Kurbanov Baxodir Negmatullaevichning
ha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirish”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt6745
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Jahongir To‘raboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tashkent International University xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Jabborov Azamat Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish natijadorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirishda oliy ta’lim xizmatlarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish jarayonida bozor mexanizmlari va raqobat tamoyillarining bosqichma-bosqich joriy etilishi bilan byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
talabalarning ta’lim olish jarayonida yuzaga keladigan kundalik xarajatlarini qoplash imkoniyatlarini kengaytirishda ta’lim kreditlarining funksional tasnifini joriy etish orqali kredit mablag‘laridan ularning moliyaviy yuklamasini kamaytirishga yo‘naltirish taklif etilgan; 
talabalarning ta’lim jarayonida barqaror ishtiroki ta’minlash hamda moliyaviy cheklovlarning akademik natijalarga salbiy ta’sirini kamaytirishda ta’lim kreditlari tizimida qo‘shimcha xarajatlarini qoplash imkonini beruvchi moliyaviy paketlarni joriy etish asosida talabalarning moliyaviy ehtiyojlarini kompleks baholash va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ta’lim kreditlash modeli taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish modelining davlat byudjeti mablag‘lariga yuqori darajada bog‘liqlikdan tijoratlashtirish, muqobil daromad manbalarini shakllantirish va bozor mexanizmlariga asoslangan moliyaviy boshqaruv tizimiga o‘tishi sharoitida o‘quv-laboratoriya bazasi sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini baholash mexanizmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish natijadorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirishda oliy ta’lim xizmatlarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish jarayonida bozor mexanizmlari va raqobat tamoyillarining bosqichma-bosqich joriy etilishi bilan byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-son 2-bandi 11-12-xatboshi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-iyundagi 02/15-3961-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim xizmatlarini davlat byudjetidan moliyalashtirish hajmi va bozor tamoyillarining rivojlanish darajasi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjudligi asoslab berilgan holda, davlat byudjetidan oliy ta’lim muassaslarini moliyalashtirish hajmi 2025 yilda 14,6 foizga oshgan;
talabalarning ta’lim olish jarayonida yuzaga keladigan kundalik xarajatlarini qoplash imkoniyatlarini kengaytirishda ta’lim kreditlarining funksional tasnifini joriy etish orqali kredit mablag‘laridan ularning moliyaviy yuklamasini kamaytirishga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi PQ-5203-son “Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori 11-bandi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-iyundagi 02/15-3961-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim kreditlarining qamrovi kengaytirilib, talabalar zimmasidagi moliyaviy yuklamani kamaytirish, ularning ijtimoiy barqarorligini ta’minlash hamda ta’lim olish imkoniyatlarini oshirish asosida 2025/2026-o‘quv yilida o‘tgan yillarga nisbatan ta’lim kreditining ajratilish samaradorligi oshgan;
talabalarning ta’lim jarayonida barqaror ishtiroki ta’minlash hamda moliyaviy cheklovlarning akademik natijalarga salbiy ta’sirini kamaytirishda ta’lim kreditlari tizimida qo‘shimcha xarajatlarini qoplash imkonini beruvchi moliyaviy paketlarni joriy etish asosida talabalarning moliyaviy ehtiyojlarini kompleks baholash va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ta’lim kreditlash modeliga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi PQ-5203-son “Oliy va professional ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori 11-bandi b)-bandi 1-xatboshisi ijrosini ta'minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-iyundagi 02/15-3961-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ta’lim jarayonida barqaror ishtiroki ta’minlash hamda moliyaviy cheklovlarning akademik natijalarga salbiy ta’sirini kamaytirish orqali 2025/2026-o‘quv yilida o‘tgan yillarga nisbatan a'lo bahoga o‘qigan talabalar ulushi oshishiga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish modelining davlat byudjeti mablag‘lariga yuqori darajada bog‘liqlikdan tijoratlashtirish, muqobil daromad manbalarini shakllantirish va bozor mexanizmlariga asoslangan moliyaviy boshqaruv tizimiga o‘tishi sharoitida o‘quv-laboratoriya bazasi sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini baholash mexanizmiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son 6-bandi 8-xatboshisi ijrosini ta’minlashga xizmat qildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-iyundagi 02/15-3961-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va tijoratlashtirish mexanizmlarini rivojlantirish asosida o‘quv-laboratoriya sharoitlari sifatini yaxshilash bo‘yicha imkoniyatlar kengayishi hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan ushbu o‘zgarishlarning ijobiy baholanishi 21 foiz punktga ko‘tarilishi universitetlarning moddiy-texnik bazasi uchun mablag‘lar sarfi samaradorligini oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish