Xusenova Mehriniso O‘ktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Ingliz va o‘zbek tillarida astronomiyaga oid terminlarning leksikografik-qiyosiy tadqiqi, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2024.3.PhD/Fil5158.
Ilmiy rahbar: Xodjaeva Dilafro‘z Izatilloevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaeva Nafisa Izatullaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz hamda o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan astronomik terminlarning leksikografik jihatlarini qiyosiy tahlillar asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidagi astronomik terminlarning shakllanishi G‘arb ilm-fani, qadimgi yunon va lotin an’analariga tayansa, o‘zbek tilida esa turkiy, islomiy, arab, forsiy madaniy manbali so‘zlar ustunlik qilishi bilan birga rus tili vositasida qabul qilingan yoki o‘zbekcha ekvivalentlar asosida tarjima qilinishi asosida hosil bo‘lishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida yangi terminlarning morfologik xususiyatlari affiksatsiya, abbreviatsiya, qo‘shma so‘zlar yasash, mavjud leksik birliklarning ma’nosini semantik kengaytirish, metaforik asosdagi terminlarning ilmiy-texnik mazmunda yangi semantik yuklama bilan qo‘llanilishi negizida namoyon bo‘lishi asoslangan;
ingliz tilida astronomik terminlar aniq ilmiy ma’noga ega, kundalik nutqda ko‘chma, metaforik yoki kengaygan ma’nolarda faol qo‘llansa, o‘zbek tilida esa bu jarayon nisbatan kamroq rasmiylashtirilgan, kontekstga qarab anglanishi va kengaygan ma’nolar muayyan semantik birlik sifatida faol qo‘llanilmasligi isbotlangan;
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan astronomik terminlarning leksik-semantik va funksional maydonda sinonimiya, antonimiya, polisemiya, giponimiya, meronimiya hodisalari kontekstda semantik zanjir uzilmagan holda boshqa ko‘chma yoki poetik ma’nolarni voqelantirivchi ma’nolarini yuzaga chiqarishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi astronomik terminlarining leksikografik xususiyatlari tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilidagi astronomik terminlarning shakllanishi G‘arb ilm-fani, qadimgi yunon va lotin an’analariga tayansa, o‘zbek tilida esa turkiy, islomiy, arab, forsiy madaniy manbali so‘zlar ustunlik qilishi bilan birga rus tili vositasida qabul qilingan yoki o‘zbekcha ekvivalentlar asosida tarjima qilinishi asosida hosil bo‘lishiga doir nazariy xulosalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targʻibot markazida 2024-2025 yillarda bajarilgan 90-01/38 - “Jadidlarning jamiyat huquqiy madaniyatini shakllantirishga ta’siri” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot Markazining 2025-yil 30-maydagi ML01/01-30-son ma’lumotnomasi). Natijada terminlarning tillardagi mushtaraklik va o‘ziga xosliklarini faollashuvini o‘rganish imkoniyatlari kengaygan;
ingliz va o‘zbek tillarida yangi terminlarning morfologik xususiyatlari affiksatsiya, abbreviatsiya, qo‘shma so‘zlar yasash, mavjud leksik birliklarning ma’nosini semantik kengaytirish,  metaforik asosdagi terminlarning ilmiy-texnik mazmunda yangi semantik yuklama bilan qo‘llanilishi negizida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosa va natijalardan Buxoro davlat universitetida Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348- “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Yevropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 03-iyundagi 06/3637-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy izohli, enskilopedik, maxsus izohli lug‘atlardagi astronomiyaga oid terminlar tahlil qilinib, lingvistik-qiyosiy yondashuvni amalga oshirishga xizmat qilgan;
ingliz tilida astronomik terminlar aniq ilmiy ma’noga ega, kundalik nutqda ko‘chma, metaforik yoki kengaygan ma’nolarda faol qo‘llansa, o‘zbek tilida esa bu jarayon nisbatan kamroq rasmiylashtirilgan, kontekstga qarab anglanishi va kengaygan ma’nolar muayyan semantik birlik sifatida faol qo‘llanilmasligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sayqal”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan  (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 19-iyundagi 01-401-son ma’lumotnomasi). Natijasida ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga xizmat qilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish