Nurmetova Fatima Razzakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xorijiy sholi navlarining Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida morfofiziologik hamda biokimyoviy xususiyatlari», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B888.
Ilmiy rahbar: Yunusxanov Savkat, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Maʼmun akademiyasi, PhD.05/2025.27.12.B.25.01.
Rasmiy opponentlar: Djabbarov Ibrohim Shodmanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Qulmamatova Dilafruz Erkinovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xorijiy sholi navlarini Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida etishtirish, navlarning morfologik, fiziologik hamda biokiyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlash, don sifati va hosildorligi yuqori navlarini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 23 ta xorijiy sholi navlari Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida iqlimlashtirilgan, navlar hosildorligi va donining texnologik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholangan;
Xorazm viloyati sharoitida etishtirilgan xorijiy va mahalliy sholi navlarining guruch tarkibi biokimyoviy jihatdan tadqiq qilingan. Bunda umumiy oqsil miqdori, makro-mikroelement miqdori navlar kesimida baholangan;
xorijiy sholi navlarining fotosintetik pigmentlar miqdori tahlil qilingan. Xlorofill a miqdori 9,7 mg/g, xlorofill b miqdori 3,04 mg/g, umumiy xlorofill miqdori 12,9 mg/g va karotinoid miqdori esa 2,8 mg/g ga teng ekanligi isbotlangan;
sholi doni tarkibidagi kraxmalning mikroskopik tuzilishi elektron mikroskop yordamida o‘rganilgan. Guruch tarkibidagi kraxmal donachalari 10µm kattalikda aniq ko‘ringanligini va struktura hosil qilib bir-biri bilan birikkanligini ko‘rish mumkinligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorijiy sholi navlarining Xorazm viloyati sharoitida morfofiziologik hamda biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sholining xorijiy navlari Xorazm viloyati, Urganch tumanida joylashgan “Real Elita Urug” fermer xo‘jaligining 0,8 gektar er maydonida Chongwang va 0,4 gektar er maydonida Osmanchik-97 sholi navlari amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston fermer,dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 24.09.2024 yil 01/03-1433/AP-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyati sharoitida Chongwang navidan o‘rtacha 72,0 s/ga va Osmanchik-97 navidan 68,9 s/ga don hosil olish imkonini bergan;
tadqiqot ishida Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarida sholining yuqori hosilli xorijiy navlarini sinash va mahalliy sharoitda urugʻlarini koʻpaytirish boʻyicha tajriba sinovlari amalga oshirilib, 2021-yil 5-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining № 4-13 raqamli buyrug‘ida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni bajarishda qo‘llanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 6-noyabrdagi 4/1255-2472-son maʼlumotnomasi). Natijada, Janubiy Koreyaning “Chongwang” va Turkiyaning “Osmanchik-97” navlari ilmiy asosda o‘rganilib amaliyotga joriy qilingan. Mazkur navlarni Xorazm viloyatida etishtirish, yuqori hosil olish imkonini bergan.