Jumaeva Dilnoza Baxshulloevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Tinish belgilarning korpusda berilishi va punktuatsion xatolarni aniqlovchi kompyuter dasturini yaratish texnologiyasi, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fil983.
Ilmiy rahbar: Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti,  DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Gulyamova Shaxnoza Kaxramonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Elov Botir Boltaevich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xolmuhammedov Baxtiyor Farxodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi tinish belgilarining korpusdagi qo‘llanilishi asosida punktuatsion xatolarni aniqlovchi Kompyuter dasturini yaratish metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
tilshunoslikda formalizatsiya tamoyili punktuatsiya tizimiga tatbiq etilib, o‘zbek tilidagi tinish belgilarining grammatik (uyushiq bo‘laklarni vergul bilan ajratish), semantik (izohlovchi munosabatni ikki nuqta va tire orqali ifodalash) hamda pragmatik (his-hayajon va so‘roq ma’nolarini undov va so‘roq belgisi orqali ifodalash) funksiyalari funksional-tizimli yondashuv asosida baholanib, ularning matnning strukturaviy va mazmuniy yaxlitligini ta’minlashdagi o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi lingvistik-funksional model ishlab chiqilgan;
korpus lingvistikasi metodologiyasi asosida o‘zbek tilidagi tinish belgilarining me’yoriy qo‘llanish qonuniyatlari, janrlar kesimidagi variativligi hamda punktuatsion xatolarni avtomatik aniqlash mezonlari formal qoidalar va kontekstual belgilar asosida modellashtirilib, punktuatsion birliklarni grammatik (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta) hamda kommunikativ-pragmatik (so‘roq, undov, ko‘p nuqta) funksiyalariga ko‘ra tasniflash va POS hamda punktuatsion teglar tizimi asosida avtomatik teglashning lingvistik modeli taklif etilgan;
transformer arxitekturasi hamda zamonaviy NLP va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida o‘zbek tiliga moslashtirilgan punktuatsiyani avtomatik tiklash modeli ishlab chiqilib, tinish belgilarini kontekstga bog‘liq holda aniqlash va tiklashning lingvistik hamda algoritmik tamoyillari asoslangan hamda modelning eksperimental sinov natijalari, Accuracy, Precision, Recall va F1-score ko‘rsatkichlariga ko‘ra samaradorligi isbotlangan; 
POS-teglash asosida tinish belgilarining so‘z turkumlari ketma-ketligi va sintaktik bog‘lanishlarni aniqlash kabi grammatik hamda predikativ, izohlovchi va sanash munosabatlarini ifodalash kabi semantik xususiyatlari aniqlangan; 
o‘zbek tili uchun punktuatsion xatolarni avtomatik aniqlash va tuzatish hamda og‘zaki nutqdan yozma matn hosil qilish jarayonida tinish belgilarini avtomatik tiklash imkonini beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, “Bugun havo issiq ertaga yomg‘ir yog‘ishi mumkin” kabi punktuatsiyasiz matnni “Bugun havo issiq, ertaga yomg‘ir yog‘ishi mumkin” ko‘rinishida avtomatik tiklash orqali matnning grammatik to‘g‘riligi va o‘qilish qulayligi ta’minlangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Tinish belgilarning korpusda ifodalanishi hamda punktuatsion xatolarni aniqlovchi Kompyuter dasturini yaratish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tilshunoslikda formalizatsiya tamoyili punktuatsiya tizimiga tatbiq etilib, o‘zbek tilidagi tinish belgilarining grammatik (uyushiq bo‘laklarni vergul bilan ajratish), semantik (izohlovchi munosabatni ikki nuqta va tire orqali ifodalash) hamda pragmatik (his-hayajon va so‘roq ma’nolarini undov va so‘roq belgisi orqali ifodalash) funksiyalari funksional-tizimli yondashuv asosida baholanib, ularning matnning strukturaviy va mazmuniy yaxlitligini ta’minlashdagi o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi lingvistik-funksional modeliga oid nazariy xulosalardan 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan REP-25112021/113 raqamli “UzUDT: O‘zbek til tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” mavzusidagi ilmiy loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 29-sentyabrdagi 04/11-20706-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi tinish belgilarining tarixiy-qiyosiy tahlili asosida ularni zamonaviy korpuslar uchun normallashtirish imkoniyati yaratilgan;
korpus lingvistikasi metodologiyasi asosida o‘zbek tilidagi tinish belgilarining me’yoriy qo‘llanish qonuniyatlari, janrlar kesimidagi variativligi hamda punktuatsion xatolarni avtomatik aniqlash mezonlari formal qoidalar va kontekstual belgilar asosida modellashtirilib, punktuatsion birliklarni grammatik (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta) hamda kommunikativ-pragmatik (so‘roq, undov, ko‘p nuqta) funksiyalariga ko‘ra tasniflash va POS hamda punktuatsion teglar tizimi asosida avtomatik teglashning lingvistik modeli taklif etilganligiga oid ilmiy xulosalardan 2024-yilda amalga oshirilgan AL-662204396-raqa mli “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 10-oktyabrdagi 6202-son ma’lumotnomasi). Natijada til elementlarini formal tasniflashda punktuatsiyani ongli darajada o‘zlashtirish imkonini beruvchi nazariy yondashuv asoslangan;
transformer arxitekturasi hamda zamonaviy NLP va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida o‘zbek tiliga moslashtirilgan punktuatsiyani avtomatik tiklash modeli ishlab chiqilib, tinish belgilarini kontekstga bog‘liq holda aniqlash va tiklashning lingvistik hamda algoritmik tamoyillari asoslangan hamda modelning eksperimental sinov natijalari, Accuracy, Precision, Recall va F1-score ko‘rsatkichlariga ko‘ra samaradorligi isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar 2020–2023 yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” korpus loyihasi doirasida qo‘llangan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 2-sentyabrdagi 01/4-3886-son ma’lumotnomasi). Natijada tinish belgilarining korpus asosidagi statistik tavsifi hamda ularning kontekstual faollik darajalari lingvistik tahlil asosida aniqlangan;
POS-teglash asosida tinish belgilarining so‘z turkumlari ketma-ketligi va sintaktik bog‘lanishlarni aniqlash kabi grammatik hamda predikativ, izohlovchi va sanash munosabatlarini ifodalash kabi semantik xususiyatlari aniqlanganiga oid ilmiy xulosalar 2023-2024-yillarda axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi Navoiy teleradiokompaniyasi “Navoiy” telekanalining “Islohotlar amalda”, “Kelajak yoshlari”, “Inson qadri”, “Diyor 24” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokanalining 2025-yil 10-noyabrdagi 108-son ma’lumotnomasi). Natijada sintaktik va morfologik belgiga asoslangan punktuatsion belgilovchi tizim komponentlari mustaqil moduli sifatida amaliyotga tatbiq etilgan;
o‘zbek tili uchun punktuatsion xatolarni avtomatik aniqlash va tuzatish hamda og‘zaki nutqdan yozma matn hosil qilish jarayonida tinish belgilarini avtomatik tiklash imkonini beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilganligiga oid ilmiy-amaliy yondashuvlar 70230401 – Kompyuter lingvistikasi ta’lim yo‘nalishi magistrlari uchun yaratilgan “Korpus lingvistikasi” va “Kompyuter lingvistikasi” nomli darsliklarni tayyorlashda qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 18-fevraldagi 109-U-son buyrug‘i, 109–3 raqamli nashr ruxsatnomasi,  2025-yil 8-apreldagi 220-U-son buyrug‘i, 220–07 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada darsliklarning ilmiy mazmuni boyitilib, korpus lingvistikasi, tabiiy tilni qayta ishlash hamda punktuatsion tahlil texnologiyalariga oid nazariy va amaliy materiallar takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish