Mirzamurodov Omon Xasan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Urbanizatsiya sharoitida gidrobiontlar tarqalishining ekologik aspektlari (Navoiy shahri va uning atrofi suv ekotizimlari misolida)”, 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/B1343.
Ilmiy rahbar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/2025.27.12.B.14.02.
Rasmiy opponentlar: Shamuratova Nagima Genjemuratovna, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Temirbekov Rametulla Orazimbetovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guluston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: urbanizatsiya sharoitida gidrobiontlar tarqalishining ekologik aspektlari (Navoiy shahri va uning atrofi suv ekotizimlari misolida) ta'sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagicha:
ilk bor Navoiy shahri va uning atrofidagi urbanizatsiyalashgan hududlardan Lymnaeidae, Planorbidae, Unionidoe, Corbiculidae va Astacidae oilalari 9 avlodga mansub boʻlgan 14 tur va 2 kenja tur tarqalishi aniqlangan;
urbanizatsiyalashgan hududlarda tarqalgan (Colletopterium cyreum sogdianum) Anodonta anatine, Corbicula fluminalis, Corbicula ferghanensis larning mDNK (COI) geni nukleotidlari asosida molekulyar identifikatsiyalangan;
Unionidoe va Corbiculidae oilalari turlari tabiiy suvlarda 0,2-1,4 dona, urbanizatsiyalashgan hudud suvlarida 0,2-0,8 dona tarqalganligi aniqlangan, urbanizatsiya sharoitida suv muhiti omillarining gidrobiontlar tarqalish zichligiga ta’siri isbotlangan;
Corbiculina tibetensis va Corbiculina ferghanensis turlari og‘irligi va chig‘anoqlari o‘lchami tabiiy suv ekotizimlariga qaraganda urbanizatsiyalashgan hududlarda nisbatan kichchik ekanligi aniqlangan, suv sifat ko‘rsatkichlarining gidrobiontlar biomassasi va chig‘anoqlarining o‘zgaruvchanligiga ta’siri baholangan;
urbanizatsiyalashgan hudud suvlarning organik ifloslanishiga ko‘ra Lymnaeidae, Planorbidae, Unionidoe, Corbiculidae va Astacidae oilalari turlarining bioindikatorlik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Urbanizatsiya sharoitida gidrobiontlar tarqalishining ekologik aspektlari (Navoiy shahri va uning atrofi suv ekotizimlari misolida) ta’siri, turlar tarqalishi va ulardan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
14 tur va 2 kenja tur gidrobiontlarning ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ularning ekologik tavsifi, tarqalishi, bioxilma-xilligi, abiotik va antropogen omillarning ta’siri, xo‘jalikdagi ahamiyati hamda muhofazaga muhtoj turlarni saqlab qolishga oid yangi ma’lumotlar va ishlab chiqilgan tavsiyalar Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 8- yanvardagi 03-03/1-03/3-188-son ma’lumotnomasi). Natijada, Navoiy shahri urbanizatsiyalashgan va uning atrofidagi tabiiy suv ekotizimlari bioxilma-xilligining davlat monitoringini olib borish, hayvonot dunyosi ob’ektlari davlat kadastrini yuritish hamda gidrobiontlarning zamonaviy tur tarkibi, areallari va geoaxborot ma’lumotlari bazasini shakllantirish imkonini bergan;
urbanizatsiyalashgan hududlar suv ekotizimlarida gidrobiontlarning tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar global bioxilma-xillik axborot bazasiga (GBIF, www.gbif.org) joylashtirildi (Sertifikat, 2024-yil 30 oktiyabr № 017). Natijada, Urbanizatsiyalashgan hududlar suv ekotizimlarida gidrobiontlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xalqaro miqyosda erkin foydalanish imkonini bergan;
(Colletopterium cyreum sogdianum) Anodonta anatine, Corbicula fluminalis, Corbicula ferghanensis turining mt DNK COI geni nukleotidlar ketma-ketligi fragmentlari aniqlandi. Olingan natijalar Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasida (Colletopterium cyreum sogdianum) Anodonta anatine OR237982, Corbicula fluminalis PP256501,Corbicula ferghanensis PP239092 inventar raqamlari orqali ro‘yxatga olingan (National Center for Biotechnology Information, 2023 yil 11 iyul va 2024 yil 06 fevral ma’lumotnomalari, www.blast.ncbi.nlm.nih.gov). Natijada, dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan ikkipallali mollyuska va qisqichbaqalar turlarining identifikasiyasi va filogenetik tahlili boʻyicha xalqaro maʼlumotlar bazasi tarkibini boyitish imkonini bergan.