Nazarova Amina Sarsenbay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): B.Genjemuratov she’riyatida an’ana va badiiy izlanishlar, 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4298.
Ilmiy rahbar: Turdiboev Konakbay Keulimjaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06.
Rasmiy opponentlar: Dabilov Perdegaliy Abatbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc); Arziev Sharapatdin Abdiraxmanovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shoir B.Genjemuratov she’riyatini hozirgi adabiy jarayon doirasida tahlil etish, milliy adabiy an’analar hamda badiiy, uslubiy, poetik izlanishlarini o‘rganish orqali shoirning poetik individualligini, badiiy tafakkurini va ularning yangi poetik tendensiyalar bilan bog‘liqligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
B.Genjemuratov ijodida milliy folklor an’analari, Sharq mumtoz poeziyasi va jahon adabiyoti tajribalarining badiiy sintezi asosida olam va odam munosabatlarini talqin etish evolyusiyasi ochib berilib, shoirning lirik hamda liro-epik asarlaridagi poetik izlanishlari qoraqalpoq milliy she’riyatining estetik mezonlarini boyituvchi omil sifatida dalillangan;
shoir lirikasidagi xalqchillik pafosi, folklor obrazlari stilizatsiyasi hamda Sharq mumtoz she’riyati an’analari uyg‘unligining nazariy asoslari va strukturaviy-funksional qonuniyatlari aniqlanib, zamonaviy she’riy jarayonning global va milliy omillar asosida shakllanishi etnik-estetik hamda qiyosiy-tipologik tamoyillarga ko‘ra asoslab berilgan;
shoir she’riyatida poetik obrazlar tizimining milliy an’analar negizida transformatsiyaga uchragani hamda ramziy-metaforik ko‘lami keng tasvir vositasi sifatida qo‘llanilgani ochib berilib, ushbu jarayonlar B.Genjemuratov ijodidagi o‘ziga xos badiiy izlanish va estetik hodisa sifatida isbotlangan;
shoir she’riyatida badiiy shaklning estetik jihatdan yangilanishi, mazmunda esa shaxsiy va umuminsoniy uyg‘unlikning yuzaga kelishi oydinlashtirilib, muallif shakliy izlanishlari evolyusiyasi va individual uslubining shakllanishi ijodkor mahoratini belgilovchi asosiy omillar ekani ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. B.Genjemuratov she’riyatida an’ana va badiiy izlanishlarni tadqiq etishda olingan ilmiy natijalar asosida:
B.Genjemuratov ijodida milliy folklor an’analari, Sharq mumtoz poeziyasi va jahon adabiyoti tajribalarining badiiy sintezi asosida olam va odam munosabatlarini talqin etish evolyusiyasi ochib berilib, shoirning lirik hamda liro-epik asarlaridagi poetik izlanishlar qoraqalpoq milliy she’riyatining estetik mezonlarini boyituvchi omili ekanligi xususidagi ilmiy-nazariy qarashlardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bajarilgan AL-662204393 – “Qoraqalpog‘iston folklorshunosligi antologiyasini yaratish” (2024–2025-y.y.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2026-yil 16-fevraldagi 01-21-04/571-son ma’lumotnomasi). Natijada, B.Genjemuratov ijodida jahon poeziyasi unsurlari bilan milliy an’analarning o‘zaro sintezi aniqlanib, poetik jarayonning global va milliy omillar asosida shakllanish mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslashga erishilgan;
shoir she’riyatida poetik obrazlar tizimining milliy an’analar negizida transformatsiyaga uchragani hamda ramziy-metaforik ko‘lami keng tasvir vositasi sifatida qo‘llanilgani ochib berilib, ushbu jarayonlar B.Genjemuratov ijodidagi o‘ziga xos badiiy izlanish va estetik hodisa sifatida baholanishi bilan bog‘liq nazariy qarashlaridan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan ijodiy seminarlarda, turli to‘garak va mahorat darslarini o‘tkazishda, shuningdek, yosh ijodkorlarning Zomin respublika seminarining adabiy tanqid yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan hududiy bosqichlarida yosh ijodkorlarning amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 17-fevraldagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh yozuvchi va shoirlarning adabiyotshunoslik, ya’ni adabiy tanqid bo‘yicha tasavvurlarini takomillashtirilishiga erishilgan;
shoir she’riyatida badiiy shaklning estetik jihatdan yangilanishi, mazmunda esa shaxsiy va umuminsoniy uyg‘unlikning yuzaga kelishi oydinlashtirilib, muallif shakliy izlanishlari evolyusiyasi va individual uslubining shakllanishi ijodkor mahoratini belgilovchi asosiy omillariga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 16-fevraldagi 08-322-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy adabiy merosni saqlash, o‘rganish va keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga xizmat qilgan.