Arifdjanova Yayraxon Usmonxo‘jaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarini qarz instrumentlari orqali moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4991
Ilmiy rahbar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Toshpulatov Davron Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Nosirov Jasur Tursunpo‘latovich PhD, dotsent .
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarini obligatsiyalar orqali moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining qisqa muddatli likvidliligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida REPO operatsiyalarini amalga oshirishda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bir qatorda korporativ obligatsiyalardan foydalanish taklif etilgan;
ipoteka kreditlarini bozor tamoyillari asosida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida ipoteka  obligatsiyalari muomalasini tashkil etish orqali  ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari va risklilik darajasini samarali diversifikatsiya qilish imkoniyatlari asoslangan;
obligatsiyalar bozori imkoniyatlaridan foydalangan holda tijorat banklari kapital etarlilik ko‘rsatkichini oshirishda AT1 bond (Additional Tier1 bonds), ya’ni birinchi darajali qo‘shimcha obligatsiya emissiyasidan foydalanish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining ekologik va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun barqarorlik obligatsiyalari emissiyasidan foydalanish taklifi ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarini qarz intrumentlari orqali moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish bο’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bankning qisqa muddatli likvidliligini ta’minlash uchun Markaziy bank  tijorat banklari bilan REPO operatsiyalarini amalga oshirishda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bir qatorda korporativ obligatsiyalardan foydalanish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etildi (“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 7-oktyabrdagi 01-01/24236-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning moliyaviy strategiyasida o‘z aksini topgan mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi tijorat banklarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini oshirish bilan birgalikda xorijiy va milliy valyutalar uchun belgilangan likvidlikni boshqarish me’yori ko‘rsatkichlarini boshqarish imkonini berdi;
Ipoteka kreditlarini bozor tamoyillari asosida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida ipotekani moliyalashtirishni samarali tashkil etish va diversifikatsiya qilish, ipotekaga asoslangan qimmatli qog‘ozlarni, xususan, ipoteka obligatsiyalari muomalasini tashkil etishga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning moliyaviy strategiyasida o‘z aksini topdi (“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 7-oktyabrdagi 01-01/24236-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi asosida O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi bilan hamkorlikda ipoteka obligatsiyalar muomalasini tashkil etish mexanizmi ishlab chiqildi. Natijada, ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari va risklilik darajasini samarali diversifikatsiya qilish imkoniyatlari yaratildi;
Bankning kapital etarliligi darajasini oshirish orqali kreditga bo‘lgan ehtiyojni qoplash maqsadida xalqaro amaliyotda keng tarqalgan ATI bond (Additional Tierl bonds), ya’ni birinchi darajali qo‘shimcha obligatsiya emissiyasidan foydalanishga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning moliyaviy strategiyasida o‘z aksini topgan (“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 7-oktyabrdagi 01-01/24236-son ma’lumotnomasi).  Taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2025-yilda bank 300 million AQSh dollari miqdorida gibrid qimmatli qog‘oz emissiyasi qildi va  birinchi  darajali kapital etarliligi darajasini oshirish bilan birgalikda bank qo‘shimcha 2,1 milliard AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratish va taxminan 80 million dollarlik sof foiz daromadini shakllantirish imkoniga ega bo‘ldi;
Ekologik va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish maqsadida bankning evroobligatsiyalar joylashtirish tajribasida kelib chiqqan holda barqarorlik obligatsiyasini emissiya qilishga doir taklifi amaliyotga joriy etildi (“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 7-oktyabrdagi 01-01/24236-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, bank tomonidan 2024-yilda 400 million AQSh dollari miqdorida 5 yillik muddatga va 2,25 trillion so‘mlik 3 yillik muddatga obligatsiyalari muvaffaqqiyatli joylashtirildi hamda mazkur mablag‘lar Bank mijozlarini moliyalashtirish va likvidlik ko‘rsatkishlarini yanada yahshilash uchun xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish