Ochilov Shodiqul Shomurodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er kadastri ishlarini samarali yuritishda monitoring kartalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlar)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2026.1.PhD/Gr459.
Ilmiy rahbar: Safarov Eshkabul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oʻzbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSs.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Murodjon Qilichovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Xakimova Kamolatxon Raximjonovna, geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geografik axborot tizimlari, masofadan zondlash va zamonaviy geodezik o‘lchash ma’lumotlarini integratsiyalash asosida er kadastri ishlarida monitoring kartalarini yaratish, yangilash va ulardan foydalanish uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er kadastri ishlarida foydalaniladigan monitoring kartalarining maqsadi, mazmuni, masshtabi, yangilanish davriyligi, ko‘rsatkichlari va axborot manbalariga asoslangan integratsiyalashgan tasnifi ishlab chiqilgan;
Toshkent viloyati sug‘oriladigan erlariga oid kadastr, masofadan zondlash, GNSS va uchuvchisiz uchish apparatlari ma’lumotlarini yagona geoma’lumotlar bazasida birlashtirish asosida er holatidagi fazoviy-vaqt o‘zgarishlarini aniqlash metodikasi takomillashtirilgan;
ArcGIS Pro dasturining ModelBuilder muhiti asosida ma’lumotlarni tekshirish, fazoviy tahlil qilish, kartografik qatlamlarni shakllantirish hamda monitoring kartalarini tayyorlash va yangilash bosqichlarini avtomatlashtiruvchi geoprotsessing modeli ishlab chiqilgan;
ArcGIS Online platformasi asosida Toshkent viloyati sug‘oriladigan yerlarining monitoring natijalarini interaktiv ko‘rish, taqqoslash, foydalanuvchi vakolatiga muvofiq taqdim etish va muntazam yangilashga mo‘ljallangan web-kartalar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er kadastri ishlarini samarali yuritishda monitoring kartalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy geodezik asboblar hamda uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) yordamida er kadastri ma’lumotlarini yig‘ish va ularni yagona geoma’lumotlar bazasiga aniq, tizimli va operativ tarzda integratsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy echimlar Kadastr agentligi amaliyotida er kadastri axborotlarini shakllantirish va yangilash jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 26-dekabrdagi 05/14652-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kadastr ma’lumotlarining aniqligi, to‘liqligi va ishonchliligini oshirishga imkon bergan;
ArcGIS Pro dasturining ModelBuilder muhiti asosida ishlab chiqilgan yer kadastri kartalarini avtomatlashtirilgan holda yaratish algoritmlari Kadastr agentligi tizimida Toshkent viloyati sug‘oriladigan erlariga oid kadastr kartalarini tayyorlash jarayonlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 26-dekabrdagi 05/14652-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kadastr kartalarini tuzish jarayonining mehnat sig‘imi kamaytirilib, kartalashtirish ishlarining tezkorligi va sifati yaxshilashga imkon yaratilgan;
geografik axborot tizimlari va masofadan zondlash texnologiyalari asosida takomillashtirilgan er monitoringi usullari Kadastr agentligi amaliyotida Toshkent viloyati sug‘oriladigan erlarining holatini baholash va nazorat qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 26-dekabrdagi 05/14652-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan erlarning meliorativ va agroekologik holatini aniqlash ko‘rsatkichi oshirilib, monitoring natijalarining ishonchliligi ta’minlangan;
ArcGIS Online platformasi asosida ishlab chiqilgan Toshkent viloyati tadqiqot hududining sug‘oriladigan erlariga oid foydalanuvchilar uchun qulay, interaktiv, ochiq va doimiy yangilanib boriladigan raqamli web-kartalar tizimi Kadastr agentligi mutaxassislari faoliyatida er kadastri va er monitoringi ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 26-dekabrdagi 05/14652-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er resurslari to‘g‘risida tezkor, vizual va tahliliy geoma’lumotlar bilan ta’minlash imkoniyati yaratilib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligi oshirish imkonini bergan.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish