Egamova Mahfurat Esanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari kapitalini transformatsiya qilish uslubiyati va amaliyotini takomillashtirish” 08.00.07 – “Moliya, pul muomilasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1085
Ilmiy maslahatchi: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiyalari institut huzuridagi  DSc.03/2026.31.01.1.42.02 raqamli
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori., prof. Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori., prof.  Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori., prof.  Sultonmurodov Bobur.
Yetakchi tashkilot:  Toshkent Xalqaro Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari kapitalini transformatsiya qilish uslubiyati va amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ulushi mavjud tijorat banklari kredit portfeli tarkibida muddati o‘tgan kreditlarning yuqori chegaraviy darajasini 3,0 foizdan oshirmaslik orqali banklarning tavakkalchilik hisobga olingan holdagi aktivlari sifatini oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
tijorat banklarining balansdan tashqari yuqori riskli aktivlar tarkibida majburiyatlarni qisqartirish hisobiga I darajali kapitalning etarlilik darajasini oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
tijorat banklari kapitali transformatsiyasi jarayonida davlat ulushini bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga sotish orqali bank aksiyalari bozor bahosini 5 baravargacha oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida bevosita davlatga tegishli bo‘lgan aktivlar ulushini bosqichma-bosqich 30 foizgacha transformatsiya qilish orqali bankning erkin raqobat muhiti va xususiy sektorga taklif etadigan xizmatlar hajmini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
majburiyatlarining asosiy qismini davlat mablag‘lari hisobidan shakllantirib kelayotgan tijorat banklarida ushbu manba ulushini 35 foizgacha pasaytirish orqali davlat oldidagi majburiyatlarni kamaytirish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tijorat banklari kapitali transformatsiyasining uslubiyati va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat ulushi mavjud tijorat banklari kredit portfeli tarkibida muddati o‘tgan kreditlarning yuqori chegaraviy darajasini 3,0 foizdan oshirmaslik orqali banklarning tavakkalchilik hisobga olingan holdagi aktivlari sifatini oshirish taklifi AT “Aloqabank” kredit bo‘limi tomonidan va ATB “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan amaliyotga joriy etish qabul qilingan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 7 fevraldagi 29-04/513-sonli ma’lumotnomasi, ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2026 yil 12 maydagi № 01-02/14958 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AT “Aloqabank”ning riskka tortilgan aktivlari tarkibida 200 foizlik riskka tortilgan aktivlar 2023 yil 31 dekabr holatiga 1,4 trillion so‘mni tashkil etib, 2022 yil hisobot davriga (2,9 trillion so‘m) nisbatan 2 barobarga kamayib, riskli aktivlarning sifati oshishiga erishilgan. Ushbu taklifning amaliyotiga joriy etilishi natijasida ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning kredit portfelida muddati o‘tgan kreditlar (NPL) darajasi 2024 yil yakuniga kelib 2,82 foizni tashkil etib, belgilangan 3,0 foizlik chegaradan past darajada saqlanishiga erishildi;
tijorat banklarining balansdan tashqari yuqori riskli aktivlar tarkibida majburiyatlarni qisqartirish hisobiga I darajali kapitalning etarlilik darajasini oshirish bo‘yicha taklifi AT “Aloqabank” va ATB “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan amaliyotga joriy etish qabul qilingan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 7 fevraldagi 29-04/513-sonli ma’lumotnomasi, ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2026 yil 12 maydagi № 01-02/14958 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AT “Aloqabank” bankning I darajali kapitalning etarlilik darajasi 2023 yil 31 dekabr holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 2,6 punktga ortgan. ATB “O‘zsanoatqurilishbank” amaliyotida qo‘llanilishi natijasida bankning I darajali kapitalning etarlilik darajasi 2025 yil 30 iyun holatida 11,3 foizdan AT-1 evroobligatsiyalari emissiyasidan so‘ng 2026 yil 1 yanvar holatiga 14,1 foizga, ya’ni 2,8 punktga ortdi;
tijorat banklari kapitali transformatsiyasi jarayonida davlat ulushini bankning mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga sotish orqali bank aksiyalari bozor bahosini 5 baravargacha oshirish taklifi AT “Aloqabank” va ATB “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan amaliyotga joriy etish qabul qilingan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 7 fevraldagi 29-04/513-sonli ma’lumotnomasi, ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2026 yil 12 maydagi № 01-02/14958 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AT “Aloqabank” bank aksiyalarining nominal bahosi 2023 yil 31 dekabr holatiga 15250,0 so‘mga chiqib, o‘tgan hisobot davridagi bozor bahosiga nisbatan 2,2 barobarga ortdi. ATB “O‘zsanoatqurilishbank” amaliyotida qo‘llanilishi natijasida bank aksiyalarining bozor bahosi 2025 yil yakuniga kelib 2,5 barobarga ortdi;
tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida bevosita davlatga tegishli bo‘lgan aktivlar ulushini bosqichma-bosqich 30 foizgacha transformatsiya qilish orqali bankning erkin raqobat muhiti va xususiy sektorga ko‘rsatadigan xizmatlar hajmini oshirish taklifi AT “Aloqabank” va ATB “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan amaliyotga joriy etish qabul qilingan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 7 fevraldagi 29-04/513-sonli ma’lumotnomasi, ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2026 yil 12 maydagi № 01-02/14958 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AT “Aloqabank” aktivlari tarkibida davlatga tegishli talablar hajmi 2023 yil 31 dekabr holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 10 foizga kamayishiga va xususiy sektorga ajratilayotgan kreditlar hajmini esa 15 foizga ortishiga erishilgan. ATB “O‘zsanoatqurilishbank” amaliyotida qo‘llanilishi natijasida bank aktivlari tarkibida davlatga tegishli talablar hajmi 2023-2025 yillar davomida 10 foizga kamayishiga va xususiy sektorga ajratilayotgan kreditlar hajmi esa 15 foizga ortishiga erishilgan;
majburiyatlarining asosiy qismini davlat mablag‘lari hisobidan shakllantirib kelayotgan tijorat banklarida ushbu manba ulushini 35 foizgacha pasaytirish orqali davlat oldidagi majburiyatlarni kamaytirish taklifi AT “Aloqabank” va ATB “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan amaliyotga joriy etish qabul qilingan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 7 fevraldagi 29-04/513-sonli ma’lumotnomasi, ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2026 yil 12 maydagi № 01-02/14958 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AT “Aloqabank” bank majburiyatlari tarkibida davlatga tegishli resurslar hajmi 2023 yil 31 dekabr holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 20 foizga kamaytirishga, xususiy sektordan jalb qilingan mablag‘lar ulushini esa shu davrda 25 foizga oshirishga erishilgan. ATB “O‘zsanoatqurilishbank” amaliyotida qo‘llanilishi natijasida bank majburiyatlari tarkibida davlatga tegishli resurslar hajmi 12,7 foizga kamaytirildi, xususiy sektordan jalb qilingan mablag‘lar ulushi esa 15,6 foizga oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish