Soatova Mohinur Majid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek hajviy matnlari tarjimasida kulgi hissini ifodalanishiga xos kognitiv-pragmatik jihatlar, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6285.
Ilmiy rahbar: Baymanov Xabibulla Abdullaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02.
Rasmiy opponentlar: Sarimsoqov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Sidiqov Qosimjon Abilovich, filologiya fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek hajviy matnlari tarjimasida kulgi hissining ifodalanish mexanizmlarini kognitiv-pragmatik nuqtai-nazardan tahlil qilish hamda ushbu jarayonda yuzaga keladigan lingvistik va madaniy o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ingliz va o‘zbek hajviy matnlarida kulgi hissining til birliklarining bevosita ma’nosi orqali emas, balki freym va skriptlar oppozisiyasi, konseptual zidlanish, kommunikativ kutilmaning buzilishi, semantik siljish, presuppozisiya hamda implikaturaning o‘zaro uyg‘unligi asosida aktualizatsiyalanishi aniqlanib, uning resipient tomonidan adekvat idrok etilishida milliy-madaniy fon bilimlari, kontekstual assotsiatsiyalar, kommunikativ niyat va auditoriya kutishining belgilovchi ahamiyati asoslangan;
ingliz va o‘zbek hajviy matnlarining qiyosiy-kognitiv tahlili asosida kulgi hosil qilishning umumiy mexanizmlari hamda milliy-lingvomadaniy dominantlari differensiallashtirilgan, jumladan, ingliz hajviy diskursida nozik kinoya va absurd dialoglarning, o‘zbek hajviy diskursida esa xalqona yumor, maishiy vaziyat, mubolag‘a, topqirlik hamda ijtimoiy stereotiplarning ustuvorligi dalillangan;
kulgi hissini tarjimada saqlashga xizmat qiluvchi funksional ekvivalentlik, pragmatik moslashtirish, madaniy adaptatsiya, kompensatsiya, eksplisitatsiya va kontekstual almashtirish strategiyalari baholanib, ularning so‘z o‘yini, implisit ma’no va milliy realiyalarni tarjima qilishdagi samaradorligi asoslangan;
hajviy matn tarjimasida tarjimonning kulgi effektini qayta yaratish, funksional-pragmatik ekvivalentlikni ta'minlash, madaniy konnotatsiyalarni saqlash va muallifning kommunikativ niyatini adekvat ifodalashni ta'minlashi asoslab berilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi hajviy matnlar tarjimasida kulgi hissini ifodalanishini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek hajviy matnlarida kulgi hissining til birliklarining bevosita ma’nosi orqali emas, balki freym va skriptlar oppozisiyasi, konseptual zidlanish, kommunikativ kutilmaning buzilishi, semantik siljish, presuppozisiya hamda implikaturaning o‘zaro uyg‘unligi asosida aktualizatsiyalanishi aniqlangan, uning resipient tomonidan adekvat idrok etilishida milliy-madaniy fon bilimlari, kontekstual assotsiatsiyalar, kommunikativ niyat va auditoriya kutishining belgilovchi ahamiyati asoslanganligi haqidagi xulosalar Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 10-dekabdagi 3932/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida kulgi hissiga ega bo‘lgan matnlar va ularning tarjimalarini adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, kognitiv tilshunoslik va pragmatika singari sohalar bo‘yicha mavjud ilmiy ma’lumotlarni boyitishga xizmat qilgan; 
ingliz va o‘zbek hajviy matnlarining qiyosiy-kognitiv tahlili asosida kulgi hosil qilishning umumiy mexanizmlari hamda milliy-lingvomadaniy dominantlari differensiallashtirilgan, jumladan, ingliz hajviy diskursida nozik kinoya va absurd dialoglarning, o‘zbek hajviy diskursida esa xalqona yumor, maishiy vaziyat, mubolag‘a, topqirlik hamda ijtimoiy stereotiplarning ustuvorligi dalillanganligi haqidagi xulosalar Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan ”English Access Microscholarship Program” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 10-dekabdagi 3933/02-son ma’lumotnomasi). Natijada berilgan tavsiyalar xalqaro loyihani amalga oshirishda va uning o‘quv jarayonida undan unumli foydalanishga xizmat qilgan; 
kulgi hissini tarjimada saqlashga xizmat qiluvchi funksional ekvivalentlik, pragmatik moslashtirish, madaniy adaptatsiya, kompensatsiya, eksplisitatsiya va kontekstual almashtirish strategiyalari tizimlashtirilgan hamda ularning so‘z o‘yini, implisit ma’no va milliy realiyalarni tarjima qilishdagi samaradorligi asoslanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining 2024-yil yanvar va fevral oylaridagi sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 15-sentyabrdagi 03-09-1433-son ma’lumotnoma). Natijada, berilgan tavsiyalar teleradiokompaniya muharriyatida adabiy dasturlar va eshittirishlarda zamonaviy adabiy jarayonga ilmiy yondashuvni chuqurlashtirishga xizmat qilgan;
hajviy matn tarjimasida tarjimonning kulgi effektini qayta yaratish, funksional-pragmatik ekvivalentlikni ta'minlash, madaniy konnotatsiyalarni saqlash va muallifning kommunikativ niyatini adekvat ifodalashni ta'minlashi asoslab berilganligi haqidagi xuloasalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharriyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining 2024-yil yanvar va fevral oylaridagi sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 15-sentyabrdagi 03-09-1433-son ma’lumotnoma). Natijada, berilgan tavsiyalar teleradiokompaniya muharriyatida adabiy dasturlar va eshittirishlarda amaliy-metodik asos sifatida qo‘llanilib, zamonaviy adabiy jarayonga ilmiy yondashuvni chuqurlashtirishga va ko‘rsatuvlar sifatini oshirishga yordam bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish