Ubaydullaev Abror Qutpilla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Islom huquqida moliya institutining shakllanishi va rivojlanishi: tarixiy-huquqiy tadqiqot”, 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Yu1891.
Ilmiy rahbar: Raxmanov Abdumuxtor Rejjabbaevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.02
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Tulteev Ilyas Tavasovich; yuridik fanlar nomzodi, dotsent Xakimov G‘ulom Turg‘unpo‘latovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi islom huquqida moliya institutining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini kompleks tadqiq etish orqali O‘zbekistonda islom moliya huquqining nazariy asoslarini mustahkamlash va huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bank-moliya qonunchiligida investisiyaviy omonatlar sifatida foydani bo‘lishish sharti bilan jalb etilgan pul mablag‘larini omonat (depozit)ning klassik ta’rifidan istisno etish lozimligi hamda an’anaviy bank omonatiga qo‘yiladigan huquqiy talablar islom moliyasi operatsiyalariga tatbiq etilmasligi asoslangan;
islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga bevosita savdo faoliyati bilan shug‘ullanish hamda yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ulushlarini (aksiyalarini) sotib olishga oid cheklovlarni tatbiq etmaslik zarurligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining vakolatlari qatoriga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyalarni berish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olishga doir eksklyuziv huquqlarni kiritish hamda uning ushbu sektordagi maqomi va huquqiy vakolatlarini belgilash zarurligi asoslangan;
fuqarolik qonunchiligida bank omonati shartnomasining huquqiy ta’rifini islom moliyasi tamoyillari bilan muvofiqlashtirish hamda omonat bo‘yicha daromad olishning foizlardan tashqari shakllarini nazarda tutuvchi qoida bilan takomillashtirish zarurligi asoslangan;
bank omonatlariga to‘lanadigan daromadlarni nafaqat foizlar, balki boshqa daromad va foizsiz omonat mexanizmlari bilan amalga oshirilishi mumkinligini fuqarolik qonunchiligida belgilash zarurligi asoslangan;
islom moliya huquqining o‘ziga xos tamoyillari, sherikchilikka asoslangan bitimlar va investision shartnomalarning konseptual-huquqiy tabiati tizimlashtirilgan hamda ularning qiyosiy-huquqiy tahlili oliy yuridik ta’lim tizimida nazariy bilimlarni shakllantirishning ilmiy asosi sifatida xizmat qilishi asoslab berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda qo‘llanilgan:
bank-moliya qonunchiligida investisiyaviy omonatlar sifatida foydani bo‘lishish sharti bilan jalb etilgan pul mablag‘larini omonat (depozit) ta’rifidan istisno etishga oid taklifi 2026-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1126-son Qonuni 3-moddasi 4-bandi (“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 20-maydagi №3/dn-74-sonli maʻlumotnomasi). Mazkur taklif islom moliyasi operatsiyalari asosida jalb etilgan investisiyaviy omonatlarga bank an’anaviy omonatiga qo‘yiladigan talablar tatbiq etilmasligiga xizmat qilgan;
bevosita savdo faoliyatini amalga oshirishga hamda yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ulushlarini (aksiyalarni) olishga oid cheklovlarning islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga nisbatan tatbiq etilmasligiga oid taklifi 2026-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1126-son Qonuni 3-moddasi 5-bandi (“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi o‘ninchi qismi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 20-maydagi №3/dn-74-sonli maʻlumotnomasi). Ushbu taklif islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi moliyaviy tashkilotlarda islom moliyasi qoida va tamoyillari asosida faoliyat yuritishni ta’minlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining vakolatlari qatoriga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyalarni berish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishni kiritishga oid taklifdan 2026-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1126-sonli Qonuni 1-moddasi 1-bandi (“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasi o‘n ikkinchi xatboshisi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 20-maydagi №3/dn-74-sonli maʻlumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining islomiy bank faoliyatini tashkil etishdagi maqomi va vakolatlari mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
bank omonati shartnomasi ta’rifiga omonat summasini foizlar, shuningdek, boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz qaytarish imkoniyatini nazarda tutuvchi qoidani kiritishga oid taklifi 2026-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1126-sonli Qonuni 2-moddasi 2-bandi (Fuqarolik kodeksining 759-moddasi birinchi qismi)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 20-maydagi №3/dn-74-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif bank omonati shartnomasida omonatni foizlar bilan yoki ularsiz qaytarish imkoniyatini huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qilgan;
omonatga to‘lanadigan daromadlar tarkibiga foizlar bilan bir qatorda boshqa daromadlarni ham kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 763-moddasi nomini “Omonatga toʿlanadigan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar” deb o‘zgartirishga oid taklifi 2026-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1126-sonli Qonuni 2-moddasi 4-bandi (Fuqarolik kodeksining 763-moddasi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshisi)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 20-maydagi №3/dn-74-sonli maʻlumotnomasi). Ushbu taklif omonatga oid munosabatlarni nafaqat foizli bank modeli bilan amalga oshirish, balki islomiy moliya tamoyillariga asoslangan foizsiz omonat mexanizmlarini huquqiy jihatdan tan olish va qo‘llash imkoniyatini ta’minlashga xizmat qilgan;
islom moliyasining huquqiy tabiatini tavsiflashga oid ilmiy natijalardan Toshkent davlat yuridik universitetida “Islom moliya huquqi” o‘quv modulining fan dasturini shakllantirishda, jumladan, uning islom moliya huquqi tamoyillari, sherikchilik va investision shartnomalar hamda qiyosiy-huquqiy tahlilga oid qismlarini shakllantirishda foydalanilgan (Toshkent davlat yuridik universitetining 2025-yil 4-avgustdagi dalolatnomasi). Mazkur natijalarning tatbiq etilishi talabalarda soha bo‘yicha tizimli nazariy-huquqiy bilimlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida islomiy bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.