Qorabaev Sherzod Ahmadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga ip bo‘ylab buramlar taqsimlanishining ta’siri», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T784.
Ilmiy rahbar: Matismailov Saypila Lolashbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30.05.2018.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmomexanik yigirish mashinasi ipida buramlarning bir tekis taqsimlanishini ta’minlash asosida mahsulot raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ip shakllanishi jarayonida uning uzunligi bo‘yicha buramlar tekis taqsimlanishining ta’minlanishini hisobga olgan holda pnevmomexanik yigirish mashinasi uchun yangi buram saqlagich moslamasi konstruksiyasi  ishlab chiqilgan;
buram saqlagich bilan ip yigirish jarayonida birlik uzunlikdagi buramlar soni, ipning chiqish qiyaligi burchagining o‘zaro bog‘lanishini hisobga olgan holda ip tarangligini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
pnevmomexanik yigirish mashinasi separatorining voronkasi sirti bo‘ylab ipning harakat traektoriyasidan kelib chiqib, buram saqlagichning o‘yiqli va tekis yuzali profili ishlab chiqilgan;
yigirish jarayonini ip buramini bir tekisda taqsimlovchi buram saqlagich moslamasidagi ipning harakat yo‘nalishini hisobga olgan holda tahlil qilish usuli ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli eksperiment natijalaridan kelib chiqib, pnevmomexanik yigirish mashinalarida diskret barabancha va kamera tezliklarining ipdagi buramlar tekis taqsimlanishini ta’minlovchi ratsional qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishda ip bo‘ylab buramlar taqsimlanishining ta’sirini o‘rganish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ipga berilayotgan buramlarning bir tekis taqsimlanishini ta’minlash texnologiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga qarashli Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «FT TEXTILE GROUP» MChJ to‘qimachilik korxonasida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 11 dekabrdagi 04/18-5001-son ma’lumotnomasi). Natijada ipning notekisligini kamaytirish hisobiga uning nisbiy uzish kuchi 9% ga oshgan;
yangi intensifikator va ipni tortib olish qurilmasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga qarashli  Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «FT TEXTILE GROUP» MChJ to‘qimachilik korxonasida  joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 11 dekabrdagi 04/18-5001-son ma’lumotnomasi). Natijada ipning nisbiy uzilish kuchi bo‘yicha variatsiya koeffisienti 16% gacha hamda buramlar soni bo‘yicha variatsiya koeffisienti 20% gacha kamaygani hisobiga mahsulot sifati va raqobatbardoshligi oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish