Palvanov Hikmatjon Axmatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta Osiyo sivilizatsiyasida Xorazm vohasining tutgan o‘rni (antik davri moddiy va madaniy yodgorliklari misolida)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1036
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Mavlanov Uktam Maxmasabirovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01
Rasmiy opponentlar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori, professor; Raimkulov Abdusabur Azzamovich tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazm vohasi antik davri taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan moddiy va madaniy yodgorliklariga oid ma’lumotlarni tahlil qilib, arxeologik, yozma va etnografik manbalar asosida umumlashtirish va ularning yurtimiz tarixi uchun ilmiy-amaliy ahamiyati, hamda o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘rta Osiyo sivilizatsiyasida Xorazm vohasi antik davri taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari tarixiga bag‘ishlangan maxsus ilmiy tadqiqot amalga oshirilmaganligi va mazkur mavzu alohida ilmiy masala sifatida yoritilmaganligi sababli, uning ahamiyatini inobatga olgan holda, antik davri sivilizatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy an’analar va yangiliklarning uyg‘unligi aniqlangan;
Xorazm vohasi antik davri shaharsozlik madaniyatida me’morchilikning o‘rni tahlil qilinib, qal’alarning o‘ziga xos jihatlari o‘rganildi. Boshqa hududlarga nisbatan quyi Amudaryo bo‘ylarida “qaldirg‘och dumli” burjlarning ahamiyati ochib berilgan. Hamda Qo‘yqirilganqal’a tarhining o‘ziga xosligi va boshqa inshootlardan farqi asoslangan; 
Antik Xorazm zardushtiylik dinining o‘ziga xos xususiyatlari arxeologik, etnografik va yozma manbalar orqali tahlil qilinib, yangi ma’lumotlar fanga joriy etildi. Vohadan topilgan ostodonlar ayniqsa ularning qopqoqlaridagi odam haykallarining (erkak va ayol) o‘ziga xosligi va O‘rta Osiyoning boshqa hududlaridan bunday ostodonlar topilmaganligi dalillangan;
Qadimgi Xorazm yozuvi namunalari asosida qadimgi Xorazm tili va uning o‘ziga xos xususiyatlari, madaniy hayotning rivojlanish darajasi, hamda quyi Amudaryo hududlaridagi amaliy bilimlar aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasining qadimgi va ilk o‘rta asrlarigacha bo‘lgan madaniyati tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: Xorazm vohasi sivilizatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari (antik davri moddiy va madaniy yodgorliklari misolida) mavzusidagi taqdim etilgan dissertatsiyaning quyidagi ilmiy natijalaridan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi madaniy meros targ‘iboti va turizmni rivojlantirish dasturlarini bajarishda foydalanilmoqda. 1. Qadimgi Xorazm yozuvi namunalari asosida qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi, madaniy hayotning rivojlanish darajasi, vohada ilmiy bilimlar tahlil qilingan. 2. Antik davrda Xorazm vohasidagi dehqonchilik, chorvachilik hamda hunarmandchilikning o‘ziga xos xususiyatlari jamlanib, Xorazm sivilizatsiyasining asosiy o‘zagini tashkil etgani dalillangan. (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2025-yil 2-maydagi № 28-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi xayriya jamoat fondining milliy o‘zlikni anglashga qaratilgan ishlarni ilmiy asosda tashkil qilish imkonini bergan.
“Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida mavzuning bir qancha jihatlari, jumladan antik davr Xorazm tarixiga oid yozma manba ma’lumotlari tavsifi va tadqiqotchining qisqacha tahlillari, arxeologik yodgorliklarining o‘rganilish tarixiga qaratilgan o‘tgan asrning 30 yillaridan to hozirgi kunga qadar Xorazm vohasida amalga oshirilgan arxeologik yodgorliklarda olib borilgan tadqiqot ishlari tarixini davriy ketma-ketlikda yoritish, S.P. Tolstov, Ya.G‘. G‘ulomov, Yu.A. Rapoportlarning olib borgan tadqiqotlari yoritilgan. “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining 2025-yil 25-oktyabrdagi 01-33/795-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Xorazm vohasi antik davri bo‘yicha ko‘nikma hosil qiladi. 
Mazkur ilmiy tadqiqot ishidan O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligi “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi tizimini rivojlantirish dasturlarini bajarishda foydalanilgan. Ichan qa’la va Xorazm vohasi hududida joylashgan tarixiy-madaniy meros yodgorliklari, o‘lka toponimikasi, etnonimlarda o‘z aksini topganligi asoslangan. O‘zbek davlatchiligi tarixida Xorazm vohasining tutgan o‘rni masalasini yoritishga, shu hududda joylashgan tarixiy-madaniy meros yodgorliklarini o‘rganish, saqlash va targ‘ib etishga xizmat qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligi “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining 2025-yil 1-apreldagi 02-02/157/1-son ma’lumotnomasi). Natijalar Xorazm vohasi hududida joylashgan antik davri tarixiy-madaniy yodgorliklari tarixini o‘rganishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
M.S. Lapirov-Skoblo, M.G. Vorabeva, L.M. Levina, M. Mambetullaev, S.B. Bolelov, G. Xodjaniyazov, S. Baratov hamda U. Raxmonovlarning olib borgan tadqiqotlari, Xorazmning antik davri ko‘hna shaharlari, qal’alari, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchiligining o‘ziga xos xususiyatlariga oid ma’lumotlardan foydalanildi. “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining 2025-yil 25-oktyabrdagi 01-33/795-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Xorazm vohasi antik davridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tasavvurlarning kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish