Babayarova Shahnoza Shuxratovnaning 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro xonligida Abdullaxon II inshootlarining ijtimoiy va madaniy ahamiyati”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligida
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tar2391
Ilmiy rahbar: Kandaxarov Anvarjon Xasanovich - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Shadmon Axmadovich - tarix fanlari doktori, professor; G‘afurov Abdurauf Fozilovich - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.    
II. Tadqiqotning maqsadi. Buxoro xonligida Abdullaxon II davrida bunyod etilgan me’moriy inshootlarning qurilish siyosati, ularning shaharsozlik tizimidagi o‘rni, ijtimoiy, madaniy va diniy funksiyalari hamda davlat va jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XVI asrga oid mahalliy yozma manbalar, vaqf hujjatlari hamda xorijiy sayyohlar ma’lumotlarini kompleks qiyosiy tahlil qilish asosida Abdullaxon II davrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari markazlashgan davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lgani hamda me’moriy qurilishlar siyosiy barqarorlikni mustahkamlash va xonlik hududlarini iqtisodiy jihatdan integratsiyalash,  siyosiy barqarorlikni ta’minlash, diniy legitimlikni kuchaytirish va iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirishning muhim vositasi bo‘lganligi ilmiy asoslandi. 
Abdullaxon II davridagi yirik qurilish ishlari natijasida me’morlik, g‘ishtkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlarining rivojlanishi, irrigatsiya va yo‘l infratuzilmasining takomillashuvi esa dehqonchilik, ichki bozor va xalqaro savdo hajmining kengayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgani hamda buning natijasida aholi turmush darajasi va shahar iqtisodiyoti yuksalgani, masjid va madrasalar faoliyati vaqf tizimi orqali moddiy jihatdan ta’minlangani, mudarris va talabalar uchun ijtimoiy himoya mexanizmlari (davolanish, yashash va ta’lim xarajatlari) yo‘lga qo‘yilgani aniqlangan. 
Jo‘ybor xojalari hamda Abdullaxon II o‘rtasidagi hamkorlik bunyodkorlik siyosatining muhim omillaridan biri bo‘lgani, bu davrda Buxoro shahrining xonlikning bosh bunyodkorlik markaziga aylangani, Chorbakr, Bahouddin Naqshband majmuasi, tim va toqlar, karvonsaroylar, sardobalar hamda magistral karvon yo‘llari bo‘ylab barpo etilgan inshootlar ichki va tashqi savdo aloqalari kengaytirgani, shaharlararo iqtisodiy integratsiyani kuchaytirgani hamda Buxoroning Markaziy Osiyodagi siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlagani isbotlandi. 
Abdullaxon II davridagi ulkan qurilish ishlari hunarmand ustalarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirganligi, musulmon me’morchiligi madaniyatini takomillashtirishni, o‘z navbatida, xonlikda bozor va karvonsaroylarning ko‘paygani sabab savdo hajmi oshib, hunarmandchilikning rivojlanishi, bu hol aholi turmush darajasini ko‘tarishga xizmat qilganligi va Buxoroning xalqaro maydondagi nufuzini oshirib, xalqaro aloqalarning jonlanishida ham asosiy omillardan biri bo‘lganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro xonligida Abdullaxon II davri inshootlarining ijtimoiy va madaniy ahamiyatini tahlil qilish natijasida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
XVI asrga oid mahalliy yozma manbalar, vaqf hujjatlari hamda xorijiy sayyohlar ma’lumotlarini kompleks qiyosiy tahlil qilish asosida Abdullaxon II davrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari markazlashgan davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lgani hamda me’moriy qurilishlar siyosiy barqarorlikni mustahkamlash va xonlik hududlarini iqtisodiy jihatdan integratsiyalash,  siyosiy barqarorlikni ta’minlash, diniy legitimlikni kuchaytirish va iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirishning muhim vositasi bo‘lganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi dasturlarini bajarishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 3-iyuldagi 2-13-21-3675-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy-madaniy merosga hurmat va uni asrab-avaylash madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan.
Abdullaxon II davridagi yirik qurilish ishlari natijasida me’morlik, g‘ishtkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlarining rivojlanishi, irrigatsiya va yo‘l infratuzilmasining takomillashuvi esa dehqonchilik, ichki bozor va xalqaro savdo hajmining kengayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgani hamda buning natijasida aholi turmush darajasi va shahar iqtisodiyoti yuksalgani, masjid va madrasalar faoliyati vaqf tizimi orqali moddiy jihatdan ta’minlangani, mudarris va talabalar uchun ijtimoiy himoya mexanizmlari (davolanish, yashash va ta’lim xarajatlari) yo‘lga qo‘yilgani borasidagi ma’lumotlardan Turizm qo‘mitasining ma’lum dasturlari va yo‘l xaritalarini bajarishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-iyuldagi 03-10-17-6445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar Buxoro shahrining tarixiy-madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, xorijiy sayyohlar oqimini oshirish va hududning turizm jozibadorligini yuksaltirishga xizmat qilgan.
Jo‘ybor xojalari hamda Abdullaxon II o‘rtasidagi hamkorlik bunyodkorlik siyosatining muhim omillaridan biri bo‘lgani, bu davrda Buxoro shahrining xonlikning bosh bunyodkorlik markaziga aylangani, Chorbakr, Bahouddin Naqshband majmuasi, tim va toqlar, karvonsaroylar, sardobalar hamda magistral karvon yo‘llari bo‘ylab barpo etilgan inshootlar ichki va tashqi savdo aloqalari kengaytirgani, shaharlararo iqtisodiy integratsiyani kuchaytirgani hamda Buxoroning Markaziy Osiyodagi siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlagani haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda samarali foydalanildi (O‘zbekiston tarixi telekanalining 2025-yil 25-avgustdagi 01-33/641-sonli ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar teletomoshabinlarda XVI asrdagi bunyodkorlik ishlariga doir bilimlarini rivojlanishiga xizmat qilgan. 
Abdullaxon II davridagi ulkan qurilish ishlari hunarmand ustalarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirganligi, musulmon me’morchiligi madaniyatini takomillashtirishni, o‘z navbatida, xonlikda bozor va karvonsaroylarning ko‘paygani sabab savdo hajmi oshib, hunarmandchilikning rivojlanishi, bu hol aholi turmush darajasini ko‘tarishga xizmat qilganligi va Buxoroning xalqaro maydondagi nufuzini oshirib, xalqaro aloqalarning jonlanishida ham asosiy omillardan biri bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi telekanalida efirga uzatilgan “Ekspedisiya” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston tarixi telekanalining 2025-yil 25-avgustdagi 01-33/641-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriylantirilishi teletomoshabinlarni O‘zbekiston moddiy madaniyati tarixi haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish