Xolmurotov Isroil Ismoil o‘g‘liningning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Murakkab geologik sharoitlarda gidrotexnik tunnellarni burg‘ilash-portlatish bilan o‘tishni tadqiq qilish va takomillashtirish”, 04.00.17 – Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T3066. 
Ilmiy rahbar: Israilov Mansurjon Abdusamatovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.02.07. 
Rasmiy opponentlar: Nutfulloev Gafur Subxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Bakirov G‘ayrat Xoliqberdievich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Geologiya fanlari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab geologik sharoitlarda katta yuzali gidrotexnik tunnellarni burg‘ilash-portlatish bilan qazib o‘tishni takomillashtirish orqali kontur orti tog‘ jinslari massivining ustuvorligi va xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
burg‘ilash-portlatish ishlari natijasida hosil bo‘ladigan ikkilamchi darzlilik zonasini filtratsiya koeffisientining ortishi, suv chiqishlarining ko‘payishi va  inshootlarni ekspluatatsion ishonchliligining pasayishiga olib kelishligi baholangan;
tog‘ yonbag‘ri sharoitida joylashgan katta yuzali gidrotexnik tunnellar uchun tog‘ jinslari massivining kuchlanish–deformatsiyalanish holatini baholashning raqamli fazoviy modeli ishlab chiqilgan, fazoviy model negizida relef qiyaligi ta’siri natijasida tunnel kesimi bo‘ylab kuchlanishlarning assimetrik taqsimlanishi aniqlangan;
katta yuzali tunnel devorlari atrofida maksimal siquvchi va cho‘zuvchi kuchlanishlar shakllanadigan eng xavfli geomexanik zonalar aniqlanib, ularning joylashuvi va intensivligining relefga bog‘liqligi aniqlangan;
murakkab geologik va gidrogeologik sharoitlarda katta yuzali gidrotexnik tunnellarni qazib o‘tishda konturli portlatish parametrlarini qo‘llash metodikasi ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gidroelektr stansiyalarning er osti inshootlari xavfsizligini ta’minlash va  katta yuzali gidrotexnik tunnellarni qazib o‘tishda burg‘ilash-portlatish ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
katta yuzali gidrotexnik tunnellarni konturli portlatish usuli bilan qazib o‘tish texnologiyasi To‘palang HPD holding MChJ huzuridagi “Granit alpha universal” unitar korxonasi ish olib borayotgan Pskom gidroelektr stansiyasining gidrotexnik tunnelini qazib o‘tishda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekgidroenergo” AJning 2026 yil 24 fevraldagi 02-13/622-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tunnelni qazib o‘tishda lahim yuzasi amaldagi loyiha bo‘yicha ko‘rsatilgan o‘lchamlarga erishilgan, lahim qazib o‘tish tezligi 10% gacha oshirish imkonini bergan;
konturli portlatish usuli “O‘zbekgidroenergo” AJ ga qarashli Pskom gidroelektr stansiyasining katta yuzali gidrotexnik tunnellarini qazib o‘tishda  amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekgidroenergo” AJning 2026 yil 24 fevraldagi  02-13/622-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat sarfi 3% gacha kamaygan va 1 pogonometr gidrotexnik tunnelni qazib o‘tishdagi xarajatlar 5% gacha kamayish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish