Kalimbetov Ernazar Kurbanbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatida fuqarolik huquqlari himoyasini mamuriy-huquqiy taminlash”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Umarova Karligash, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq Davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Yu.04.05.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna; 
yuridik fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Allambergenov Saparbay  Dauletbaevish. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati subektlarining fuqarolik huquqlarini himoya qilishning ma’muriy-huquqiy ta’minlash tizimini kompleks tahlil qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish (tibbiy faoliyatni lisenziyalash misolida chuqur tadqiq qilish).
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligining vakolatlariga taalluqli bo‘lgan lisenziyalash tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerakligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan vakolatli organlar tomonidan lisenziyalash tartibi, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishi amaliyotini o‘rganish, uning tahlilini amalga oshirish hamda doimiy monitoringni amalga oshirish lozimligi asoslantirilgan;
lisenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yuborilishi hamda bunda yig‘im undirilmasligi asoslab berilgan;
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari, shuningdek davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarning amalga oshirilishi haqidagi ma’lumotlarni tavsiya etish mumkinligi asoslantirilgan. Shu bilan birga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyati haqida ma’lumot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi ekanligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanildi:
O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligining vakolatlariga taalluqli bo‘lgan lisenziyalash tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida:gi Qonunining 1-moddasi beshinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025 yil 17 dekabrdagi 05/10613-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif energetika sohasida lisenziyalash tartib-taomillarini tartibga solishning huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan vakolatli organlar tomonidan lisenziyalash tartibi, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishi amaliyotini o‘rganish, uning tahlilini amalga oshirish hamda doimiy monitoringni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025 yil 17 dekabrdagi 05/10613-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif lisenziyalash tartib-taomillariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Lisenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yuborilishi hamda bunda yig‘im undirilmasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasi ettinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025 yil 17 dekabrdagi 05/10613-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif tadbirkorlik subektlari uchun ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va moliyaviy yukni kamaytirishga xizmat qilgan;
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari, shuningdek davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarning amalga oshirilishi haqidagi ma’lumotlarni tavsiya etishi, shu bilan birga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyati haqida ma’lumot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi ekanligi to‘g‘risidagi takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2022 yil 22 dekabrdagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi va 7-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi Mahalliy hokimiyatning vakolatli va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2025 yil 2 dekabrdagi 08-08/724-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish tizimini shakllantirish hamda fuqarolar va tadbirkorlarning davlat organlaridan ishonchli ma’lumot olish huquqini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish