Kurbaniyazova Feruza Zafarjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “"Yupqa" endometriy mavjud bo‘lgan ayollarni homiladorlikka tayyorlashni takomillashtirish” 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4386.
Ilmiy rahbar: Xudoyarova Dildora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamdamova Muxayyoxon Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “yupqa” endometriy bilan bog‘liq bepushligi bor ayollarda pregravidar tayyorgarlikni trombotsitlarga boyitilgan autoplazma va magnitoterapiya qo‘llash orqali optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Yupqa” endometriy rivojlanishining eng muhim klinik xavf omillari ortiqcha tana vazni (44,4%), qalqonsimon bez kasalliklari (26,7%), kechki menarxe (24,4%), kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari (47,5%), tuxumdon kistalari (25%) ekanligi aniqlangan;
“Yupqa” endometriy bo‘lgan ayollarda “Femoflor-16” test tizimi yordamida bepushtlik sababi urogenital trakt normobiotasi va disbalans mezonlari tekshirilgan va asosiy guruh ayollarining 52,5% da bakterial vaginoz xamda nazorat guruhida 93,3% holatda normotsenoz qayd etilganligi aniqlangan (p<0,001);
“Yupqa” endometriy bo‘lgan ayollarda bachadon qon tomirlarini ul`tratovushli doppler xaritalashda RI, PI va S/D ko‘rsatkichlari va bachadon endometriy qavatining qalinligi o‘rtasida teskari korrelyasion bog‘liqlik aniklangan (r=–0,52;–0,50; –0,53; p<0,05) va bu ko‘rsatgichlardan davolashning samaradorligini baholash uchun qo‘llash zarurligi asoslangan;
optimallashtirilgan pregravidar tayyorgarlik natijasida endometriy qalinligi o‘rtacha 11,1 mmgacha etgan, taqqoslash guruhida esa bu ko‘rsatkich 9,05 mm ni tashkil etgan (p<0,001) va asosiy guruxda reproduktiv kursatkichlar 1,8 barobar yaxshilanganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bepushtlik sababi “yupqa” endometriy bo‘lgan ayollarni kompleks pregravidar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 5-martdagi 04/07 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: “yupqa” endometriy rivojlanishining eng muhim klinik xavf omillari ortiqcha tana vazni, qalqonsimon bez kasalliklari, kech menarxe, kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari va tuxumdon kistalari ekanligi aniqlangan va ushbu favf omillari bo‘lgan ayollarda reproduktiv funqsiya buzilishini oldindan bashorat qilish imkonini bergan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 29 maydagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Yupqa endometriyli ayollarda pregravidar tayyorgarlik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi 1-sonli tug‘ruqxona majmuasining 2025 yil 3 oktyabrdagi 64-sonli buyruq bilan, 3-son Samarqand shahar tug‘ruq majmuasining 2025 yil 3 sentyabrdagi 82-buyruq bilan amaliyotga kiritilgan. 1-son Samarqand shahar tug‘ruq majmuasida amalga kiritildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 5-martdagi 04/07 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: “yupqa” endometriy rivojlanishining eng muhim xavf omillarini aniqlash va ularni bartaraf qilish va oldina olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: yupka endometriyning asorati bo‘lgan bepushtlikni oldina olish, bemorlarni tekshirish va davollanish maqsadida qayta murojaat qilishidan tejalgan xarajatlar 155000 so‘mni tashkil etgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: “Femoflor-16” test tizimi yordamida “yupqa” endometriyli ayollarda urogenital trakt normobiotasi va disbalans mezonlari aniqlangan bo‘lib asosiy guruh ayollarining 52,5%da bakterial vaginoz va nazorat guruh ayollarining 93,3% da normotsenoz qayd etilgan (p<0,001) va bu holat endometriy o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi faktor deb hisoblanib, uni bartaraf qilishga qaratilgan terapiya lozimligini isbotlagan, yallig‘lanishni regressiyasini 78,9% holatlarda ta’minlagan va bu tekshirish usuli bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 29 maydagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Yupqa endometriyli ayollarda pregravidar tayyorgarlik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi 1-sonli tug‘ruqxona majmuasining 2025 yil 3 oktyabrdagi 64-sonli buyruq bilan, 3-son Samarqand shahar tug‘ruq majmuasining 2025 yil 3 sentyabrdagi 82-buyruq bilan amaliyotga kiritilgan. 1-son Samarqand shahar tug‘ruq majmuasida amalga kiritildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 5-martdagi 04/07 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: olingan natijalar “yupqa” endometriyli ayollarda tashxis va davolashni takomillashtirish yallig‘lanishni bartaraf etishni ta’minlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: taklif etilgan “Femoflor-16” test tizimi yordamida “yupqa” endometriyli ayollarda urogenital trakt normobiotasi va disbalans mezonlarini aniqlab kompleks yondashuvni qo‘llash natijasida qayta-qayta samarasiz davolashlar soni kamayib, umumiy davolash xarajatlari o‘rtacha 25% ga qisqartirildi hamda bir bemorga nisbatan 750 225 so‘m iqtisod qilinishiga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: bachadon qon tomirlarini ul`tratovushli doppler xaritalashda RI, PI va S/D ko‘rsatkichlari va bachadon endometriy qavatining qalinligi o‘rtasida teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan (r= –0,52; –0,50; –0,53; p<0,05) va bu ko‘rsatgichlar davolashdan oldin va keyin dinamiqada o‘rganilgan va kompleks pregravidar tayyorlashning samaradorligini tasdiqlagan va bu tekshirish usuli bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 29 maydagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Yupqa endometriyli ayollarda pregravidar tayyorgarlik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi 1-sonli tug‘ruqxona majmuasining 2025 yil 3 oktyabrdagi 64-sonli buyruq bilan, 3-son Samarqand shahar tug‘ruq majmuasining 2025 yil 3 sentyabrdagi 82-buyruq bilan amaliyotga kiritilgan. 1-son Samarqand shahar tug‘ruq majmuasida amalga kiritildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 5-martdagi 04/07 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: davolash samaradorligini aniqlashda qo‘llaniladigan ultratovushli doppler xaritalash PRP-terapiya va magnitoterapiyani kompleks qo‘llash bachadon qon tomirlaridagi qon aylanishini kuchaytirganligini asoslab bergan. bu esa o‘z navbatida davolash muddatini qisqartirgan magnitoterapiya va “yupqa” endometriy rivojlanishidagi yallig‘lanish faqtorini erta aniqlab bartaraf qilish davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: PRP-terapiya va magnitoterapiyani kompleks qo‘llash bachadon qon tomirlaridagi qon aylanishini kuchaytirganligini asoslab bergan, bu esa o‘z navbatida davolash muddatini qisqartirib va xarajatlarni tejash imkonini yaratadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: optimallashtirilgan pregravidar tayyorgarlik natijasida algoritm ishlab chiqilgan va ushbu algoritmni qo‘llash bachadon endometriy qavatining o‘sishiga, yallig‘lanishni bartaraf qilishga, ayollarning reproduktiv faoliyatini yaxshilanishiga olib kelgan va 53,3% ayollarda xomiladorlik yuzaga kelgan va qo‘llanilgan kompleks davo saradorligi asoslagan va bu algoritm Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 29 maydagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Yupqa endometriyli ayollarda pregravidar tayyorgarlik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi 1-sonli tug‘ruqxona majmuasining 2025 yil 3 oktyabrdagi 64-sonli buyruq bilan, 3-son Samarqand shahar tug‘ruq majmuasining 2025 yil 3 sentyabrdagi 82-buyruq bilan amaliyotga kiritilgan. 1-son Samarqand shahar tug‘ruq majmuasida amalga kiritildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 5-martdagi 04/07 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: Optimallashtirilgan pregravidar tayyorgarlik protokolini amaliyotga joriy etish natijasida endometriy holatini erta va aniq baholash imkoni paydo bo‘lib, surunkali endometritni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda reproduktiv funksiyani tiklashga erishildi. Bu esa bepushtlikdan aziyat chekayotgan ayollarda homiladorlikka erishish ko‘rsatkichlarini oshirib, ularning hayot sifati va psixoemotsional holatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorlik: taklif etilgan algoritmni qo‘llash orqali kasallikni erta bosqichda aniqlash va maqsadli davolash imkoniyati tufayli qayta-qayta samarasiz davolash kurslari va YoRT urinishlari soni kamaydi. Bu esa tibbiy xarajatlarni qisqartirishga, resurslardan samarali foydalanishga va sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan iqtisodiy yukni kamaytirishga olib keldi.