Narzullaev Shodiyor Eshpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes faoliyati samaradorligini oshirishda biznes inkubatorlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.15 - “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Iqt.3364.
Ilmiy rahbari: Gafurov Ubaydullo Vahabovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fotima Tulkinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor., Rashidov Raxmatullo Aʼlojonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Tadbirkorlik va biznes oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes faoliyati samaradorligini oshirishda biznes inkubatorlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “biznes-inkubator” tushunchasining iqtisodiy mazmuni innovatsion g‘oya, startap tashabbusi yoki yangi biznes-loyihani bozorda raqobatbardosh tadbirkorlik sub’ektiga transformatsiya qilish maqsadida moddiy resurslar, servis infratuzilmasi, biznes-maslahat, raqamli xizmatlar, investisiyaga chiqish imkoniyatlari va tarmoqli hamkorlik mexanizmlarini integratsiya qiluvchi tashkiliy tuzilma nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
biznes-inkubatorlardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash uslubi mazkur tizim xizmatlari ta’sirida o‘z faoliyati samaradorligini oshirish imkoniga erishgan kichik biznes sub’ektlarining miqdoriy va sifat tavsifidagi natijalari orqali baholash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak yosh tadbirkorlarni universitet sharoitida qo‘llab-quvvatlashning biznes-inkubatsiya modeli tashkiliy yordam bilan cheklanuvchi an'anaviy yondashuvdan farqli ravishda ishlab chiqarish maydonlari, akseleratsiya dasturlari, investorlar bilan aloqalar, marketing strategiyasi va raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali kichik biznesni tashkil etish va rivojlantirishning kompleks yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda biznes-inkubator startap loyihalari faoliyatining iqtisodiy natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida foyda hajmi dinamkasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes faoliyati samaradorligini oshirishda biznes-inkubatorlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:  
uslubiy yondashuvga ko‘ra “biznes-inkubator” tushunchasining iqtisodiy mazmunini innovatsion g‘oya, startap tashabbusi yoki yangi biznes-loyihani bozorda raqobatbardosh tadbirkorlik sub’ektiga transformatsiya qilish maqsadida moddiy resurslar, servis infratuzilmasi, biznes-maslahat, raqamli xizmatlar, investisiyaga chiqish imkoniyatlari va tarmoqli hamkorlik mexanizmlarini integratsiya qiluvchi tashkiliy tuzilma nuqtai-nazaridan takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Omadli biznes yaratish” (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-sonli buyrugʻiga asosan ro‘yxatga olish raqami 328-052) nomli oʻquv qoʻllanmadan foydalanilgan va nashrga tavsiya etilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda moddiy resurslar, servis infratuzilmasi, biznes-maslahat, raqamli xizmatlar, investisiyaga chiqish imkoniyatlari va tarmoqli hamkorlik mexanizmlarini integratsiya qiluvchi tashkiliy tuzilma nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan “biznes-inkubator” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
biznes-inkubatorlardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash uslubini mazkur tizim xizmatlari ta’sirida o‘z faoliyati samaradorligini oshirish imkoniga erishgan kichik biznes sub’ektlarining miqdoriy va sifat tavsifidagi natijalari orqali baholash asosida takomillashtirish taklifidan “O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovasiya markazi” hamda  “Metal casting and research” MChJ korxonasi qoshida inkubatorlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-apreldagi 01-06-30-4072-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida biznes-inkubatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ta’sirida kichik biznes sub’ektlarining faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichlaridagi ijobiy o‘zgarishlarni yanada aniqroq baholash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak yosh tadbirkorlarni universitet sharoitida qo‘llab-quvvatlashning biznes-inkubatsiya modelini tashkiliy yordam bilan cheklanuvchi an'anaviy yondashuvdan farqli ravishda ishlab chiqarish maydonlari, akseleratsiya dasturlari, investorlar bilan aloqalar, marketing strategiyasi va raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali kichik biznesni tashkil etish va rivojlantirishning kompleks yondashuvi asosida takomillashtirish taklifidan “O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovasiya markazi” hamda  “Metal casting and research” MChJ korxonasi qoshida inkubatorlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-apreldagi 01-06-30-4072-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bo‘lajak yosh tadbirkorlarni kichik biznesni tashkil etish va rivojlantirishda ishlab chiqarish maydonlari, akseleratsiya dasturlari, investorlar bilan aloqalar, marketing strategiyasi va raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali qo‘llab-quvvatlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda biznes-inkubator startap loyihalari faoliyatining iqtisodiy natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida foyda hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovasiya markazi” hamda “Metal casting and research” MChJ korxonasi qoshida inkubatorlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-apreldagi 01-06-30-4072-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda biznes-inkubator startap loyihalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda isiqboldagi iqtisodiy jarayonlarning o‘zgarish holatlarini oldindan baholash hamda foyda hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

  

Yangiliklarga obuna bo‘lish