Shovkatov Shokir Shovkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abul Yusr Pazdaviyni “Usul” asaridagi ma’naviy-axloqiy masalalarning falsafiy jihatlari”, 09.00.07 – Ma’naviyat tarixi va nazariyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fal1636.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.21/2025.27.12.F.01.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Shavkat Nishonovich – falsafa fanlari doktori, professor; To‘raev Baxtiyor Omanovich – falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Abul Yusr Pazdaviyni “Usul” asarida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy masalalarning falsafiy jihatlarini asoslash va bugungi kundagi ilmiy-amaliy ahamiyatini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Abul Yusr Pazdaviy Movarounnahrda moturidiylik ta’limoti g‘oyalarining izchil davomchisi ekanligi va uning “Usul” asari kalom ilmi rivojlanishida substansional ahamiyat kasb etganligi mantiqiy dalillangan;
“Usul” asarida ma’naviy-axloqiy masalalarni ma’lum mavzular yuzasidan tartiblash, mavzuga doir masala va uning dalilini keltirib o‘tish, bir mavzu yuzasidan yakuniy xulosalar chiqarish, masalaning mohiyatini boshqa muxolif tomon qarashlari bilan muqoyasa tarzida ochib berish uslubi bugungi kunga qadar sohaga oid asarlar yozilishida ilmiy-nazariy manba bo’lganligi isbotlangan;
“Usul” asarining tarkibi o‘zida kalom ilmiga doir ilohiyot, g‘aybiyot, kavniyot, sam’iyyot kabi asosiy masalalarni qamrab olish bilan bir qatorda falsafiy ta’limotning ontologik va gnoseologik kategoriyalarini ham o’z maromida qo’llay olganligi aniqlangan;
Abul Yusr Pazdaviyning “Usul” asari o‘z davridagi ma’naviy-axloqiy, falsafiy-irfoniy, ijtimoiy-siyosiy masalalarga echim berishda sodda tilda va engil uslubda bo‘lgani bois, keng jamoatchilikka xalqchil usulda tarqalishiga zamin yaratganligi falsafiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
Abul Yusr Pazdaviyning Movarounnahrda moturidiylik ta’limoti g‘oyalarining izchil davomchisi ekanligi hamda uning “Usul” asarining kalom ilmi rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyatiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida foydalanildi. Jumladan, “Sadrul islom Abul Yusr Pazdaviyning ilmiy merosi” mavzusidagi ilmiy va innovatsion medialoyiha doirasida alloma hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan ekspozisiyalar yaratish, “Pazdaviylar sulolasining ilmiy merosi” mavzusida tadqiqot materiallari tayyorlash, qo‘lyozma va toshbosma manbalar bazasini shakllantirish, shuningdek, ilmiy-ma’rifiy risolalar hamda kitob-albomlar mazmunini boyitishda foydalanildi (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2026-yil 30-iyundagi №04-13/298-son ma’lumotnomasi). Natijada, Pazdaviylar ilmiy merosini targ‘ib etish va keng jamoatchilikka yetkazishning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirildi;
Tadqiqotda asoslab berilgan adolat, halollik, bag‘rikenglik, mas’uliyat va insonparvarlik tamoyillarining falsafiy mohiyatiga oid ilmiy xulosalardan “Milliy tiklanish” gazetasining ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-falsafiy yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirishda foydalanildi. Xususan, “Ma’naviyat”, “Milliy qadriyatlar”, “Ajdodlar merosi” va “Yoshlar va jamiyat” ruknlarida e’lon qilinadigan maqola hamda tahliliy materiallar mazmunini boyitish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yoshlar mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga qaratilgan materiallarni tayyorlashda muhim ilmiy-amaliy manba bo‘lib xizmat qildi (“Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2026-yil 17-iyundagi №17/06-son ma’lumotnomasi). Natijada, gazetaning ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-falsafiy yo‘nalishdagi materiallarining ilmiy-metodik asoslari takomillashtirildi, ularning tarbiyaviy va ma’rifiy samaradorligi oshirildi;
Abul Yusr Pazdaviyning “Usul” asarida ma’naviy-axloqiy masalalarni mavzular kesimida tartiblash, dalillar asosida yoritish, qiyosiy tahlil qilish va yakuniy xulosalar chiqarish uslubi ilmiy-nazariy manba sifatida tadqiq etildi. Mazkur natijalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda hamda “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli ensiklopedik kitob mazmunini boyitishda foydalanildi (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2026-yil 16-iyundagi №02/257-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharq mutafakkirlari merosini zamonaviy talqin etish va targ‘ib qilishning ilmiy asoslari mustahkamlandi.
Abul Yusr Pazdaviyning “Usul” asarida ilgari surilgan aqidaviy, ma’naviy-axloqiy va falsafiy qarashlarning mazmun-mohiyati hamda allomaning moturidiylik ta’limoti rivojidagi o‘rniga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tamaddun darg‘alari” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston MTRK “Ma’rifat” ijodiy birlashmasining 2026-yil 14-yanvardagi №01-33/34-son ma’lumotnomasi).
Natijada, keng jamoatchilikka Abul Yusr Pazdaviyning hayoti va ilmiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, allomaning “Usul” asarining o‘rni, Abul Yusr Pazdaviy Movarounnahrda moturidiylik ta’limoti g‘oyalarining izchil davomchisi ekanligi va uning “Usul” asari kalom ilmi rivojlanishida substansional ahamiyat kasb etganligi, “Usul” asarining tarkibi o‘zida kalom ilmiga doir ilohiyot, g‘aybiyot, kavniyot, sam’iyyot kabi asosiy masalalarni qamrab olish bilan birga falsafiy ta’limotning ontologik va gnoseologik kategoriyalarini ham o’z maromida qo’llay olganligi, mazkur asar o‘z davridagi ma’naviy-axloqiy, falsafiy-irfoniy, ijtimoiy-siyosiy masalalarga echim berishda sodda tilda va engil uslubda bo‘lgani bois, keng jamoatchilikka xalqchil usulda tarqalishiga zamin yaratganligi falsafiy asoslanganligi etkazildi.