Abdullaeva Zulfiya Sadullaevnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlari ” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5182.
Ilmiy rahbar: Aminova Maqsuda Saminovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.12.2025.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qobulov Ozodbek O‘ktamboy o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus iqtisodiy zonalarning rivojlanishini evolyusion bosqichlar uyg‘unligida baholash imkonini beruvchi va mintaqaviy sharoitga moslashtirilgan adaptiv rivojlanish modeli taklif etilgan;
maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini baholashning imtiyozlar tizimi samaradorligi, ijtimoiy-institutsional muhit sifati hamda investision va innovatsion faollik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlovchi ko‘p mezonli baholash modeli taklif etilgan;
mintaqada maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirishda “yagona markaz” va “yagona darcha” tamoyillarini iqtisodiy rag‘batlantirish instrumentlari bilan integratsiyalashgan maxsus iqtisodiy zonalar samaradorligini kompleks baholash algoritmi taklif etilgan;
mintaqada maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlar boʻyicha olingan natijalar asosida:
maxsus iqtisodiy zonalarning rivojlanishini evolyusion bosqichlar uyg‘unligida baholash imkonini beruvchi va mintaqaviy sharoitga moslashtirilgan adaptiv rivojlanish modeli Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4083-son ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuvni hududiy MIZlar faoliyatiga joriy etish investisiya rag‘batlarini bosqichma-bosqich optimallashtirishga xizmat qilgan, natijada, MIZlarning iqtisodiy samaradorligi, eksport salohiyati va bandlik ko‘rsatkichlari oshgan;
maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini baholashning imtiyozlar tizimi samaradorligi, ijtimoiy-institutsional muhit sifati hamda investision va innovatsion faollik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlovchi ko‘p mezonli baholash modeli Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4083-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional omillar yagona indeksga jamlanib, MIZlar faoliyatining hududiy rivojlanishga ta’siri tizimli hamda qiyosiy tahlil qilish imkonini bergan;
mintaqada maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirishda “yagona markaz” va “yagona darcha” tamoyillarini iqtisodiy rag‘batlantirish instrumentlari bilan integratsiyalashgan maxsus iqtisodiy zonalar samaradorligini kompleks baholash algoritmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4083-son ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizmni joriy qilish natijasida investisiya faolligi ortishi, ishlab chiqarish samaradorligi oshishi va eksport hajmining barqaror o‘sishiga erishilgan;
mintaqada maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4083-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida MIZlar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirishga erishish imkonini bergan.