Tillaeva Ziyoda Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli xil o‘zgaruvchanlikdagi maktabgacha ta’lim muassasalarini o‘qitish va tarbiyalash sharoitlarini gigienik asoslash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4253.
Ilmiy rahbar: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: turli variativ shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim va tarbiya sharoitlarini gigienik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududi, binolari, guruh xonalarining tarkibi va maydoni, bolalar hayoti faoliyatining sanitariya-gigiena rejimi hamda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan gigienik talablar asoslangan;
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yilning to‘rt mavsumi bo‘yicha bolalarga taqdim etiladigan taomlarning hajmi, tayyor taomlar va mahsulotlar to‘plamining tarkibi hamda ovqatlanish sifatining qiyosiy gigienik tahlili asosida bolalarning yosh xususiyatlariga mos ravishda ovqat hajmi fiziologik me’yorlarga to‘liq javob bermasligi va ratsionda asosiy oziq moddalar bo‘yicha nomutanosiblik mavjudligi isbotlangan;
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruh xonalarida qish-bahor mavsumida tabiiy yoritilganlik va shovqin darajalari, havodagi formal`degid va karbonat angidrid konsentratsiyalarining sanitariya me’yorlaridan yuqori bo‘lishi maktabgacha yoshdagi bolalarning funksional holati, aqliy ish qobiliyati, diqqatni jamlash hamda nutqni idrok etish qobiliyatining pasayishiga olibkelishi asoslangan;
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir maktabgacha yoshdagi bolaga o‘rtacha 2–3 ta funksional buzilish va jismoniy rivojlanishdagi og‘ishlar to‘g‘ri kelishi, nodavlat tashkilotlaridagi bolalarda yuqumli-parazitar kasalliklar rivojlanish xavfi davlat tashkilotlariga nisbatan 5 barobardan ziyod, allergik kasalliklar uchrashi esa 1,5 barobar yuqori ekanligi, eng yuqori darajasi yanvar` hamda oktyabr`–dekabr` oylarida kuzatilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari variativ shakllarida o‘qitish va tarbiyalash sharoitlarini gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududi, binolari, guruh xonalarining tarkibi va maydoni, bolalar hayoti faoliyatining sanitariya-gigiena rejimi hamda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan gigienik talablar asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 martda 03-25/535-t-son bilan tasdiqlangan «Gigienicheskaya otsenka kachestvo pitaniya detey doshkol`nix obrazovatel`nix uchrejdeniy gosudarstvennogo i chastnogo tipa» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 20.11.2025 yildagi 02/224-son, Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 08.11.2025 yildagi 292-son hamda Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 18.08.2025 yildagi 144-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/3-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: xususiy va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining hududi, binosi, guruh xonalari tarkibi va maydoni, bolalar hayotining sanitariya-gigiena tartibi, jismoniy tarbiyasi mashg‘ulotlarining o‘rni, ularning salomatlik holatiga ta’sirining o‘rni asoslash borasida gigienik tavsiyalar ishlab chiqilganligi olrqali ularning gormonik rivojlanishni ta’minlash bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: davlat va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning yashash sharoitini yaxshilash orqali tez-tez uchraydigan kasalliklarning oldini olish natijasida bir kunlik davolanish uchun kamida 80-90 ming so‘m, o‘rtacha kunlik ish haqi 5 million so‘m bo‘lgan, bir kurs davolanish uchun 1923076 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yilning to‘rt mavsumi bo‘yicha bolalarga taqdim etiladigan taomlarning hajmi, tayyor taomlar va mahsulotlar to‘plamining tarkibi hamda ovqatlanish sifatining qiyosiy gigienik tahlili asosida bolalarning yosh xususiyatlariga mos ravishda ovqat hajmi fiziologik me’yorlarga to‘liq javob bermasligi va ratsionda asosiy oziq moddalar bo‘yicha nomutanosiblik mavjudligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 martda 03-25/535-t-son bilan tasdiqlangan «Gigienicheskaya otsenka kachestvo pitaniya detey doshkol`nix obrazovatel`nix uchrejdeniy gosudarstvennogo i chastnogo tipa» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 20.11.2025 yildagi 02/224-son, Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 08.11.2025 yildagi 292-son hamda Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 18.08.2025 yildagi 144-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/3-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: davlat va nodavlat tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini yilning barcha fasllarida  kunlik ratsionining tayyor taomlar va mahsulotlar to‘plami tavsifi, ovqatlanish sifati va mahsulotlar to‘plamining qiyosiy tavsifi gigienik tahlillar asosida o‘suvchi organizmining o‘sish va rivojlanishi, ularning salomatlik holatiga ta’sirining o‘rni asoslash borasida gigienik tavsiyalar ishlab chiqish orqali ularning gormonik rivojlanishni baholash va kasallainishlarni oldini olish tartibi ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: davlat va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning kunlik ratsionini tahlillari asosida ularning organizmidagi tez-tez uchraydigan kasalliklarning oldini olish natijasida bir kunlik davolanish uchun kamida 80-90 ming so‘m, o‘rtacha kunlik ish haqi 5 million so‘m bo‘lgan, bir kurs davolanish uchun 1923076 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruh xonalarida qish-bahor mavsumida tabiiy yoritilganlik va shovqin darajalari, havodagi formal`degid va karbonat angidrid konsentratsiyalarining sanitariya me’yorlaridan yuqori bo‘lishi maktabgacha yoshdagi bolalarning funksional holati, aqliy ish qobiliyati, diqqatni jamlash hamda nutqni idrok etish qobiliyatining pasayishiga olibkelishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 martda 03-25/535-t-son bilan tasdiqlangan «Gigienicheskaya otsenka kachestvo pitaniya detey doshkol`nix obrazovatel`nix uchrejdeniy gosudarstvennogo i chastnogo tipa» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 20.11.2025 yildagi 02/224-son, Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 08.11.2025 yildagi 292-son hamda Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 18.08.2025 yildagi 144-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/3-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: davlat va nodavlat tashkilotlari guruh xonalarida yil fasllarida (qish-bahor va yoz-kuz) tabiiy yorug‘lik, shovqin, formal`degid, karbonat angidrid darajasi me’yordan yuqori bo‘lishi–o‘zini his qilish, ishlash qobiliyati, salomatlik, diqqatni jamlash va nutqni idrok etish qobiliyatining pasayishiga salbiy ta’sirini oldini olish, salomatlik holatiga ta’sirining o‘rni asoslash borasida gigienik tavsiyalar ishlab chiqilganligi orqali ularning gormonik rivojlanishni ta’minlash bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: davlat va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’siri qiladigan xavf omillarni oldini olish orqali kunlik davolanish uchun kamida 80-90 ming so‘m, o‘rtacha kunlik ish haqi 5 million so‘m bo‘lgan, bir kurs davolanish uchun 1923076 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir maktabgacha yoshdagi bolaga o‘rtacha 2–3 ta funksional buzilish va jismoniy rivojlanishdagi og‘ishlar to‘g‘ri kelishi, nodavlat tashkilotlaridagi bolalarda yuqumli-parazitar kasalliklar rivojlanish xavfi davlat tashkilotlariga nisbatan 5 barobardan ziyod, allergik kasalliklar uchrashi esa 1,5 barobar yuqori ekanligi, eng yuqori darajasi yanvar` hamda oktyabr`–dekabr` oylarida kuzatilishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 martda 03-25/535-t-son bilan tasdiqlangan «Gigienicheskaya otsenka kachestvo pitaniya detey doshkol`nix obrazovatel`nix uchrejdeniy gosudarstvennogo i chastnogo tipa» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 20.11.2025 yildagi 02/224-son, Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 08.11.2025 yildagi 292-son hamda Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 18.08.2025 yildagi 144-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/3-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: davlat va nodavlat tashkilotlarida poliklinika xodimlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning murojatlari va kompleks tibbiy ko‘riklar natijalari asosida har bir maktabgacha yoshdagi bolaga 2-3 tadan funksional buzilishlar, jismoniy rivojlanishdagi og‘ishlar to‘g‘ri kelishi, eng o‘tkir kasalliklar yilning boshida (yanvar`) va yil oxirida (oktyabr`, noyabr` va dekabr`) qayd etilib, gigienik tavsiyalar ishlab chiqish natijasida  salomatlik holatiga xavf omillarning ta’sirini asoslash borasida gigienik tavsiyalar ishlab chiqilganligi orqali ularning gormonik rivojlanishni ta’minlash bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: davlat va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar orasida amalga oshirilgan tibbiy ko‘riklar natijasida bir kunlik davolanish uchun kamida 80-90 ming so‘m, o‘rtacha kunlik ish haqi 5 million so‘m bo‘lgan, bir kurs davolanish uchun 1923076 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish