurmat va an'anaviy turmush tarziga oid konseptlarni ifodalashi isbotlanganligi hamda ingliz va o‘zbek tillarida “food/taom” komponentli frazeologik birliklarning frazeo-semantik guruhlanishi, ularning ekvivalentlik darajasi, milliy-madaniy xususiyatlarini yoritishga doir natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokanali “Til va taraqqiyot”, “So‘z va o‘zlik” nomli dasturlarni tayyorlashda (2024-2025 yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2026 yil 14-fevraldagi 05-09-432–son ma’lumotnomasi). Natijada, teledasturlar mazmunining boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish