Ubaydova Hulkarbegim Asror qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): O‘zbek xalq paremalarida antonimiya va unga yondosh hodisalar, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2843.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Maxmaraimova Shohista Tuxtashovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professori; Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq paremalari tarkibidagi qarama-qarshilik hamda uni yuzaga keltiruvchi antonimiya, kontekstual antonimiya, antisemiya, enantiosemiya hodisalarini ilmiy jihatdan asoslash; ularning lingvistik imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek xalq paremalarida antonimiya hodisasi ilk bor kompleks yondashuv asosida tahlil qilinib, uning antisemiya, enantiosemiya va kontekstual antonimiya bilan semantik qarama-qarshilikka asoslanishi, ma’no munosabatlarini ifodalashi va nutqiy voqelanishi kabi umumiy jihatlari, shuningdek, qarama-qarshilikning yuzaga kelish manbai (til tizimi yoki kontekst), ma’noning lisoniy yoxud nutqiy tabiati, barqarorlik darajasi hamda funksional-pragmatik xususiyatlari bilan farqlanishi asoslangan;
paremalar tarkibidagi antonimik munosabatlarni hosil qiluvchi 790 ta parema tahlili asosida 96 ta antonimik uya ajratilib, ularning semantik xususiyatlari, o‘zaro bog‘lanishlari, qo‘llanish faolligi va paremalar mazmunini shakllantirish kabi funksiyalarini yoritish orqali o‘zbek xalq paremalarida antonimiya muayyan semantik qonuniyatlarga asoslangan tizimli hodisa ekani isbotlangan;
antonimiyaga yondosh antisemiya (rostgo‘ylik – baxt, yolg‘onchi – badbaxt; Bir tovushni ko‘p tovush yo‘q qilar) va enantiosemiya (Erini aldagan och qolar misolidagi aldamoq leksemasining “yo‘ldan urmoq, yo‘ldan ozdirmoq” semasi) hodisalarining antonimiyadan qarama-qarshilikning lisoniy yoki mantiqiy asosda yuzaga kelishi, ma’noning ikki leksema yoki bitta leksema doirasida ifodalanishi hamda semantik oppozisiyaning shakllanish xususiyati bilan farqlovchi belgilari ochib berilgan;
semantik qarama-qarshilik turlarining paremalar tarkibidagi tahlili natijasida ayrim leksemalar (to‘tiyo – kukun, chang; botir – 1) uddaburon, ishning ko‘zini biladigan, jonkuyar; 2) pahlavon, bahodir)ning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd etilmagan semalari hamda ayrim leksemalar (tuya ↔ ot – “uzoqni ko‘ra olish”; eshak ↔ ot – “tez ildamlash”, “nasl-nasab”)ning nutqiy ma’nolari paremalar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq paremalarida antonimiya va unga yondosh hodisalar muammosi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek xalq paremalarida antonimiya hodisasi ilk bor kompleks yondashuv asosida baholanib, uning antisemiya, enantiosemiya va kontekstual antonimiya bilan semantik qarama-qarshilikka asoslanishi, ma’no munosabatlarini ifodalashi va nutqiy voqelanishi kabi umumiy jihatlari, qarama-qarshilikning yuzaga kelish manbai (til tizimi yoki kontekst), ma’noning lisoniy yoxud nutqiy tabiati, barqarorlik darajasi hamda funksional-pragmatik xususiyatlari bilan asoslanganiga doir yangiliklardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2025-yilda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 4-fevraldagi 189-son ma’lumotnomasi). Natijada xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqishda paremalarning antonimik tadqiqi asosida ilgari surilgan ilmiy xulosalardan foydalanilgan;
paremalar tarkibidagi antonimik munosabatlarni hosil qiluvchi 790 ta parema tahlili asosida 96 ta antonimik uya ajratilib, ularning semantik xususiyatlari, o‘zaro bog‘lanishlari, qo‘llanish faolligi va paremalar mazmunini shakllantirish kabi funksiyalarini yoritish orqali o‘zbek xalq paremalarida antonimiya muayyan semantik qonuniyatlarga asoslangan tizimli hodisa ekani isbotlangani, antonimiyaga yondosh antisemiya (rostgo‘ylik – baxt, yolg‘onchi – badbaxt; Bir tovushni ko‘p tovush yo‘q qilar) va enantiosemiya (Erini aldagan och qolar misolidagi aldamoq leksemasining “yo‘ldan urmoq, yo‘ldan ozdirmoq” semasi) hodisalarining antonimiyadan qarama-qarshilikning lisoniy yoki mantiqiy asosda yuzaga kelishi, ma’noning ikki leksema yoki bitta leksema doirasida ifodalanishi hamda semantik oppozisiyaning shakllanish xususiyati bilan farqlovchi belgilari ochib berilganiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2025-yilda bajarilgan ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 20-maydagi 841-son ma’lumotnomasi). Natijada mobil ilovadagi nomlarni shakllantirishda dissertatsiyada ilgari surilgan xulosalardan foydalanilgan;
semantik qarama-qarshilik turlarining paremalar tarkibidagi tahlili natijasida ayrim leksemalar (to‘tiyo – kukun, chang; botir – 1) uddaburon, ishning ko‘zini biladigan, jonkuyar; 2) pahlavon, bahodir)ning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd etilmagan semalari hamda ayrim leksemalar (tuya ↔ ot – “uzoqni ko‘ra olish”; eshak ↔ ot – “tez ildamlash”, “nasl-nasab”)ning nutqiy ma’nolari paremalar asosida dalillangani haqidagi yangiliklardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Diyor yangiliklari” ko‘rsatuvlarining 2024-yil yanvar, fevral, mart sonlaridagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2025-yil 31-yanvardagi 01-09-54-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning sifati yanada oshgan.