Raxmatullaeva Nodira Baxodirovnatning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Pedagoglarning korporativ etikasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillajtirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dessertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8545
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) k.i.x  Umaralieva Muxayyo Abdugaparovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor S.I.Xusanova, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor S.U.Ibraximov
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Pedagoglarning korporativ etikasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagoglarning korporativ etikasini rivojlantirish mazmuni kasbiy xulq-atvor va akademik halollik kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan etik keyslarni jamoaviy mas’uliyat va korporativ qadriyatlar kodeksi asosida uzlyuksiz kasbiy rivojlanish tizimiga integratsiyalash modeli orqali takomillashtirilgan;
korporativ etikani rivojlantirish strategiyalarining mazmuniy komponentlari pedagogik deontologiyaning kasbiy-axloqiy talablariga muvofiq inklyuzivlik, bag‘rikenglik, kasbiy burch va jamoaviy mas’uliyat me’yorlarini korporativ munosabatlar tizimi bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
pedagoglarning korporativ etikasini rivojlantirish  modeli ta’lim tashkilotining ichki me’yorlari, rahbar-pedagog-o‘quvchi-ota-ona o‘rtasidagi muloqot tartibi, nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish usullari bilan o‘zini o‘zi tahlil qilish amaliyotini bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;        
korporativ etikani rivojlantirish samaradorligini pedagoglarda kasbiy burch, mas’uliyat, pedagogik takt, akademik halollik, o‘quvchi shaxsiga hurmat hamda hamkasblar va ota-onalar bilan etik hamkorlik ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini yuqori (qadriyatli-barqaror), o‘rta (me’yoriy-moslashuvchan) va quyi (sust-vaziyatli) darajalar bo‘yicha aniqlash asosida baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti mustaqil izlanuvchisi Raxmatullaeva Nodira Baxodirovna “Pedagoglarning korporativ etikasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida:
Pedagoglarning korporativ etikasini rivojlantirish mazmuni ta’lim tashkilotida kasbiy xulq-atvor va akademik halollik kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan etik keyslarni jamoaviy  mas’uliyat, korporativ qadriyatlar kodeksi bilan uzlyuksiz kasbiy rivojlanish jarayoniga integratsiya qilish orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarda  “Pedagoglarning korporativ etikasini oshirish” bo‘yicha nazariy va ilmiy-amaliy qoidalarni ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, o‘qituvchilarining korporativ etikasini rivojlantirish orqali pedagoglarni  tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
korporativ etikani rivojlantirish strategiyalari pedagoglarning funksional va shaxslararo munosabatlarini tartibga soluvchi pedagogik deontologiyaning kasbiy-ahloqiy talablariga muvofiq inklyuzivlik,bahrikenglik, kasbiy burch va jamoviy mas’uliyat me’yorlarini korporativ munosabatlar tizimi bilan integratsiyasiga  oid taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 8-maydagi 01/09-317-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  pedagoglarning korporativ etikasining tarkibiy va mazmunli tarkibiy qismlarini ochib berish va uning baholash  mezonlarini  takomillashtirishga xizmat qilgan;
pedagoglarning korporativ etikasini rivojlantirish  modeli ta’lim tashkilotining ichki me’yorlari, rahbar-pedagog-o‘quvchi-ota-ona o‘rtasidagi muloqot tartibi, nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish usullari bilan o‘zini o‘zi tahlil qilish amaliyotini bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish oid takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan IL-662205522 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-6-sinf adabiyot dsarslarida IT texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” nomli innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 01-09/317-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  pedagoglarning korporativ etikasining rivojlanganlik darajasini obektiv baholash imkoniyati pedagoglarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorgarligi samaradorligiga erishish yo‘nalishida aniqlashtirishga xizmat qilgan. 
korporativ etikani rivojlantirish  samaradorligi pedagoglarda kasbiy burch, mas’uliyat, pedagogik takt, akademik halollik, o‘quvchi shaxsiga hurmat, hamkasblar va ota-onalar bilan etik hamqorlik ko‘nikmalari rivojlanganligining yuqori (qadriyatli-barqaror), o‘rta (me’yoriy-moslashuvchan) va quyi (sust-vaziyatli) darajalarda aniqlashga doir taklif va tavsiyalardan “Pedagog etikasi” va “Pedagog kundaligi” kabi uslubiy qo‘llanmalarni yaratishga erishilgan. Natijada pedagoglarning korporativ etikasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga erishilgan.
“O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlarni tayyorlashda N.B.Raxmatullaeva tadqiqot yangiliklarida aks etgan. Tadqiqotda pedagoglarning korporativ etikasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan usullar (vizual, modellashtirish, intervyu) malaka talablari (pedagogik imidj, kasbiy kompetensiyalar, ilmiy-metodik) yangiliklarni hayotiy faoliyatda optimallashtirish, pedagogik yangiliklarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish, korporativ etikani ma’naviy-axloqiy, kognitiv va texnologik komponentlar birligida shakllantirish imkoniyatlari tavsiflandi. Korporativ etika mexanizmlari pedagogik jamoalarda hamkorlik madaniyatini yuksaltirish, o‘zaro hurmat va mas’uliyat tamoyillariga asoslangan yondashuvlar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, jamoatchilik kengashlari, pedagoglar faoliyatiga joriy qilingan va bu maktab bilan pedagoglarning hamkorlik samaradorligini oshirgan. Shuningdek, ilmiy ish doirasida chiqarilgan xulosalar “Qadriyat”, “Millat va ma’naviyat” mavzularidagi radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (2025-yil 10-noyabrdagi 05-09-1790-sonli ma’lumotnoma);
o‘quvchilarning korporativ etikasini rivojlantirish bo‘yicha mezonlar uyg‘unligi asosida ularda shaxslararo munosabat, amaliy harakat va o‘zini baholash ko‘rsatkichlarini baholash darajalari (yuqori, o‘rta, past) ni aniqlash orqali takomillashtirishga oid takliflaridan Andijon viloyati Andijon shahri  22-13-11-sonli, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani 65-sonli, Toshkent viloyati Qibray tumanining 46-, 25- 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari amaliyotiga tatbiq etilgan. Natijada  umumta’lim maktablari o‘qituvchilarida korporativ etikani rivojlanganligi aniqlandi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar berildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish