Karimova Nazokat Qalandarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metall kesish dastgohlarining kinematik holatini takomillashtirish usullarini ishlab chiqish”, 05.02.05–“Mexanik va fizik-texnik ishlov berish, texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob uskunalar” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3926
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Ilhom Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, dotsent, Xusanov Yunusali Yuldoshalievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, Nomanjonov Soxibjon Nomanjon o‘g‘li
Yetakchi tashkilot: Olmaliq davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi termomexanik ta’sirlarni hisobga olgan holda 2550 modelli koordinatali parmalash dastgohining kinematik holati, pozisiyalash aniqligi va texnologik samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik ta’sirida yuzaga keladigan deformatsiyalar va dinamik yuklamalarning o'zaro ta’sirini hisobga olgan holda RDB koordinatali parmalash dastgohining tebranishlari hamda ishlov berish aniqligini baholash imkonini beruvchi termomexanik-dinamik tahlil usuli ishlab chiqilgan;
issiqlik kengayishi va kontakt yuzalarining noaniqliklarini hisobga oluvchi statik bikirlikni baholash usuli ishlab chiqilgan;
shpindel tugunining isitish va sovutish sikllarida yuzaga keladigan termik deformatsiyalarni prognoz qilish imkonini beruvchi termik matematik model ishlab chiqilgan;
RDB koordinatali parmalash dastgohining kinematik uzatmalaridagi lyuftlarni kompensatsiya qilish hamda pozisiyalash aniqligini oshirishni ta’minlovchi moslashuvchan servoyuritmali boshqaruv usuli ishlab chiqilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metall kesish dastgohlarining kinematik holatini takomillashtirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
  Radial-parmalash dastgohi stolining yangi uzatishlar kinematikasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024-yil 30-sentyabrdagi 23/01-01-07/576-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzatishlar qutisi servoyuritmaga almashtirilib, X va Y o‘qlari bo‘ylab pozisiyalash tezligi 15% ga oshirilgan;
  RDB radial-parmalash dastgohining modernizatsiyalangan boshqaruv tizimi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024-yil 30-sentyabrdagi 23/01-01-07/576-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqaruv tugunlarining pozisiyalash aniqligi hamda ko‘p o‘qli koordinatali murakkab kesish jarayonlarining  tezkorligi oshirilib, umumiy ishlov berish aniqligi 18% ga yaxshilangan;
  RDB koordinatali parmalash dastgohi ishchi qismlarining harakatini boshqarishdagi xatoliklarni kompensatsiyalash usuli “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024-yil 30-sentyabrdagi 23/01-01-07/576-son ma’lumotnomasi). Natijada, surish harakati tugunlarining pozisiyalash xatoligi 9–11 mkm dan 3–5 mkm gacha kamaytirilgan;
  RDB tizimida ma’lumotlar oqimini qayta ishlashning matematik modeli “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024-yil 30-sentyabrdagi 23/01-01-07/576-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlarni birlamchi qayta ishlash vaqti 20% ga qisqartirilib, pozisiyalash aniqligi 15% ga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish