Jo‘raeva Nigora Iminjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali periodontitning destruktiv shakllarini davolash taktikasini takomillashtirish» 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6031.
Ilmiy rahbar: Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.2025.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Habibova Nazira Nasullaevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Mun Tat`yana Olegovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navarra Universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali periodontitning destruktiv shakllarini davolash samaradorligini mahalliy osteoplastik material – “Bioaktiv shisha” qo‘llash orqali oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali periodontitning destruktiv shakllarini davolashda mahalliy ishlab chiqarilgan “Bioaktiv shisha” osteoplastik materiali samaradorligi klinik va laborator dinamika asosida aniqlangan;
ilk bor mahalliy “Bioaktiv shisha” osteotrop materiali periodontitning destruktiv shakllarini endodontik davolashda antimikrob hamda immunitetni stimullovchi samaradorligi isbotlangan;
ilk bor PESS shkalasi asosidagi rentgenologik diagnostika usullari yordamida surunkali periodontitning destruktiv shakllarini davolash samaradorligi asoslab berilgan, regeneratsiya jarayonlari baholangan hamda mahalliy osteoplastik “Bioaktiv shisha” materiali qo‘llanilganda tadqiqot natijalarining ob’ektivligi va ishonchliligi isbotlangan;
ilk bor ildiz kanalini apikal sohasiga chiqarish usuli asosida plombalashning modifikatsiyalangan texnikasi ishlab chiqilgan hamda surunkali destruktiv periodontitni davolashda “Bioaktiv shisha” va PRP kombinatsiyasining klinik ustunligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bemorlarning davo jarayoniga tarafdorlik–komplaentlik darajasini va unga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha olingan amaliy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali periodontitning destruktiv shakllarini davolashda mahalliy ishlab chiqarilgan “Bioaktiv shisha” osteoplastik materiali samaradorligi klinik va laborator dinamika asosida aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 27-iyulda 61-70/u-son bilan tasdiqlangan “ Surunkali destruktiv apikal periodontit bilan kasallangan bemorlarni klinik tekshirish va davolash metodikasi ” nomli uslubiy tavsiyanomada aks etgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat stomatologiya poliklinikasi “Terapevtik stomatologiya” bo‘limi bo‘yicha 2025-yil 28-iyundagi №122-son hamda Namangan viloyat stomatologiya poliklinikasi “Terapevtik stomatologiya” bo‘limi bo‘yicha 2025-yil 4-iyundagi №116-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 3-martdagi 05/04-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy ish natijalari yuqori klinik va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, tishlarni saqlab qolish, asoratlar sonini kamaytirish hamda nogironlikni kamaytirish imkonini beradi va shu orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan davolash usulini amaliyotga joriy etish natijasida bir nafar bemor hisobiga quyidagi natijalarga erishilgan: davolash muddatining qisqarishi – tashriflar soni 6 tadan 3 tagacha kamaygan, bu esa 750000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan ( 1 ambulator qabul 250000 so‘m hisobidan); 600000 so‘m – tekshiruvlar 6 tadan 3 tagacha qisqarishi hisobiga. Byudjet mablag‘larining tejalishi (ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan) natijasida 195000 so‘m iqtisod qilingan. Iqtisodiy samaradorlik koeffisienti (K=4,93) tashkil etgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor mahalliy “Bioaktiv shisha” osteotrop materiali periodontitning destruktiv shakllarini endodontik davolashda antimikrob hamda immunitetni stimullovchi samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 27-iyulda 61-70/u-son bilan tasdiqlangan “Surunkali destruktiv apikal periodontit bilan kasallangan bemorlarni klinik tekshirish va davolash metodikasi”nomli uslubiy tavsiyanomada aks etgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat stomatologiya poliklinikasi “Terapevtik stomatologiya” bo‘limi bo‘yicha 2025-yil 28-iyundagi №122-son hamda Namangan viloyat stomatologiya poliklinikasi “Terapevtik stomatologiya” bo‘limi bo‘yicha 2025-yil 4-iyundagi №116-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 3-martdagi 05/04-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: stomatologik xizmatlar samaradorligining natijasida tish qatorlar butunligini saqlab qolish ko‘rsatkichining oshishi, surunkali apikal periodontit asoratlari va tish yo‘qotilishi natijasida nuqsonlarni tiklash sarf xarajatlari kamayishi va bemorlar hayot sifatining yaxshilanishi ta’minlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan davolash usulini amaliyotga joriy etish natijasida bir nafar bemor hisobiga quyidagi natijalarga erishilgan: davolash muddatining qisqarishi – tashriflar soni 6 tadan 3 tagacha kamaygan, bu esa 750000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan (1 ambulator qabul 250000 so‘m hisobidan); 600000 so‘m –tekshiruvlar 6 tadan 3 tagacha qisqarishi hisobiga. Byudjet mablag‘larining tejalishi (ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan) natijasida 195000 so‘m iqtisod qilingan. Iqtisodiy samaradorlik koeffisienti (K=4,93) tashkil etgan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor PESS shkalasi asosidagi rentgenologik diagnostika usullari yordamida surunkali periodontitning destruktiv shakllarini davolash samaradorligi asoslab berilgan, regeneratsiya jarayonlari baholangan hamda mahalliy osteoplastik “Bioaktiv shisha” materiali qo‘llanilganda tadqiqot natijalarining ob’ektivligi va ishonchliligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 27-iyulda 61-70/u-son bilan tasdiqlangan “Surunkali apikal periodontitni davolashda radiologik diagnostika usulining optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomada aks etgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat stomatologiya poliklinikasi “Terapevtik stomatologiya” bo‘limi bo‘yicha 2025-yil 28-iyundagi №123-son hamda Namangan viloyat stomatologiya poliklinikasi “Terapevtik stomatologiya” bo‘limi bo‘yicha 2025-yil 4-iyundagi №117-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 3-martdagi 05/04-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali apikal periodontitni erta va aniq tashxislash imkoniyatlarining oshishi, davolash samaradorligini o‘z vaqtida baholash hisobiga asoratlar sonining kamayishi, tishlarni saqlab qolish ko‘rsatkichining ortishi, stomatologik yordam sifati yaxshilanishi hamda uning standartlashtirilishi ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan davolash usulini amaliyotga joriy etish natijasida bir nafar bemor hisobiga quyidagi natijalarga erishilgan: davolash muddatining qisqarishi – tashriflar soni 6 tadan 3 tagacha kamaygan, bu esa 750000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan (1 ambulator qabul 250000 so‘m hisobidan); 600000 so‘m –tekshiruvlar 6 tadan 3 tagacha qisqarishi hisobiga. Byudjet mablag‘larining tejalishi (ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan) natijasida 195000 so‘m iqtisod qilingan. Iqtisodiy samaradorlik koeffisienti (K=4,93) tashkil etgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ildiz kanalini apikal sohaga chiqarish usuli asosida plombalashning modifikatsiyalangan texnikasi ishlab chiqilgan hamda surunkali destruktiv periodontitni davolashda “Bioaktiv shisha” va PRP kombinatsiyasining klinik ustunligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 27-iyulda 61-70/u-son bilan tasdiqlangan “Surunkali destruktiv apikal periodontit bilan kasallangan bemorlarni klinik tekshirish va davolash metodikasi” va “Surunkali apikal periodontitni davolashda radiologik diagnostika usulining optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomalarda aks etgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat stomatologiya poliklinikasi “Terapevtik stomatologiya” bo‘limi bo‘yicha 2025-yil 28-iyundagi №122, №123-son hamda Namangan viloyat stomatologiya poliklinikasi “Terapevtik stomatologiya” bo‘limi bo‘yicha 2025-yil 4-iyundagi №116, №117-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 3-martdagi 05/04-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Surunkali yallig‘lanish o‘choqlarining tezroq bartaraf etilishi, tishlarni saqlab qolish ko‘rsatkichining oshishi, asoratlar va kasallik residivlari sonining kamayishi bemorlarning mehnat va ijtimoiy faoliyatga tezroq qaytishi hamda bemorlar hayot sifatining yaxshilanishi ta’minlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan davolash usulini amaliyotga joriy etish natijasida bir nafar bemor hisobiga quyidagi natijalarga erishilgan: davolash muddatining qisqarishi – tashriflar soni 6 tadan 3 tagacha kamaygan, bu esa 750000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan ( 1 ambulator qabul 250000 so‘m hisobidan); 600000 so‘m –tekshiruvlar 6 tadan 3 tagacha qisqarishi hisobiga. Byudjet mablag‘larining tejalishi (ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan) natijasida 195000 so‘m iqtisod qilingan. Iqtisodiy samaradorlik koeffisienti (K=4,93) tashkil etgan.