Mirzaeva Nigina Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Jaloliddin Rumiy ma’naviy merosida oil ava xotin-qizlar masalasining falsafiy tahlili, 09.00.03 – Falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1107
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Cho‘lieva Vasila Erkinovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Samadov Xurshid Ulmasjonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Tursunqulova Shaxnoza Tuychievna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Jaloliddin Rumiyning ma’naviy merosida oila va xotin-qizlar masalasiga oid strategmalarni yangi manbalar asosida aniqlash va uning bugungi kundagi konstruktiv ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jaloliddin Rumiyning oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir qarashlarining aqliy, ruhiy, axloqiy tarbiya bilan bog‘liq deterministik xususiyatlari ma’naviy-axloqiy g‘oyalar integratsiyasi hamda vorisiylik tamoyili asosida ochib berilgan;
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asaridagi “nikoh”, “ro‘zg‘or”, “muhabbat”, “me’yoriy rashk”, “oilaviy juftlik” kabi tushunchalarning falsafiy-irfoniy mohiyati klassifikatsiyasi (individual, milliy, umumiy) oilaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligi isbotlangan;
mamlakatimizda oila va shaxslararo munosabatlarda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborni yangi bosqichga ko‘tarishda Jaloliddin Rumiy ma’naviy merosidagi tenglik, murosa, sadoqat, muhabbat kabi tushunchalarining mental xususiyatlari dalillangan;
Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq jarayonlar tizimida Jaloliddin Rumiy falsafasidagi gumanistik g‘oyalarning shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirishdagi ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Jaloliddin Rumiyning ma’naviy merosida oila va xotin-qizlar masalasining falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
Jaloliddin Rumiyning oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir qarashlarining aqliy, ruhiy, axloqiy tarbiya bilan bog‘liq deterministik xususiyatlari ma’naviy-axloqiy g‘oyalar integratsiyasi hamda vorisiylik tamoyiliga doir xulosa va amaliy takliflardan A-OT 2021-yil 11-sonli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 19-fevraldagi 04/11-1320-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashda, milliy madaniyatini yuksaltirishiga va milliy ongini rivojlantirishiga xizmat qilgan;
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asaridagi “nikoh”, “ro‘zg‘or”, “muhabbat”, “me’yoriy rashk”, “oilaviy juftlik” kabi tushunchalarning falsafiy-irfoniy mohiyati klassifikatsiyasi (individual, milliy, umumiy) oilaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligi isbotlanganligiga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan 2021-yilda bajarilgan PZ-202005236 - “Oila psixologiyasi fanidan multimedia mahsulotlarini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 29-fevraldagi 01-04/973-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilalarning ta’lim va tarbiyaviy salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda farovonlik darajasini mustahkamlashga xizmat qilgan;
mamlakatimizda oila va shaxslararo munosabatlarda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborni yangi bosqichga ko‘tarishda Jaloliddin Rumiy ma’naviy merosidagi tenglik, murosa, sadoqat, muhabbat kabi ijtimoiy strafikatsion tamoyillarning mental xususiyatlari dalillanganligiga doir ilmiy asoslangan xulosalar, taklif va tavsiyalardan 2022-2026-yilda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturi ijrosini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining “Oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish” nomli bandini bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 22-apreldagi 01-04/149-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jaloliddin Rumiy ma’naviy merosida oil ava xotin-qizlar masalasining falsafiy tahliliga doir ma’lumotlardan markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq jarayonlar tizimida Jaloliddin Rumiy falsafasidagi gumanistik g‘oyalarning shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirishdagi ahamiyati aniqlanganligiga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yil yanvar-fevral oylari davomida efirga uzatilgan “Ma’navyat sarchashmasi” ko‘rsatuvining navbatdagi sonlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-fevraldagi 01-07/31-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jaloliddin Rumiyning falsafiy qarashlaridagi insonparvarlik masalalari tahliliga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalar keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish