Bobaev Nasimjon Malikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Osteoporoz bilan birga kelgan osteartritning klinik-genetik xususiyatlari», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya va 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib491.
Ilmiy rahbarlar: Karimov Xamid Yakubovich; Rizamuxamedova Mashhura Zakirovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.27.06.2017.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azimova Sevara Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori; Agzamova Gulnora Sunnatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: osteoporoz bilan birgalikda kelgan osteoartroz kelib chiqish xavfini bashoratlashda gen-determinantlarning o‘rnini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
osteoartrozli bemorlarda CALCR genining rs1801197, COL1A1 genining rs1107946 va VDR genining rs 2228570 polimorf lokuslarining allel va genotipik variantlari uchrash darajasi, genlarning osteoartrozli bemorlarda suyak to‘qimasi almashinuvi boshqarilishi buzilishida ishtirok etadigan funksional salbiy genotipik variantlari asoslangan;
CALCR genining rs1801197 va VDR genining rs 2228570 polimorfizmlari genotipik variantlarining ahamiyatga ega bo‘lmagan mustaqil assotsiatsiyasi asoslangan;
CALCR genining rs1801197 polimorfizmi S/T va T/T genotiplari hamda VDR genining rs2228570 polimorfizmi t/t genotipi osteoartroz bilan osteoporoz qo‘shilib kelgan bemorlarda, salbiy genlarni tashuvchanligi bo‘lgan osteoartrozli bemorlarda osteoporoz rivojlanishi xavfi mos ravishda 2,3 (χ2=7.9; p=0.02) va 2,5 (χ2=1,6; R=0,2) barobardan ortiqchaligi isbotlangan;
COL1A1 geni rs1107946 polimorfizmining osteoartrozga nasliy moyillikda osteoartroz va keyinchalik osteoporoz rivojlanishidagi o‘rni, patologiya rivojlanishi xavfiga genetik moyillik shakllanishida G/T va T/T genotipik variantlarining ishtiroki isbotlangan;
osteoartroz osteoporoz bilan birgalikda kelishi rivojlanishi xavfi jihatidan ko‘rsatilgan genlar tashuvchanligining nisbatan kuchsiz salbiy samarasi (OR=1,3; χ2=0.9; p=0,3) kasallik G/G genotipining protektorlik o‘rni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Osteoporoz bilan birga kelgan osteoartritning klinik–genetik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
«Osteoartrozning osteoporoz bilan birga kelgandagi klinik-genetik xususiyatlari bashoratlashni va differensial tashxislash usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 noyabrdagi 8n-d/278-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma osteoartrozning osteoporoz bilan birga kelgandagi klinik-genetik xususiyatlari bashoratlashni va differensial tashxislash orqali kasallikni oldini olishning patogenetik mexanizmlari ishlab chiqish imkonini bergan;
osteoporoz bilan birga kelgan osteoartritning klinik–genetik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Namangan shaxar ko‘p tarmoqli shahar shifoxonasi, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarning klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-z/228-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi COL1A1, VDR, CALCR genlarining osteoporoz bilan birga kelgan osteoartritning polimorfizmlarining assotsiativ aloqalarini baholash osteoartritning molekulyar mexanizmlarini baholashda COL1A1, VDR, CALCR genlarining polimorfizmlari orqali kasallikning molekulyar mexanizmlarini assolash orqali kasallikni samarali davolash tizimini asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish