Sarboev Erkin Raximboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artriti bor bemorlarda tish implantatsiyasining klinik laborator hususiyatlari» 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5202.
Ilmiy rahbar: Boymuradov Shuhrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aderyanov Sergey Vitalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning faollik darajasini inobatga olgan holda tish implantatsiyasi xususiyatlarini kompleks o‘rganish, osteointegratsiyani takomillashtirish, davolash xamda reabilitasion mezon va protokollarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqot natijalari revmatologlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan mezonlarni hisobga olgan holda implantatsiyaning optimal davrini ko‘prik terapiyani (bridge-therapy 4-6 xaftalarini) tanlash va operasiyadan keyingi protokolga Ruta graveolens, Salvia officinalis hamda oqsizlantirilgan gemodializat asosidagi vositalarni kiritish revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda tish implantatsiyasining xavfsizligi va samaradorligini o‘rtacha 21,6%ga oshirishi aniqlangan;
birinchi marotaba DAS-28 o‘zbek tilidagi raqamli platformaning samaradorligi, bunda TJC28, SJC28, ESR va VAS ko‘rsatkichlari asosida kasallik faolligi <5.2 chegara qiymatlari bo‘yicha aniq tasniflanishi raqamli hisoblash orqali aniqlangan;
RA bilan og‘rigan bemorlarda IL-6 darajasining 17.5±3.2 pg/ml gacha oshishi, IL-10 ning 1.4±0.5 pg/ml gacha kamayishi, TNF-α ning 26.8±4.1 pg/ml gacha ko‘tarilishi, Vitamin D ning 14±4 ng/ml gacha pasayishi va kalsiyning 2.11±0.06 mmol/l gacha kamayishi aniqlangan;
Ruta graveolens, Salvia officinalis ekstrakti, shuningdek, oqsizlashtirilgan gemodializat asosidagi preparatlarni mahalliy qo‘llash klinik jihatdan muhim reparativ faollikka ega ekanligi va ushbu vositalar implantatsiyadan keyin yumshoq to‘qimalarning bitishini o‘rtacha 25,3 foizga tezlashtirishi, shu bilan birga yallig‘lanish asoratlari darajasini 42,9 foizga kamaytirishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dental implantatsiya o‘tkazishda revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash, davolash va reabilitasiya qilishga kompleks yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish to‘g‘risidagi 2025 yilning 17 dekabrdagi 31/31-sonli xulosasiga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: tadqiqot natijalari revmatologlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan mezonlarni hisobga olgan holda implantatsiyaning optimal davrini, ya’ni bridge-therapyning 4-6 haftalik oralig‘ini tanlash hamda operasiyadan keyingi protokolga Ruta graveolens, Salvia officinalis hamda oqsizlantirilgan gemodializat asosidagi vositalarni kiritish orqali revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda tish implantatsiyasining xavfsizligi va samaradorligini o‘rtacha 21,6%ga oshirishi aniqlangan. Ushbu tavsiyani amalga oshirish implantlarning saqlanib qolishini 93% gacha oshirish va yallig‘lanish asoratlarini xavfini 35% ga kamaytirish imkonini berdi. Ushbu toifadagi bemorlarda operasiyadan oldingi tashxisni optimallashtirishga va osteointegratsiyadagi muvaffaqiyatni oshirishga qaratilgan choralarni asoslash maqsadida ishlab chiqilgan "Revmatoid artritli bemorlarda tish implantatsiyasining uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlash uchun profilaktik davolash algoritmi" uslubiy tavsiyasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi TTA Muvofiqlashtiruvchi kengashining 27.01.2025 yildagi 01-25/472-t -sonli xulosasi). Mazkur yondashuv Toshkent davlat stomatologiya instituti klinkasi 2025 yilning 10 apreldagi 30-son buyrugi va Shahar 7-son klinik shifoxonasida 2025 yil 27 sentyabrdagi №90 U/T-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, uning qo‘llanilishi natijasida 100 nafar bemor hisobida operasiyadan keyingi asoratlar bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar 8,4 mln so‘mga, stasionarda davolanish muddatining qisqarishi hisobiga 50,0 mln so‘mga kamaygan va umumiy iqtisodiy samaradorlik 58,4 mln so‘mni tashkil etgan. Ijtimoiy samaradorlik sifatida bemorlarning stasionarda bo‘lish muddati o‘rtacha 40%ga qisqargan, mehnat qobiliyati tiklanishi 30%ga tezlashgan, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlari 5 kundan 3 kungacha kamaygan, shuningdek, operasiyadan keyingi hayot sifati indeksi o‘rtacha 25%ga oshgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marotaba DAS-28 indeksi uchun o‘zbek tilidagi raqamli platformaning klinik samaradorligi isbotlandi, bunda TJC28, SJC28, ESR va VAS ko‘rsatkichlari asosida kasallik faolligini <5,2 chegara qiymati bo‘yicha aniq tasniflash imkoniyati raqamli hisoblash orqali aniqlangan. Kasallik faolligi va suyak to‘qimasi holatiga qarab implantatsiya o‘tkazishning xavfsiz davrini aniqlash uchun ishlab chiqilgan " Revmatoid artriti bor bemorlarda tish implantatsiyasining klinik-laborator xususiyatlari " uslubiy tavsiyasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi TTA Muvofiqlashtiruvchi kengashining 27.01.2025 yildagi 01-25/471-t-sonli xulosasi). Ushbu tavsiyani amalga oshirish implantlarning saqlanib qolishini 93% gacha oshirish va yallig‘lanish asoratlarini xavfini 35% ga kamaytirish imkonini berdi. Ushbu raqamli platforma Toshkent davlat stomatologiya instituti klinkasi 2025 yilning 10 apreldagi 29-son buyrugi va Shahar 7-son klinik shifoxonasida 2025 yil 27 sentyabrdagi №91 U/T-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, uning joriy etilishi natijasida 100 nafar bemor hisobida ortiqcha laborator tekshiruvlar qisqarishi hisobiga 4,5 mln so‘m iqtisodiy tejamga erishilgan. Ijtimoiy jihatdan tashxis qo‘yish vaqti o‘rtacha 35%ga qisqargan, kasallik faolligini baholash aniqligi 28%ga oshgan, klinik qaror qabul qilish tezligi 30%ga yaxshilangan va nogironlikka olib keluvchi og‘ir holatlar chastotasi 12%ga kamaygan;
uchinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda sitokinlar va mineral almashinuv ko‘rsatkichlariga asoslangan diagnostik yondashuvni qo‘llash natijasida IL-6, IL-10, TNF-α, vitamin D va kalsiy ko‘rsatkichlari orqali implantatsiya uchun xavf guruhlarini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan. Ushbu toifadagi bemorlarda operasiyadan oldingi tashxisni optimallashtirishga va osteointegratsiyadagi muvaffaqiyatni oshirishga qaratilgan choralarni asoslash maqsadida ishlab chiqilgan "Revmatoid artritli bemorlarda tish implantatsiyasining uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlash uchun profilaktik davolash algoritmi" uslubiy tavsiyasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi TTA Muvofiqlashtiruvchi kengashining 27.01.2025 yildagi 01-25/472-t -sonli xulosasi). Usul Toshkent davlat stomatologiya instituti klinkasi 2025 yilning 10 apreldagi 30-son buyrugi va Shahar 7-son klinik shifoxonasida 2025 yil 27 sentyabrdagi №90 U/T-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy qilinib, uning natijasida noto‘g‘ri tanlangan klinik holatlar soni kamaygan va qayta implantatsiya holatlari 2 barobar qisqargan, bu esa 100 nafar bemor hisobida 17,5 mln so‘m iqtisodiy tejamni ta’minlagan. Ijtimoiy samaradorlik sifatida asoratlar rivojlanish xavfi 35%ga kamaygan, qayta jarrohlik aralashuvlari 50%ga qisqargan, bemorlarning davolashdan qoniqish darajasi 27%ga oshgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ruta graveolens, Salvia officinalis ekstrakti hamda deproteinlangan gemodializat asosidagi preparatlarni mahalliy qo‘llash yuqori reparativ faollikka ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib, ushbu vositalar implantatsiyadan keyin yumshoq to‘qimalarning bitishini o‘rtacha 25,3%ga tezlashtirishi va yallig‘lanish asoratlari darajasini 42,9%ga kamaytirishi tasdiqlangan. Kasallik faolligi va suyak to‘qimasi holatiga qarab implantatsiya o‘tkazishning xavfsiz davrini aniqlash uchun ishlab chiqilgan "Revmatoid artriti bor bemorlarda tish implantatsiyasining klinik-laborator xususiyatlari " uslubiy tavsiyasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi TTA Muvofiqlashtiruvchi kengashining 27.01.2025 yildagi 01-25/471-t-sonli xulosasi). Ushbu tavsiyani amalga oshirish implantlarning saqlanib qolishini 93% gacha oshirish va yallig‘lanish asoratlarini xavfini 35% ga kamaytirish imkonini berdi. Mazkur davolash protokoli Toshkent davlat stomatologiya instituti klinkasi 2025 yilning 10 apreldagi 29-son buyrugi va Shahar 7-son klinik shifoxonasida 2025 yil 27 sentyabrdagi №91 U/T-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, uning qo‘llanilishi natijasida 100 nafar bemor hisobida dori vositalari va yallig‘lanishga qarshi terapiya xarajatlari 12,87 mln so‘mga kamaygan. Ijtimoiy jihatdan yumshoq to‘qimalar bitishi 25,3%ga tezlashgan, og‘riq sindromi intensivligi 40%ga kamaygan, bemorlarning kundalik faoliyatga qaytishi o‘rtacha 3 kunga tezlashgan va umumiy hayot sifati ko‘rsatkichi 30%ga oshgan.