Matyakubov Xakimboy Xamidjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbek va ingliz tillarida onomastik birliklar: lingvokognitiv va lingvomadaniy tahlil, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Fil1146.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: O‘razboev Abdulla Durdiboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori, professor; filologiya fanlari doktori, dotsent Nurislom Iskandarovich Xursanov; filologiya fanlari doktori, professor Maysara Djamalovna Danievalar.
Yetakchi tashkilot nomi: Berdak nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi onomastik manzarani lingvokognitiv va lingvomadaniy aspektda qiyosiy modellashtirish, onomastik birliklarning (antroponim, toponim, nekronim va kosmonim) shakllanishidagi universal va milliy qonuniyatlarni aniqlash hamda ularning lingvomadaniy semalarini tarjimada qayta tiklashning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dunyoning onomastik manzarasini tadqiq etishning lingvokognitiv va lingvomadaniyatshunoslik tamoyillari o‘zbek va ingliz tillari materiallari asosida tizimlashtirilib, atoqli otlarning semantik taraqqiyotida apeFormatting tushunchalardan onimga aylanishi (onomagacha), nominatsiya akti orqali individuallashuvi (onomastik) hamda nutqda majoziy ko‘chimlar orqali qayta turdoshlashib, yangi ramziy-ma'noviy qatlam hosil qilishi (postonomastik/otonimik) bosqichlarining lisoniy-kognitiv mexanizmlari hamda lingvomadaniy semalari asoslab berilgan;
onomastik nominatsiyaning universal va milliy kognitiv modellari nomlash freymi asosida ochib berilib, har ikkala til uchun mushtarak bo‘lgan “obekt + belgi” tizimlari ichidagi madaniy slotlarning har bir etnosning diniy-e'tiqodiy va ma'naviy-qadriyataviy qarashlariga (milliy tafakkurga) ko‘ra differensiallashuvi (farqlanishi) isbotlangan;
o‘zbek va ingliz onomastik birliklaridagi milliy-madaniy markerlar va stereotiplarning lingvomadaniy tabiati aniqlanib, milliy xarakterning personifikatsiyalashgan onomastik timsollari “biz” va “ular” dixotomiyasini belgilovchi avto- va geterostereotiplar sifatida talqin etilgan;
teofor onimlar va agioantroponimlarning makon bilan metonimik bog‘lanishi natijasida makonning sakral maqomi belgilanishi asoslanib, mifonimlarning apellyativlashuvi va terminologik tizimni boyitishdagi derivatsion faolligi aniqlangan;
onomastik birliklarning lingvomadaniy semalarini turli tizimli tillarda chog‘ishtirma-tipologik o‘rganish va lisoniy muqobilligini belgilash usullari onimlarning paradigmatik hamda sintagmatik munosabatlari muvozanatini saqlash va madaniy kompensatsiya strategiyalari asosida takomillashtirilib, badiiy va folklor matnlarida milliy-madaniy konseptlarni ifodalashda kognitiv mutanosiblik hamda ekvivalentlikni ta’minlash qonuniyatlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida dunyoning onomastik manzarasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
onomastik nominatsiyaning universal va milliy kognitiv modellari, nomlash freymi ichidagi madaniy slotlarning milliy tafakkurga ko‘ra farqlanishi hamda atoqli otning turdosh otga aylanishi qonuniyatlariga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoqlar ona tili olamida (etnolingvistik tadqiqot)” mavzusidagi davlat dasturi doirasida bajarilgan fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2026-yil 2-iyundagi 247/1-son ma'lumotnomasi). Natijada zamonaviy tilshunoslikning onomapoetika va lingvokognitiv onomastika yo‘nalishlariga oid terminologik bazaning takomillashishiga erishilgan;
dunyoning onomastik manzarasini tadqiq etishning lingvokognitiv tamoyillari, atoqli otlarning semantik taraqqiyotidagi bosqichlari hamda onomastik birliklarning inson ongida “bilimlarni qadoqlash” vositasi ekanligiga oid qarashlardan Ogahiy asarlari to‘plamining 9-jildini nashrga tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2026-yil 2-iyundagi 247/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur jilddan o‘rin olgan “Axloqi Muhsiniy” asari matnidagi tarixiy terminlar va lug‘aviy birliklarning ilmiy-tarixiy talqini bo‘yicha zarur izohlar shakllantirilib, ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi ta’minlangan;
o‘zbek va ingliz onomastik birliklaridagi milliy-madaniy markerlar va stereotiplarning lingvomadaniy tabiati aniqlanib, milliy xarakterning personifikatsiyalashgan onomastik timsollari “biz” va “ular” dixotomiyasini belgilovchi avto- va geterostereotiplar sifatida talqin qilingaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan 2025-2026-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali”, “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan, jumladan, mazkur eshittirishlarda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 18-apreldagi 26-36-32-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy matnlardagi eski onomastik birliklar, toponimlar va shaxs ismlarining etimologik hamda lingvomadaniy ma'nolari to‘g‘ri talqin qilinib, ularning zamonaviy o‘zbek tilidagi kognitiv muqobillarini aniq va xatosiz yoritib berishga erishilgan;
onomastik birliklarning lingvomadaniy semalarini turli tizimli tillarda chog‘ishtirma-tipologik o‘rganish va lisoniy muqobilligini belgilash usullari onimlarning paradigmatik hamda sintagmatik munosabatlari muvozanatini saqlash va madaniy kompensatsiya strategiyalari asosida takomillashtirilib, badiiy va folklor matnlarida milliy-madaniy konseptlarni ifodalashda kognitiv mutanosiblik hamda ekvivalentlikni ta’minlash qonuniyatlari asoslab berilganligi hamda teofor onimlar va agioantroponimlarning makon bilan metonimik bog‘lanishi natijasida makonning sakral maqomi belgilanishi asoslanib, mifonimlarning apellyativlashuvi va terminologik tizimni boyitishdagi derivatsion faolligi aniqlanganligi to‘g‘risidagi materiallerdan 2025-2026-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali”, “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan, jumladan, mazkur eshittirishlarda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 18-apreldagi 26-36-32-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikka tilimizdagi atoqli otlarning milliy-madaniy tabiati, ularning shakllanishidagi tarixiy-kognitiv jarayonlar hamda joy nomlarining etnomental xususiyatlari haqida ilmiy asoslangan ma'lumotlarni sodda va tushunarli tarzda yetkazishga erishilgan.