Parpieva Moxiraxon Inom qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): XX asr Amerika va o‘zbek nasrida qahramon: ruhiyat, xarakter (Ernest Heminguey va Odil Yoqubov hikoyalari asosida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fil7189.
Ilmiy rahbar: Oripova Gulnozaxon Murodilovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2026.10.06.Fil.10.09.
Rasmiy opponentlar: Hamroqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; To‘raeva Bahor Bahriddinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr Amerika va o‘zbek hikoyachiligida qahramon, uning ruhiy dunyosi, xarakter yaratishda yozuvchiga xos individual uslubni E.Heminguey va O.Yoqubov ijodi asosida qiyosiy-tipologik jihatdan aniqlash hamda asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr Amerika va o‘zbek hikoyachiligida qahramon talqini negizida Ernest Hemingueyning “engilmas, irodali shaxs” hamda Odil Yoqubovning “ma’naviy matonatli shaxs” konsepsiyalarini birlashtiruvchi insonni mag‘lub etib bo‘lmaslik g‘oyasi tipologik yaqinlik sifatida hamda antroposentrik yondashuv asosida ikki xalq yozuvchisi nasrida individual-antropologik va ijtimoiy-etnik xarakterga xos farqli jihatlarini qiyoslash orqali aniqlangan;
qahramon ruhiyati tasviridagi portret, peyzaj va dialogning g‘oyaviy-estetik vazifasi E.Heminguey ijodida “aysberg tamoyili”ga xos matn osti qatlamiga ko‘chirilgan sukut, ichki iztirob va tushkunlik asosida shaxsning yolg‘izligi va irodasini ko‘rsatishi, O.Yoqubov asarlarida esa “ichki dramatizm” usuli orqali milliy andisha, vijdon azobi va ruhiy tug‘yonning shaxs ma’naviy matonati va insoniy qadr-qimmatini ochib berishi dalillangan;
ikki adib ijodida davr ruhi orqali milliy fojianing umuminsoniy fojia bilan sintezlashuvi lokal xronotopda kechgan badiiy voqelikning urush va inson, urush va ayol kabi global miqyosdagi mushtarakligi hamda insoniyat sivilizatsiyasining inqirozi bilan bog‘liq g‘oyaviy-konseptual farqlari E.Hemingueyning “yo‘qotilgan avlod” hamda O.Yoqubovning “iztirobdagi avlod” qahramonlari qiyosi vositasida asoslangan;
Ernest Heminguey va Odil Yoqubov yaratgan xarakterlar talqinida badiiy detalning tasviriy, portret, peyzaj, ramziy, etnomadaniy turlari asosida qahramonning g‘arbona va sharqona ma’naviy qiyofasi yaxlitlangan, ruhiyat tasvirida esa sukut, nigoh bilan bog‘liq jihatlarning Amerika nasrida shaxs matonati, chorasizligi, o‘zbek hikoyalarida andisha, vijdon azobi kabi individual, isyoni va iztirobi ifodasidagi tipologik, ruhiy olamidagi murakkab evrilishlarning psixologik funksiyalari qiyosiy-tipologik aspektda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr Amerika va o‘zbek nasrida qahramon: ruhiyat, xarakter tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ernest Heminguey va Odil Yoqubov yaratgan xarakterlar talqinida badiiy detalning tasviriy, portret, peyzaj, ramziy, etnomadaniy turlari asosida qahramonning g‘arbona va sharqona ma’naviy qiyofasi yaxlitlangan, ruhiyat tasvirida esa sukut, nigoh bilan bog‘liq jihatlarning amerika nasrida shaxs matonati, chorasizligi, o‘zbek hikoyalarida andisha, vijdon azobi kabi individual, isyoni va iztirobi ifodasidagi tipologik, ruhiy olamidagi murakkab evrilishlarning psixologik funksiyalari qiyosiy-tipologik aspektda ochib berilganligi haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2023-yillarda bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 5-fevraldagi 04/1-605-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallarini ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
XX asr Amerika va o‘zbek hikoyachiligida qahramon talqini negizida Ernest Hemingueyning “engilmas, irodali shaxs” hamda Odil Yoqubovning “ma’naviy matonatli shaxs” konsepsiyalarini birlashtiruvchi insonni mag‘lub etib bo‘lmaslik g‘oyasi tipologik yaqinlik sifatida hamda antroposentrik yondashuv asosida ikki xalq yozuvchisi nasrida individual-antropologik va ijtimoiy-etnik xarakterga xos farqli jihatlarini qiyoslash orqali aniqlanganligi to‘g‘risidagi dissertatsiya natijalari va materiallaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 11-fevraldagi 04/1-797-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma badiiy antropologiyaga xos yozuvchi konsepsiyasi bilan bog‘liq ma’lumotlar asosida boyitilgan;
ikki adib ijodida davr ruhi orqali milliy fojianing umuminsoniy fojia bilan sintezlashuvi lokal xronotopda kechgan badiiy voqelikning urush va inson, urush va ayol kabi global miqyosdagi mushtarakligi hamda insoniyat sivilizatsiyasining inqirozi bilan bog‘liq g‘oyaviy-konseptual farqlari E.Hemingueyning “yo‘qotilgan avlod” hamda O.Yoqubovning “iztirobdagi avlod” qahramonlari qiyosi vositasida asoslanganligi haqidagi dissertatsiya natijalaridan “Xayrli kun”, “Durdona”, “Yoshlar vaqti” ko‘rsatuvlari hamda “Maʼnaviyat”, “Ziyo maskanlarida” nomli radioeshittirishlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 9-fevraldagi 01-12/17-son ma’lumotnomasi). Natijada teleradiokompaniya ko‘rsatuvlari va eshittirishlari ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan.