Botirova Sevara Mamurovnaning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Germenevtik tafakkurda nutq va muloqot odobi shakllanishining falsafiy jihatlari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Fal377
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xusanov Baxodir Ergashevich falsafa fanlari doktori(DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Maxamadixon Isroilovich, falsafa fanlari doktori (DSc),  professor,  G‘aniev Baxodirjon Sadiqjanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor, Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi germenevtik tafakkur asosida nutq va muloqot odobining shakllanish jarayonini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilish, uning konseptual asoslari va rivojlanish omillarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
germenevtik tafakkurning falsafiy mohiyati ijtimoiy borliq, tarixiy ong va ma’naviy hayot kategoriyalari asosida tahlil qilinib, uning shakllanish bosqichlari, tafakkur evolyusiyasi hamda ijtimoiy taraqqiyot jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligi konseptual jihatdan ochib berilgan;
til va tafakkurning o‘zaro aloqadorligi ijtimoiy kommunikatsiya, axborot almashinuvi, ijtimoiy munosabatlar, jamoaviy ong va ijtimoiy xotirani shakllantiruvchi intellektual mexanizm sifatida ochib berilgan hamda ularning shaxs va jamiyat o‘rtasidagi kommunikativ bog‘liqlikni ta’minlashdagi ahamiyati aniqlangan;
tushunish va ijtimoiy ong o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ijtimoiy determinizm, tarixiylik hamda madaniy muhit omillari asosida tahlil qilinib, tushunish jarayoni ijtimoiy borliqni idrok etish va ma’naviy qadriyatlarni anglashning muhim mexanizmi sifatida talqin etilib, germenevtik tafakkurning ijtimoiy ong shakllanishidagi funksional mohiyati asoslangan;
nutq madaniyati va muloqot odobi jamiyatda axloqiy me’yorlar, bag‘rikenglik, o‘zaro ishonch, ijtimoiy hamjihatlik, madaniy ong va ma’naviy barqarorlikni ta’minlovchi muhim ijtimoiy-kommunikativ qadriyat sifatida ochib berilib, uning shaxs ma’naviy kamolotiga ta’siri dalillangan;
germenevtik yondashuv ta’lim, ma’naviyat va milliy madaniyat tizimida shaxsning ijtimoiylashuvi, milliy o‘zlikni anglashi, ma’naviy merosni zamonaviy ijtimoiy voqelik nuqtayi nazaridan qayta talqin qilishi va jamiyatda sog‘lom muloqot muhitini shakllantirishning samarali nazariy-metodologik asosi ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Germenevtik tafakkurda nutq va muloqot odobi shakllanishining falsafiy jihatlari asosida ilgari surilgan ilmiy yangiliklardan:
germenevtik tafakkurning falsafiy mohiyati ijtimoiy borliq, tarixiy ong va ma’naviy hayot kategoriyalari asosida tahlil qilinib, uning shakllanish bosqichlari, tafakkur evolyusiyasi hamda ijtimoiy taraqqiyot jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligi nazariy-konseptual jihatdan ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Namangan davlat chet tillari institutida 2023-2026-yillarda bajarilgan “ERASMUS+ mobility project “Project n. 2023-1PL01-KA171-HED-000142874 between University of applied Sciences in Nysa and Namangan State Institute of Foreign LanguaGES” loyihasining materiallarini ishlab chiqishda qisman foydalanilgan. (Namangan davlat chet tillari institutining 2026-yil 11-apreldagi KA171-PI NYSA/NamSIFL-0013-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ishlab chiqilgan nazariy model ijtimoiy tafakkur, madaniyat va muloqot o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni tahlil etishda samarali ilmiy-uslubiy asos sifatida qo‘llanildi;
til va tafakkurning o‘zaro aloqadorligi ijtimoiy kommunikatsiya, axborot almashinuvi, ijtimoiy munosabatlar, jamoaviy ong va ijtimoiy xotirani shakllantiruvchi ma’naviy-intellektual mexanizm sifatida ochib berilgan hamda ularning shaxs va jamiyat o‘rtasidagi kommunikativ bog‘liqlikni ta’minlashdagi ahamiyati aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil uchun chora tadbirlar dasturining II yo‘nalishi, 10-bandida, ya’ni ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini o‘rganish va sog‘lomlashtirish jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy qilish vazifalarini amalga oshirishda (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2026-yil 12-maydagi 10/344-son ma’lumotnomasi) va yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar muammolarini hududlar kesimida tizimli o‘rganish, ularni aniqlash va hal etish mexanizmlarini takomillashtirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga keng jalb etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlat Ittifoqi Markzaiy kengashining 2026-yil 5-iyundagi 04-13/465-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ishlab chiqilgan nazariy va amaliy tavsiyalar ijtimoiy madaniyatni rivojlantirish, milliy qadriyatlarga asoslangan kommunikativ muhitni shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirishda samarali ilmiy-uslubiy asos sifatida o‘z tasdig‘ini topdi;
tushunish jarayoni ijtimoiy tajriba, madaniy an’ana, ma’naviy muhit, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar va intersubektiv muloqot ta’sirida shakllanadigan murakkab ijtimoiy ong hodisasi sifatida falsafiy jihatdan asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2026-yil 6-maydagi  15-33/322-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmunida nutq va muloqot odobining madaniy an’analar, ma’naviy muhit va qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq jihatlari ilmiy asosda yoritilib, tomoshabinlarda tarixiy voqelikni anglash va baholashga doir falsafiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qilgan;
nutq madaniyati va muloqot odobi jamiyatda axloqiy me’yorlar, bag‘rikenglik, o‘zaro ishonch, ijtimoiy hamjihatlik, madaniy ong va ma’naviy barqarorlikni ta’minlovchi muhim ijtimoiy-kommunikativ qadriyat sifatida ochib berilgan hamda uning shaxs ma’naviy kamolotiga ta’siri dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalar oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan Kasbiy ma’naviyat nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1091-1769-8eba-c59e-f2d7-5009-1672-son ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy faoliyatga doir matn va tushunchalarni chuqur anglash, ularga nisbatan mustaqil va tanqidiy munosabat bildirish, o‘z fikrini mantiqiy, izchil hamda asosli ifodalash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik asoslar mustahkamlandi;
germenevtik yondashuv ta’lim, ma’naviyat va milliy madaniyat tizimida shaxsning ijtimoiylashuvi, milliy o‘zlikni anglashi, ma’naviy merosni zamonaviy ijtimoiy voqelik nuqtayi nazaridan qayta talqin qilishi va jamiyatda sog‘lom muloqot muhitini shakllantirishning samarali nazariy-metodologik asosi ekanligi isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturining “VII. Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bandida” ko‘rsatilgan bir qator vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2026-yil 30-apreldagi 1-205-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda sog‘lom muloqot madaniyati, milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy merosni zamonaviy talablar asosida talqin etishga oid nazariy-metodologik yondashuvlardan foydalanish imkoniyati kengaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish