Navruzova Rano Sadikovnaning  
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rol` angiogennix belkov v profilaktike i prognozirovanie preeklampsii”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib888.
Ilmiy maslahatchi: Kurbanov Baxodir Bobirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Yusupbaev Rustam Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy Tibbiyot Universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi preeklampsiya va gestatsion arterial gipertenziya rivojlanishida angiogen va antiangiogen oqsillarning rolini aniqlash, kasallikni erta prognoz qilish, profilaktika va akusherlik taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fiziologik homiladorlik, preeklampsiya (PE) va gestatsion arterial gipertenziya (GAG)da qondagi VEGF, endoglin, angiopoetin, sFlt-1/PlGF hamda siydikdagi al`fa-1-mikroglobulin darajalarining diagnostik ahamiyati, fiziologik homiladorlikning turli muddatlaridagi 6 ta oqsilning me’yoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ushbu oqsillarning PE va GAGga nisbatan yuqori sezgirlik va spesifiklikka ega ekanligi, ular darajasi bilan kasallik og‘irligi hamda perinatal asoratlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan; 
spiral arteriyalar remodellanishi va moddalar almashinuvida ishtirok etuvchi 6 ta angiogen va antiangiogen oqsil darajalari PE va GAG og‘irligini aks ettirishi hamda klinik oldi va klinik bosqichlarda ularning erta prediktori sifatida xizmat qilishi isbotlangan; 
GAGda mazkur oqsillar darajasining o‘ziga xos xususiyatlari, ular kasallik kechishi va oqibatlarini belgilashi, xususan, GAGda ular engil PEga nisbatan 2 marta past bo‘lib, al`fa-1-mikroglobulin qonda nazorat ko‘rsatkichlaridan farq qilmasligi isbotlangan;
og‘ir PE va GAGda standart terapiya tizimli endoteliozni bartaraf etmasligi va uning progressiyasini to‘xtatmasligi isbotlangan;
davolash jarayonida 6 ta oqsil darajasining ishonchli pasayishi kuzatilmasligi og‘ir PE va GAGni davolashning asosiy usuli homila va platsentani o‘z vaqtida tug‘dirish ekanligini, bu taktika qo‘llanilganda perinatal o‘lim holatlari qayd etilmaganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Homilador ayollarda PE tashxisini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib, oltita angiogen va antiangiogen oqsillarni aniqlash asosida:
birinchi ilmiy yangilik: fiziologik homiladorlik, preeklampsiya (PE) va gestatsion arterial gipertenziya (GAG)da qondagi VEGF, endoglin, angiopoetin, sFlt-1/PlGF hamda siydikdagi al`fa-1-mikroglobulin darajalarining diagnostik ahamiyati, fiziologik homiladorlikning turli muddatlaridagi 6 ta oqsilning me’yoriy ko‘rsatkichlari aniqlanganligi  Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashi tomonidan 2025-yil 4- iyun` 03/405 bilan tasdiqlangan “Preeklampsiyaning turli darajadagi og‘irligi bo‘lgan ayollar bilan bo‘lgan homiladorlik va tug‘ilish natijalarini tahlil qilish”,  Toshkent davlat tibbiyot universiteti  muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 25-dekabr 12-25/812-t “Preeklampsiyani erta tashxislashning zamonaviy yondashuvlari” nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruqxona majmuasiga 2026 yil 27 yanvardagi 134-sonli buyruq, Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruqxona majmuasi va Ona va bola markaziga 2025 yil 14 avgustdagi 53-sonli buyruk, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali 2025 yil 16 iyuldagi 29-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Chirchiq filialiga 2026 yil 14 yanvardagi 15-sonli buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi №01/23 - son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari hatto klinika oldi bosqichida ham PEni erta aniqlash imkonini beradi, bu esa belgilangan davolash standartlariga muvofiq tezkor profilaktika choralarini talab qiladi va homilador ayol hamda yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun PEning og‘ir asoratlarining oldini oladi. Homiladorlik davrida oltita angiogen va antiangiogen oqsillarning dinamik tadqiqotlari PEning atipik shakllarini farqlash imkonini beradi va ushbu oqsillar uchun belgilangan chegaraviy qiymatlar o‘z vaqtida davolash, akusherlik boshqaruvini aniqlash hamda ona va bola salomatligini saqlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, akusherlik taktikasi, tug‘ruq vaqti va usullarini aniqlashda namoyon bo‘ladi. Bu onalardagi perinatal kasallanish va o‘lim holatlarini kamaytirishga, shuningdek, yurak-qon tomir, jigar, buyrak va PE hamda GAG bilan bog‘liq boshqa kasalliklar kabi ko‘p a’zoli etishmovchilikning oldini olishga qaratilgan. Bu har bir holat uchun 46356000 sum mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: homiladorlikning 16-haftasidan boshlab PE va GAG xavfi ostidagi ayollarda 6 ta angiogen va antiangiogen oqsillarni skriningga kiritish zarurligi isbotlangan. Bu profilaktik choralar rivojlangan patologiyani davolashga nisbatan sezilarli ijtimoiy va iqtisodiy samara beradi, chunki PE va GAG ko‘p marta shifoxonaga yotqizish, 50,1% holatda muddatidan oldin tug‘ruq, hamda kam vazn va asfiksiya bilan tug‘ilish holatlariga olib keladi va natijada ona hamda yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun intensiv terapiya zaruratini oshiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ushbu oqsillarning PE va GAGga nisbatan yuqori sezgirlik va spesifiklikka ega ekanligi, ular darajasi bilan kasallik og‘irligi hamda perinatal asoratlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi isbotlanganligi Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 4- iyun` 03/405 bilan tasdiqlangan “Preeklampsiyaning turli darajadagi og‘irligi bo‘lgan ayollar bilan bo‘lgan homiladorlik va tug‘ilish natijalarini tahlil qilish”,  Toshkent davlat tibbiyot universiteti  muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 25-dekabr 12-25/812-t “Preeklampsiyani erta tashxislashning zamonaviy yondashuvlari” nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruqxona majmuasiga 2026 yil 27 yanvardagi 134-sonli buyruq, Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruqxona majmuasi va Ona va bola markaziga 2025 yil 14 avgustdagi 53-sonli buyruk, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali 2025 yil 16 iyuldagi 29-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Chirchiq filialiga 2026 yil 14 yanvardagi 15-sonli buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi №01/23 - son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori xavf guruhlarini erta aniqlash, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va profilaktika choralarini amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu murakkab homiladorlik holatlarini kamaytirishga va perinatal natijalarni yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlar chastotasining kamayishi va kasalxonada yotish muddatining qisqarishi hisobiga davolash xarajatlari kamayadi. PE va GAG bilan og‘rigan homilador ayollarda an’anaviy davolashda tug‘ruqdan oldin 8 kun (3960000 so‘m), tug‘ruqdan keyin 5 kun (2725000 so‘m) statsionar davolanish kuzatiladi. Asoratlar rivojlanganda reanimatsiya davri qo‘shimcha 2379000 so‘mni tashkil etadi. Bir bemor uchun umumiy xarajat 9064000 so‘m, 51 bemor guruhida esa 462264000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: taklif etilayotgan diagnostik yondashuvlarni joriy etish asoratlar chastotasini kamaytiradi, kasalxonada yotish muddatini qisqartiradi va intensiv terapiya ehtiyojini pasaytiradi. Natijada har bir bemor uchun 9064000 so‘mgacha iqtisodiy samaraga erishiladi. Tadqiqot natijalari davolash va profilaktika samaradorligini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: spiral arteriyalar remodellanishi va moddalar almashinuvida ishtirok etuvchi 6 ta angiogen va antiangiogen oqsil darajalari PE va GAG og‘irligini aks ettirishi hamda klinik oldi va klinik bosqichlarda ularning erta prediktori sifatida xizmat qilishi isbotlanganligi Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 4- iyun` 03/405 bilan tasdiqlangan “Preeklampsiyaning turli darajadagi og‘irligi bo‘lgan ayollar bilan bo‘lgan homiladorlik va tug‘ilish natijalarini tahlil qilish”,  Toshkent davlat tibbiyot universiteti  muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 25-dekabr 12-25/812-t “Preeklampsiyani erta tashxislashning zamonaviy yondashuvlari”  nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruqxona majmuasiga 2026 yil 27 yanvardagi 134-sonli buyruq, Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruqxona majmuasi va Ona va bola markaziga 2025 yil 14 avgustdagi 53-sonli buyruk, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali 2025 yil 16 iyuldagi 29-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Chirchiq filialiga 2026 yil 14 yanvardagi 15-sonli buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi №01/23 - son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: PE va GAG bashorat qiluvchi omillarini erta aniqlash imkoniyatiga asoslangan bo‘lib, bu profilaktik va terapevtik choralarni o‘z vaqtida boshlashni, kasallikning og‘ir shakllari bilan kasallanishni kamaytirishni, onalar va perinatal kasalliklarni qisqartirishni, homiladorlik natijalari va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligini yaxshilashni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemor uchun 6 ta oqsilni kompleks tekshirish qiymati 2100000 so‘mni, og‘ir PE va GAGni davolash xarajati esa 9064000 so‘mni tashkil etadi. Laborator tekshiruvlarni joriy etish orqali har bir bemor uchun 6964000 so‘mgacha tejash imkoni mavjud. 110 bemor guruhida umumiy iqtisodiy samara 766040000 so‘mni tashkil etadi. Shu tariqa, taklif etilgan diagnostik yondashuv iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi va sog‘liqni saqlash tizimida xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladi. Xulosa: PE va GAGda angiogen va antiangiogen oqsillar darajasini aniqlash homiladorlikni individual parvarish qilish, asoratlarni erta oldini olish hamda tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi. Ushbu usul klinik va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lib, amaliyotda samarali erta diagnostika vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: GAGda mazkur oqsillar darajasining o‘ziga xos xususiyatlari, ular kasallik kechishi va oqibatlarini belgilashi, xususan, GAGda ular engil PEga nisbatan 2 marta past bo‘lib, al`fa-1-mikroglobulin qonda nazorat ko‘rsatkichlaridan farq qilmasligi isbotlanganligi Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 4- iyun` 03/405 bilan tasdiqlangan “Preeklampsiyaning turli darajadagi og‘irligi bo‘lgan ayollar bilan bo‘lgan homiladorlik va tug‘ilish natijalarini tahlil qilish”,  Toshkent davlat tibbiyot universiteti  muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 25-dekabr 12-25/812-t “Preeklampsiyani erta tashxislashning zamonaviy yondashuvlari” nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruqxona majmuasiga 2026 yil 27 yanvardagi 134-sonli buyruq, Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruqxona majmuasi va Ona va bola markaziga 2025 yil 14 avgustdagi 53-sonli buyruk, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali 2025 yil 16 iyuldagi 29-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Chirchiq filialiga 2026 yil 14 yanvardagi 15-sonli buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi №01/23 - son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ona va avlod uchun hayot uchun xavfli holatlarning rivojlanishining oldini olishdan iborat, jumladan ko‘p a’zoli etishmovchilik, eklampsiya, HELLP sindromi, og‘ir asfiksiya bilan tug‘ilgan kam vaznli chaqaloqlar tug‘ilishi hamda ona va bola nogironligining oldini olish. Iqtisodiy samaradorligi: xarajatlarning kamayishiga olib keladi, jumladan ona va yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun kasalxonada bir kunlik yotish xarajatlari, uzoq muddatli intensiv terapiya, dori-darmon xarajatlari hamda uzoq muddatli nogironlik va mehnat qobiliyatini yo‘qotish tufayli keyingi nafaqa xarajatlari. Natijada har bir bemor uchun xarajatlar 56 million so‘mdan oshadi. Xulosa: ishlab chiqilgan diagnostik choralar PE va GAG bilan kasallangan homilador ayollarni akusherlik jihatdan boshqarishni yaxshilash imkonini beradi. Shaxsiylashtirilgan boshqaruv strategiyasini joriy etish ona va bolada nogironlik rivojlanishining oldini oladi, oila hayot sifati va umumiy natijalarni sezilarli darajada yaxshilaydi.
beshinchi ilmiy yangilik: og‘ir PE va GAGda standart terapiya tizimli endoteliozni bartaraf etmasligi va uning progressiyasini to‘xtatmasligi isbotlanganligi Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 4- iyun` 03/405 bilan tasdiqlangan “Preeklampsiyaning turli darajadagi og‘irligi bo‘lgan ayollar bilan bo‘lgan homiladorlik va tug‘ilish natijalarini tahlil qilish”,  Toshkent davlat tibbiyot universiteti  muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 25-dekabr 12-25/812-t “Preeklampsiyani erta tashxislashning zamonaviy yondashuvlari” nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruqxona majmuasiga 2026 yil 27 yanvardagi 134-sonli buyruq, Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruqxona majmuasi va Ona va bola markaziga 2025 yil 14 avgustdagi 53-sonli buyruk, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali 2025 yil 16 iyuldagi 29-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Chirchiq filialiga 2026 yil 14 yanvardagi 15-sonli buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi №01/23 - son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: standart terapiyaga qaramay, tizimli endoteliozning saqlanib qolishi va rivojlanishi onalik va perinatal asoratlar, jumladan eklampsiya, HELLP sindromi, ko‘p a’zoli etishmovchilik va neonatal noxush oqibatlar xavfini oshiradi. Davolash strategiyalarini o‘z vaqtida qayta baholash ushbu asoratlar paydo bo‘lishini kamaytirishi va perinatal natijalarni yaxshilashi, ham ona, ham bola salomatligini saqlashga yordam berishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: bu uzoq muddatli kasalxonada yotish, intensiv terapiya va dori-darmonlarga ehtiyojning ortishi, murakkab tug‘ruq va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni boshqarish xarajatlarining ko‘payishi kabi samarasiz konservativ terapiyani saqlab qolish bilan bog‘liq. Har bir bemor uchun iqtisodiy xarajatlar 9064000 so‘mni tashkil etadi. Tadqiqot guruhida (n = 110) umumiy xarajatlar 997040000 so‘mga etadi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi uchun katta moliyaviy yukni aks ettiradi. Xulosa: PE va GAGning og‘ir shakllarida standart terapiya tizimli endoteliozni bartaraf etmasligi aniqlandi, bu akusherlik taktikasini qayta ko‘rib chiqish va tug‘ruq masalasini o‘z vaqtida hal etish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish og‘ir asoratlar chastotasini kamaytirish, perinatal natijalarni yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini optimallashtirish imkonini beradi.
oltinchi ilmiy yangilik: davolash jarayonida 6 ta oqsil darajasining ishonchli pasayishi kuzatilmasligi og‘ir PE va GAGni davolashning asosiy usuli homila va platsentani o‘z vaqtida tug‘dirish ekanligini, bu taktika qo‘llanilganda perinatal o‘lim holatlari qayd etilmaganligi isbotlanganligi Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 4- iyun` 03/405 bilan tasdiqlangan “Preeklampsiyaning turli darajadagi og‘irligi bo‘lgan ayollar bilan bo‘lgan homiladorlik va tug‘ilish natijalarini tahlil qilish”,  Toshkent davlat tibbiyot universiteti  muvofiqlashtirilgan ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 25-dekabr 12-25/812-t “Preeklampsiyani erta tashxislashning zamonaviy yondashuvlari” nomli uslubiy tavsiyanomalarida aks ettirilgan va Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruqxona majmuasiga 2026 yil 27 yanvardagi 134-sonli buyruq, Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruqxona majmuasi va Ona va bola markaziga 2025 yil 14 avgustdagi 53-sonli buyruk, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali 2025 yil 16 iyuldagi 29-sonli buyruq, Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Chirchiq filialiga 2026 yil 14 yanvardagi 15-sonli buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi №01/23 - son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tizimli endoteliozni erta aniqlash FPN rivojlanishini, bachadon ichidagi homila distressini, erta va kechki neonatal asoratlarning oldini oladi va sog‘lom avlodni shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek go‘daklik davridagi kasallanishni kamaytiradi. Bu sog‘lom oilani saqlashga va ularning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: natijada shoshilinch kesar kesish operatsiyalari soni, onalar va bolalar uchun intensiv terapiya zarurati hamda bolalar nogironligi kamayadi, bu esa umumiy iqtisodiy foyda sifatida 33150000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: og‘ir asfiksiya bilan tug‘ilgan kam vaznli chaqaloqlarda neonatal patologiya sabab intensiv terapiya va keyingi parvarish zarurati, keyingi davrda turli kasalliklarga moyillik, shuningdek shoshilinch kesar kesish operatsiyalarining qon ketish va septisemiya kabi og‘ir asoratlar bilan kechishi yuqori iqtisodiy xarajatlarni keltirib chiqaradi. Shu bois taklif etilgan testlarni joriy etish va standartlashtirilgan terapiyani o‘z vaqtida boshlash asoratlarning oldini olish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish