Inoyatov Abdullo Shodievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Keksalar salomatlik darajasini oshirishda sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalardan foydalanishning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Ped358
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01
Ilmiy maslahatchi: Ma’murov Bahodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Kurbonova Gulnoz Nigmatovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Oripova Nodima Xalilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); professor, Sharifzoda Sardor O‘razboy tabib o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirishda sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalardan foydalanishning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini ilmiy-nazariy va eksperimental asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirish maqsadida haftalik va kunlik mashg‘ulotlardan foydalanish me’yorlarini aniq ratsion taqsimlangan dasturdan foydalanish hisobiga jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
keksalar salomatlik darajasini oshirish uchun zamonaviy texnoligiyalar asosida kunning ikkinchi yarmida (ochiq sport maydonchalari, suv havzalari hamda gigienik omillar) mashqlardan foydalanish hisobiga morfologik hamda tana massa indeksi ko‘rsatkichlarini me’yorga solish mexanizmlari takomillashtirilgan;
keksalar salomatlik darajasini oshirishda psixologik resurslarni optimal darajada shakllantirishga qaratilgan milliy harakatli o‘yinlardan tashkil topgan individual sog‘lomlashtiruvchi mashqlar dasturi ishlab chiqilgan va jismoniy mashqlarning o‘zaro integrallashgan (sinergik) ta’sirini aks ettiruvchi mazkur dasturdan foydalanish hisobiga amaliy faoliyat samaradorligi oshirilgan;
keksa yoshdagi kishilar salomatligini aniqlashda maxsus uslub (G.L.Apanasenko)ga asoslanilgan kompleks tahlil vositalari yordamida qiyosiy monitoring mexanizmlari ishlab chiqiilgan va shu asosda keksalar salomatlik darajasidagi farqlarning statistik jihatdan ahamiyatlilik ko‘rsatkichi takomillashtirilgan;
keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirish konsepsiyalari sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va harakat faolligini oshirishda, zamonaviy sport-pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan korreksion-sog‘lomlashtirish dasturini takomillashtirish hisobiga mashg‘ulotlar samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirishda sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalardan foydalanishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirish maqsadida haftalik va kunlik mashg‘ulotlardan foydalanish me’yorlarini aniq ratsion taqsimlangan dasturdan foydalanish hisobiga jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga doir tavsiya va takliflardan “Keksa yoshdagi kishilarni sog‘lomlashtirish” dasturi Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi “Sog‘lomlashtirish davolash komplekslari”da tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 26-maydagi 08-14073-son ma’lumotnomasi). Natijada, respondentlarning jismoniy ishchanlik faoliyati 2,0±0,1dan 2,4±0,1 vt/kg/daq (p<0,05) o‘sib, yurak qon-tomir hamda nafas olish tizimlari holati yaxshilanishiga erishilgan;
keksalar salomatlik darajasini oshirish uchun zamonaviy texnoligiyalar asosida kunning ikkinchi yarmida (ochiq sport maydonchalari, suv havzalari hamda gigienik omillar) mashqlardan foydalanish hisobiga morfologik hamda tana massa indeksi ko‘rsatkichlarini me’yorga solish mexanizmlariga doir taklif va tavsiyalardan “Jo‘yzar” sog‘lomlashtirish maskani”da sinovdan o‘tkazilgan va tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 3/219-son ma’lumotnomasi). Natijada, keksalarda arterial qon bosimining mo‘tadillashuvi, psixofiziologik holatning yaxshilanishi, jismoniy va harakat faolligining oshishiga erishilgan;
keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirishda psixologik resurslarni optimal darajada shakllantirishga qaratilgan milliy harakatli o‘yinlardan tashkil topgan individual sog‘lomlashtiruvchi mashqlar dasturi ishlab chiqilib, jismoniy mashqlarning o‘zaro integrallashgan (sinergik) ta’sirini aks ettiruvchi dasturdan foydalanish hisobiga amaliy faoliyat samaradorligini oshirishga doir maxsus mashqlar kompleksi tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 18-noyabrdagi 02/314-7-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabalari uchun “Keksalar uchun sog‘lomlashtiruvchi individual dasturlar tuzish metodikasi” maxsus kursi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan;
keksa yoshdagi kishilar salomatligini aniqlashda maxsus uslub(G.L.Apanasenko)ga asoslanilgan kompleks tahlil vositalari yordamida qiyosiy monitoring mexanizmlari ishlab chiqiilgan va shu asosda keksalar salomatlik darajasidagi farqlarning statistik jihatdan ahamiyatlilik ko‘rsatkichiga doir amaliy takliflardan “OT-F1-002-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 16-noyabrdagi 01-04/4477-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha mazmuni yosh avlodni keksalarni qadrlash, ularga amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, keksalarni sog‘lomlashtirish markazlariga jalb etishda tashabbuskor bo‘lish, oilalaridagi, mahallalaridagi keksalarning umrlari uzun, salomatliklari mustahkam bo‘lishi uchun jonkuyarlik qilish, ularga hurmat ko‘rsatish, hollaridan xabar olib turish kabi milliy-madaniy g‘oyalar bilan boyitilgan.
Ilmiy kengash raisi,
pedagogika fanlari doktori,
professor B.B.Ma’murov
Ilmiy kengash kotibi,
pedagogika fanlari doktori,
professor G.R.Akramova
Ilmiy maslahatchi,
pedagogika fanlari doktori,
professor B.B.Ma’murov
Talabgor A. Sh. Inoyatov