Mansurov Saidxo‘ja Kamalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi) «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari»  08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt1932.
Ilmiy rahbari: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04  raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent Alieva Nodira Abdumalikovna. 
Yetakchi tashkilot:Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy xulosalar, amaliy  takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Menejmentning “faoliyat tahlili” funksiyasini boshqa funksiyalardan ajralgan holda amalga oshirib bo‘lmasligi, boshqaruv samaradorligiga erishish uchun “hisob”, “nazorat”, “tahlil” funksiyalarini uzviy bog‘lanishda bajarish zarurligi to‘g‘risidagi xulosa ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslandi. Ishlab chiqarish xarajatlari ustidan nazorat o‘rnatilishini moddalar bo‘yicha hisoblab, chuqur tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan echimlar boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini berdi;
To‘qimachilik korxonalarini boshqarish samaradorligini (0-1) oralig‘idagi baholash shkalasiga muvofiq, har bir samaradorlik ko‘rsatkichiga ta’sir koeffisientlarning kiritilishi natijasida «mukammal» (0,85-1,00), «yaxshi» (0,70-0,84), «qoniqarli» (0,50-0,69), «qoniqarsiz» (0,-0,49) qiymatlari orqali baholash taklifi kiritilgan;
Vertikal integratsiya strategiyasini qo‘llayotgan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida qo‘shilgan qiymat samaradorligini bir ishchiga taqsimlanishining hisoblash usuli taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalarining rivojlanishi dinamikasi ma’lumotlari asosida tuzilgan trend modellari yordamida 2030-yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Menejmentning “faoliyat tahlili” funksiyasini boshqa funksiyalardan ajralgan holda amalga oshirib bo‘lmasligi, boshqaruv samaradorligiga erishish uchun “hisob”, “nazorat”, “tahlil” funksiyalarini uzviy bog‘lanishda bajarish zarurligi to‘g‘risidagi xulosa ilmiy – nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Ishlab chiqarish xarajatlari ustidan nazorat o‘rnatilishini moddalar bo‘yicha hisoblab, chuqur tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan echimlar boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini berdi. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 3-martdagi 01/06-326-sonli ma’lumotnomasi). Yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda 2025-yilda 2024-yilga nisbatan mos ravishda “Fergana Global Textile” MChJ korxonasida sof foyda 2,4 foizga, “Real Tex” MChJ korxonada sof foyda 2,5 foizga ko‘paydi;
To‘qimachilik korxonalarini boshqarish samaradorlik indeksiga ta’sir koeffisientlarning kiritilishi natijasida «mukammal» (0,85-1,00), «yaxshi» (0,70-0,84), «qoniqarli» (0,50-0,69), «qoniqarsiz» (0,-0,50) qiymatlari orqali baholash taklifi kiritilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 3-martdagi 01/06-326 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda joriy etish natijasida, “Fergana Global Textile” MChJ, “Global Textile Infinity” MChJ va “Real Tex” MChJ korxonalarda umumiy baholash samaradorligi 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 8,1 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
Vertikal integratsiya strategiyasini qo‘llayotgan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida qo‘shilgan qiymat samaradorligini bir ishchiga taqsimlanishining hisoblash usuli taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar amaliyotida joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 3-martdagi 01/06-326-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2025-yilda 2024-yilga nisbatan “Fergana Global Textile” MChJ korxonasida bir ishchi hissasiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat samaradorligi 10,9 foizga, “Real Tex” MChJ korxonasida 13,8 foizga oshirishga erishilgan;
To‘qimachilik sanoatida turli omillar, ya’ni ip-kalava ishlab chiqarish hajmi, to‘qimachilik mahsulotlar eksport hajmi, ish o‘rinlari soni va qayta ishlash darajasi kabi omillar hisobiga ip-kalava ishlab chiqarish hajmi va eksport ko‘rsatkichlarning 2030- yilga qadar bo‘lgan prognoz parametrlari trend modeli yordamida ishlab chiqildi. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 3-martdagi 01/06-326-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda ip-kalava ishlab chiqarish hajmi 2010-yilda o‘rtacha 201 ming tonnadan 2030-yilda 1350 ming tonnaga hamda eksport hajmi 2010-yildagi o‘rtacha 619,1 million dollardan 2030-yilda 4250 million dollargacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish