Pazilova Nasibaxon Muxammadkasimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turli tizimli tillarda kishilik olmoshlarining uslubiy-funksional va sotsiopragmatik tadqiqi, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Fil1079.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Xamroeva Shahlo Mirdjanovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yuldasheva Dilafruz Maxamadalievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillarda kishilik olmoshlarining uslubiy, semantik hamda sotsiopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olmoshlar o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi qiyosiy, uslubiy-funksional va sotsiopragmatik aspektda baholanib, olmosh so‘z turkumining bugungi kunda faqat grammatik birlik emas, balki ijtimoiy-madaniy, uslubiy va sotsiopragmatik xususiyatlari asosida ochib berilgan;
struktur, funksional, sotsiopragmatik va kognitiv yondashuvlar doirasida olib borilgan izlanishlar kishilik olmoshlarini nutq ishtirokchilari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, psixologik masofa, muloqotdagi o‘rni kabi ko‘rsatkichlar bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatishi, jumladan, o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi olmoshlarni deyksis bilan bog‘lagan holda “men” va “sen” birliklarining nutq subektiga nisbatan o‘zgaruvchan xususiyati, olmoshlar indeksalligi muammosi ochib berilgan;
kognitiv yondashuvda o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi kishilik olmoshlarining nutq ishtirokchilari orasidagi mental struktura bilan bog‘lanishi, ularning qo‘llanilishi nutqdagi intonatsion urg‘u, modal qiymat asosida farqlanishi, so‘zlovchining ijtimoiy tafakkurini namoyon qilishi, nutq ishtirokchilarining hurmat darajasi, ijtimoiy ierarxiyaning kontekstga qarab aniqlanishi turli tizimga mansub tillardagi sen/siz olmoshlari misolida asoslangan;
kishilik olmoshlarining uslubiy-funksional xususiyatlari, ularning gender farqlanishi, jumladan, sotsiopragmatik jihatlar siyosiy nutq, diniy matn, dialogik suhbatlar orqali olmoshlarning axloqiy-funksional vazifalari, shuningdek, o‘zaro muloqot jarayonida olmoshlar orqali yuzaga keluvchi nutqiy vaziyatlarning o‘rni o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi so‘zlashuv, badiiy, ilmiy, rasmiy va publisistik uslublarga mansub matnlar misolida dalillangan;
pragmatik yondashuv asosida o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi kishilik olmoshlari konseptual tuzilma, subektivlik darajasi va psixik nuqtayi nazardan ularga til foydalanuvchisining fikrlash modeli, tafakkur konstruksiyasi va mental fazoni tashkil etish usuli sifatida qaralib, o‘rganilayotgan tillarning tipologik, milliy-madaniy va sotsiopragmatik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda kishilik olmoshlarining uslubiy, semantik hamda sotsiopragmatik xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
olmoshlar o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi qiyosiy, uslubiy-funksional va sotsiopragmatik aspektda tahlil qilinib, olmosh so‘z turkumining bugungi kunda faqat grammatik birlik emas, balki ijtimoiy-madaniy, uslubiy va sotsiopragmatik xususiyatlari asosida ochib berishga doir ilmiy xulosalardan va tavsiyalaridan Qo‘qon davlat universitetida bajarilgan 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 23-sentyabrdagi 87-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan, pragmatik yondashuv orqali kishilik olmoshlarining tanlanishi jamiyatdagi ijtimoiy ierarxiya va psixologik yaqinlik darajasi bilan bog‘lanishiga doir dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
kishilik olmoshlarining uslubiy-funksional xususiyatlari, ularning gender farqlanishi, jumladan, sotsiopragmatik jihatlar siyosiy nutq, diniy matn, dialogik suhbatlar orqali olmoshlarning axloqiy-funksional vazifalari, shuningdek, o‘zaro muloqot jarayonida olmoshlar orqali yuzaga keluvchi nutqiy vaziyatlarning o‘rni o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi so‘zlashuv, badiiy, ilmiy, rasmiy va publisistik uslublarga mansub matnlar misolida dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan 2021–2024-yillarda “Musiqa va san’at muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqasha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 1/04-181-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi orqali turli tizimga mansub tillardagi kishilik olmoshlarining qiyosiy tahlilini mazkur dissertatsiya materiallari asosida aniq talqin qilishga, loyihani takomillashtirishga erishilgan;
kognitiv yondashuvda o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi kishilik olmoshlarining nutq ishtirokchilari orasidagi mental struktura bilan bog‘lanishi, ularning qo‘llanilishi nutqdagi intonatsion urg‘u, modal qiymat asosida farqlanishi, so‘zlovchining ijtimoiy tafakkurini namoyon qilishi, nutq ishtirokchilarining hurmat darajasi, ijtimoiy ierarxiyaning kontekstga qarab aniqlanishi turli tizimga mansub tillardagi sen/siz olmoshlari misolida asoslanganligiga doir xulosa va ilmiy natijalaridan 2021–2023-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 1/04-180-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha zaruriy tushunchalar bilan boyigan, mavjud tushunchalarning o‘rinli qo‘llanilishi ta’minlangan;
struktur, funksional, sotsiopragmatik va kognitiv yondashuvlar doirasida olib borilgan izlanishlar kishilik olmoshlarini nutq ishtirokchilari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, psixologik masofa, muloqotdagi o‘rni kabi ko‘rsatkichlar bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatishi, jumladan, o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi olmoshlarni deyksis bilan bog‘lagan holda “men” va “sen” birliklarining nutq subektiga nisbatan o‘zgaruvchan xususiyati, olmoshlar indeksalligi muammosi ochib berilganligiga doir xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020–2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 23-sentyabrdagi 88-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan dalillar, nazariy fikr-mulohazalardan kishilik olmoshlari referensial, deyktik, pragmatik va kognitiv xususiyatlari asosida baholanishi, bu omillar ularga faqat grammatik birliklar emas, balki kontekstual va kommunikativ jihatdan tildagi muhim dinamik elementlar sifatida yondashish imkoniyatini berishi borasida tavsiyalar shakllantirilgan;
pragmatik yondashuv asosida o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi kishilik olmoshlari konseptual tuzilma, subektivlik darajasi va psixik nuqtayi nazardan ularga til foydalanuvchisining fikrlash modeli, tafakkur konstruksiyasi va mental fazoni tashkil etish usuli sifatida qaralib, o‘rganilayotgan tillarning tipologik, milliy-madaniy va sotsiopragmatik xususiyatlariga doir ilmiy natijalardan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 26-36-1036-son ma’lumotnomasi). Natijada olmoshlar orqali so‘z qo‘llashga doir tushunchalar takomillashtirilgan va eshittirishlaming sifati oshib, jozibadorligi ortgan.