Adizova Nigora Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qiziqmachoqlarning janriy tabiati va badiiyati”, 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil672.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubbekova Munavvar Muxamedovna, filologiya fanlari doktori; Qayumov Olim Sadriddinovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qiziqmachoqlarning janriy belgilari, genezisi, mavzuiy turlari, kompozision, lingvopoetik, ijro xususiyatlari, yetakchi obrazlari, an’anaviy motivlari va badiiy-estetik vazifalarini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek bolalar fol`klorining an’anaviy she’riy shakllaridan biri – qiziqmachoqlar xalq qo‘shiqchiligi janrlar tizimining shakllanishi va tadrijiy taraqqiyotini belgilovchi muhim xalqalardan biri ekanligi asoslangan;
qiziqmachoqlar xalq qiziqchiligi, ertaklar, bolalar fol`kloridagi erkalama, ovutmachoq, sanama, tegishmachoq, tez aytish, guldur-gup, hukmlagich kabi janrlar bilan bog‘liqlikda kelib chiqqanligi hamda yaxlit badiiy tizim sifatida taraqqiy etganligi qiyosiy-tipologik aspektda isbotlangan;
qiziqmachoqlar kattalar tomonidan bolalarga atab yaratilgan yumoristik ruhdagi qo‘shiqlar sifatida bolalar fol`klori bilan kattalar fol`klorining genetik aloqadorligini to‘g‘ri baholashga yo‘l ochishi dalillangan;
qiziqmachoqlarning mavzuiy-shakliy turlari, an’anaviy obrazlar tizimi, asosiy motivlari, lingvopoetik va kompozision xususiyatlari, band qurilishi, vazni, qofiyalanish tizimi, ifoda-tasvir uslub va badiiy-estetik vazifalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qiziqmachoqlarning janriy tabiati va badiiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qiziqmachoqlar obrazlar silsilasining tarixiy-genetik asoslari hamda badiiy evolyusiyasiga mif, afsona, ertakning ta’siriga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Navoiy davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan F1-XT-0-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni” (2012–2016) nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3798-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq mifologiyasining yozma adabiyotga ta’siri, jumladan, mifologik syujet, motiv va obrazlarning qiziqmachoqlar badiiy strukturasidagi poetik vazifalarini oydinlashtirishga erishilgan;
o‘zbek bolalar fol`klorining mustaqil janrlaridan biri bo‘lgan qiziqmachoqning janriy tabiati, o‘ziga xos badiiy-kompozision xususiyatlari, obrazlar olami va lingvopoetik belgilari ochib berish asosida chiqarilgan xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3797-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek fol`kloridagi ko‘pgina janrlarning poetik tabiati va vazifasi jihatidan jahon xalqlari og‘zaki ijodidagi ba’zi janrlar bilan mushtaraklik kasb etishi asoslangan.
o‘zbek xalq milliy qo‘shiqlarining obrazlar tizimi, kompozision xususiyatlari, badiiy tasvir vositalarining yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rniga doir xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Dolzarb mavzu”, “Qadriyat, urf-odat va an’ana”, “Navro‘z udumlari”, “Alla sehri”, “O‘zbekona”, “Adabiyot darsi”, “Adabiy muhit” kabi teleko‘rsatuvlarida, shuningdek, “Qadriyatlar qadim beshigi”, “Ma’naviyat gulshani” kabi radioeshittirishlarida foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2019 yil 24 sentyabrdagi 1/339-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar fol`klorining o‘ziga xos tarbiyaviy-estetik mohiyati va uning so‘z san’atidagi alohida o‘rni xususidagi keng ko‘lamli ma’lumotlar tomoshabinlar auditoriyasiga etkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish