Usmonov Yorqinbek Muxtorjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turli tizimli tillarda morfologik zidlanishlarning mo‘tadillashuvi, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3686.
Ilmiy rahbar: Nurmanova Dilfuza Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Akbarova Zuhra Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillarda morfologik zidlanishlarning, xususan, turli so‘z turkumlari doirasidagi sintetik, analitik shakllarning zidlanish belgilarini yo‘qotishi natijasida mo‘tadillashishi holatlarini ochib berish va mo‘tadillashuvga olib kelish sabablarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
agglyutinativ va flektiv tillar uchun xos bo‘lgan morfemalar ketma-ketligi natijasida yuzaga keladigan ziddiyatlar, grammatik shakllarning funksional kesishuvi hamda flektiv tillarda grammatik ma’nolarning bitta morfemada mujassamlashuvi natijasida morfologik zidlanishlar aniqlangan;
agglyutinativ tillardagi morfologik ziddiyatlarning mo‘tadillashuvga olib kelish shart-sharoitlari o‘rganilgan hamda o‘zaro ziddiyatli munosabatda bo‘lgan elementlarning mo‘tadillashish jarayonida morfologik birliklarning o‘zaro moslashuvi, affikslarning funksional qayta taqsimlanishi, sintaktik strukturalar orqali tartibga solish, kontekst va nutq vaziyatining ta’siri hamda semantik uyg‘unlashuv omillari muhim o‘rin tutuvchi mo‘tadillashtiruvchi vositalar nazariy qarashlar asosida dalillangan;
flektiv tillardagi sintetik, analitik hamda sintetik-analitik shakllar o‘rtasidagi ziddiyatlarning mo‘tadillashuvi masalasi qiyosiy-tipologik va funksional yondashuv asosida tizimli tavsiflangan hamda nazariy jihatdan asoslangan, mazkur tillardagi morfologik ziddiyatlarning mo‘tadillash vaziyatlari hamda mo‘tadillashtiruvchi vositalar, morfologik tizimlarning sintez jarayoni va ular o‘rtasidagi munosabatlarning til tizimidagi struktura va funksional vazifalari kontekstida ochib berilgan;
turli tizimli tillar morfologik tizimlarining qiyosiy tahlili asosida sintetik va analitik shakllarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keluvchi grammatik integratsiya jarayonlarining shakllanish mexanizmlari, amalga oshish bosqichlari hamda namoyon bo‘lish sharoitlarining funksional xususiyatlari aniqlanib, ushbu jarayonlarning morfologik ziddiyatlarning mo‘tadillashuvi bilan bog‘liq qonuniyatlari oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda morfologik zidlanishlarning mo‘tadillashuviga olib keluvchi shart-sharoitlarni o‘rganish asosida:
agglyutinativ va flektiv tillar uchun xos bo‘lgan morfemalar ketma-ketligi natijasida yuzaga keladigan ziddiyatlar, grammatik shakllarning funksional kesishuvi hamda flektiv tillarda grammatik ma’nolarning bitta morfemada mujassamlashuvi natijasida morfologik zidlanishlar aniqlangani borasidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2025-yil 12-sentyabrdagi 01/4-4163-son loyihalarni bajarishda 2022-2024 yillarda bajarilgan IL-402104209-raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-sentyabrdagi 01/4-4163-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatorini yaratishda morfologik birliklarning funksional xususiyatlarini hisobga olish, grammatik shakllarning o‘zaro munosabati va mo‘tadillashuv holatlarini modellashtirish hamda avtomatik tahlil tizimlarining lingvistik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
agglyutinativ tillardagi morfologik ziddiyatlarning mo‘tadillashuvga olib kelish shart-sharoitlari o‘rganilgan hamda o‘zaro ziddiyatli munosabatda bo‘lgan elementlarning mo‘tadillashish jarayonida morfologik birliklarning o‘zaro moslashuvi, affikslarning funksional qayta taqsimlanishi, sintaktik strukturalar orqali tartibga solish, kontekst va nutq vaziyatining ta’siri hamda semantik uyg‘unlashuv omillari muhim o‘rin tutuvchi mo‘tadillashtiruvchi vositalar nazariy qarashlar asosida dalillangan xulosalarda 2020–2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2025-yil 27-yanvardagi 87/04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilarining ko‘p tilli kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, turli tizimli tillarning grammatik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish hamda til o‘rgatish jarayonini ilmiy asosda takomillashtirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar shakllantirilgan;
flektiv tillardagi sintetik, analitik hamda sintetik-analitik shakllar o‘rtasidagi ziddiyatlarning mo‘tadillashuvi masalasi qiyosiy-tipologik va funksional yondashuv asosida tizimli tavsiflangan hamda nazariy jihatdan asoslangan, mazkur tillardagi morfologik ziddiyatlarning mo‘tadillash vaziyatlari hamda mo‘tadillashtiruvchi vositalar, morfologik tizimlarning sintez jarayoni va ular o‘rtasidagi munosabatlarning til tizimidagi struktura va funksional vazifalari kontekstida ochib berilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashma “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlarning 2024-yil dekabr oyi sonlarida tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tgan va senariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashma davlat muassasasi 2025-yil 4-fevraldagi 05/09/95-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalaridan foydalanish asosida morfologik tizimlarning qiyosiy xususiyatlari, sintetik va analitik shakllarning o‘zaro munosabati hamda mo‘tadillashuv jarayonlariga oid ilmiy qarashlar ommalashtirilib, tilshunoslikka oid ta’limiy va ma’rifiy loyihalarning ilmiy mazmunini takomillashtirishga erishilgan.