Jumanazarov Sirojiddin Salaydinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Globallashgan ta’lim sharoitida “Tarbiya” fani o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dessertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1065
Ilmiy maslaxatchi: pedagogika fanlari doktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor S.I.Xusanova; pedagogika fanlari doktori, professor N.Sh.Abdullaeva; pedagogika fanlari doktori, professor U.M.Mirsanov.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: globallashgan ta’lim sharoitida “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tarbiya” fani o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish mazmuni globallashgan ta’limning tinchlikparvarlik va bag‘rikenglik talablariga muvofiq individual kasbiy rivojlanish traektoriyalarini milliy tarbiya konsepsiyasining ma’naviy-axloqiy ustuvorliklari asosida didaktik modellashtirish orqali takomillashtirilgan;
“Tarbiya” fani o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari umuminsoniy qadriyatlar mazmunini o‘quv-tarbiya jarayoniga samarali tatbiq etishga qaratilgan metodik hamkorlik asosida raqamli resurslardan foydalanish va o‘z faoliyatini adekvat baholash ko‘nikmalarini refleksiv portfolio vositasida rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlantirishning pedagogik strategiyalari “Tarbiya” fani o‘qituvchilariga qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy jarayonni loyihalashga o‘rgatish orqali ularda vatanparvarlik, mas’uliyat, oilaviy qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini dars, suhbat, axloqiy dilemmalar va tarbiyaviy tadbirlar mazmuniga singdirish asosida takomillashtirilgan;
“Tarbiya” fani o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish modeli axborot yetkazishga yo‘naltirilgan an’anaviy pedagogik faoliyatni SEL (ijtimoiy-hissiy ta’lim) metodikalari asosida o‘quvchilarning tarbiyaviy ehtiyojlari, ma’naviy-axloqiy holati va g‘oyaviy ta’sirlarga munosabatini aniqlashga qaratilgan diagnostik-loyihaviy faoliyatga transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish samaradorligi “Tarbiya” fani o‘qituvchilarida qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy jarayonni loyihalash, tarbiyaviy diagnostika ko‘nikmalari rivojlanganligining yuqori (tarbiyaviy jarayonni mustaqil loyihalaydi va takomillashtiradi), o‘rta (mavjud metodika asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi) va quyi (tayyor ko‘rsatma va namunalarga tayanib faoliyat yuritadi) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi ko‘ra asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Globallashgan ta’lim sharoitida “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
“Tarbiya” fani o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish mazmuni globallashgan ta’limning tinchlikparvarlik va bag‘rikenglik talablariga muvofiq individual kasbiy rivojlanish traektoriyalarini milliy tarbiya konsepsiyasining ma’naviy-axloqiy ustuvorliklari asosida didaktik modellashtirish orqali takomillashtirilganligiga oid takliflaridan IL-9524115133-raqamli “Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashning 7 yillik differensial texnologiyasi” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 13-martdagi 01-09/89-son ma’lumotnomasi). Natijada, individual kasbiy rivojlanish traektoriyalarini milliy tarbiya konsepsiyasining ma’naviy-axloqiy ustuvorliklari asosida didaktik modellashtirishga erishilgan;
“Tarbiya” fani o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari umuminsoniy qadriyatlar mazmunini o‘quv-tarbiya jarayoniga samarali tatbiq etishga qaratilgan metodik hamkorlik asosida raqamli resurslardan foydalanish va o‘z faoliyatini adekvat baholash ko‘nikmalarini refleksiv portfolio vositasida rivojlantirish orqali takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalari malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun tavsiya etilgan “Tarbiya fanining nazariy va amaliy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 27-martdagi 46-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini metodik hamkorlik asosida raqamli resurslardan foydalanish va o‘z faoliyatini adekvat baholash ko‘nikmalarini refleksiv portfolio vositasida rivojlantirishga erishilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlantirishning pedagogik strategiyalari “Tarbiya” fani o‘qituvchilariga qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy jarayonni loyihalashga o‘rgatish orqali ularda vatanparvarlik, mas’uliyat, oilaviy qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini dars, suhbat, axloqiy dilemmalar va tarbiyaviy tadbirlar mazmuniga singdirish asosida takomillashtirishga doir mualliflik g‘oyalaridan Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Samarqand va Namangan viloyatlari pedagogik mahorat markazlari amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 03-33-1677-son ma’lumotnomasi). Natijada, vatanparvarlik, mas’uliyat, oilaviy qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini dars, suhbat, axloqiy dilemmalar va tarbiyaviy tadbirlar mazmuniga singdirishga erishilgan;
“Tarbiya” fani o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish modeli axborot yetkazishga yo‘naltirilgan an’anaviy pedagogik faoliyatni SEL (ijtimoiy-hissiy ta’lim) metodikalari asosida o‘quvchilarning tarbiyaviy ehtiyojlari, ma’naviy-axloqiy holati va g‘oyaviy ta’sirlarga munosabatini aniqlashga qaratilgan diagnostik-loyihaviy faoliyatga transformatsiyalash orqali takomillashtirishga doir takliflari malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirishning nazariy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 2-fevraldagi 35-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini g‘oyaviy ta’sirlarga munosabatni aniqlashga qaratilgan diagnostik-loyihaviy faoliyatni takomillashtirishga erishilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish samaradorligi “Tarbiya” fani o‘qituvchilarida qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy jarayonni loyihalash, tarbiyaviy diagnostika ko‘nikmalari rivojlanganligining yuqori (tarbiyaviy jarayonni mustaqil loyihalaydi va takomillashtiradi), o‘rta (mavjud metodika asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi) va quyi (tayyor ko‘rsatma va namunalarga tayanib faoliyat yuritadi) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi ko‘ra asoslashga oid takliflaridan IL-9524115133-raqamli “Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashning 7 yillik differensial texnologiyasi” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 13-martdagi 01-09/89-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiya” fani o‘qituvchilarida qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy jarayonni loyihalash, tarbiyaviy diagnostika ko‘nikmalari rivojlanganligining yuqori, o‘rta va quyi darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.